Iroq hukumati Falluja ustidan nozorat qo’ldan chiqqanini tan oldi

429
0

falluja

Agence France-Presse 4 yanvar kuni xabar qilishicha, Iroq hukumati Anbar viloyatida joylashgan Falluja shahri nozoratini o’z qo’lidan chiqargan. Iroq xavfsizlik kuchlaridagi rasmiy vakilning so’zlariga ko’ra, 300 mingdan ziyod aholisi bor Falujja shahri to’laligicha sunniylardan tashkil topgan “Iroq va Levanta Islom davlati” guruhidagi islomiy mujohidlar qo’liga o’tib ketgan. Iroq politsiyasi faqat shaharga tutash bo’lgan ayrim hududlarnigina nazorat qilmoqda.

Anbar viloyatida hukumatga qarshi qurolli qo’zg’olon 30 dekabr kuni boshlangan edi. Bunga, Iroq hukumatidagi aksar hal qiluvchi o’rinlar shialar tomonidan monopoliya qilib olinganiga qarshi Ramadi shahrida sunniylardan iborat norozilar tashkil etgan lagerni tarqatib yuborilishi sabab bo’lgan edi.

Keyingi kunlar mobaynida “Iroq va Levanta Islom davlati” guruhi qo’llovida sunniy isyonchilar Ramadi va Falujja atrofida hukumat qo’shinlari bilan jang olib borishdi. 3 dekabr juma kungi janglar natijasida ikki tomondan umumiy hisobda yuzdan ziyod odam qurbon bo’lgan.

Turkiston: Suriyadagi inqilobiy xarakatlardan ta’sirlangan musulmonlarning islomiy tuyg’ularining jo’shib turgani, ba’zi noto’g’ri yo’nalishlarga yo’naltirish xarakatlariga xam qo’l kelishi mumkin. Iroqda Shialar xokimiyatga kelib olishgani yo’q. Ularni AQSh xalqaro koalitsiya davlatlari bilan Iroqni bosib olganlarida atayin shu o’rinlarga ta’yinlagan edi. Misrda konstitutsiyaning qabul qilish referendumiga qarshi xarakatlar, qaysidir bir guruhdan boshqasiga ko’proq imtiyozlar o’tib borayotgani uchun uyushtirilishi noto’g’ri. Chunki muammo Misr konstitutsiyasining biri ikkinchisidan afzalligida emas. Iroqda xam,muammo xokimiyatga Shi’a vakillarining kelib qolishganida emas. Balki xar ikki xolatda xam bir xil chalg’ish xavfi bor. Ular xalqaro sistemaning buzuqligi va shu sistema asosidagi xar qanday boshqaruv kufr ekanligini va mavjud xokimlar o’sha kufrning zaif malaylari ekanligini va ularning boshqaruv programmalarining birini ikkinchisidan afzal ko’rish musulmonlar uchun xarom ekanligini tushunishlari lozim. Aks xolda kufr bizlarni birodarona urushlar girdobiga tortaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.