Google Samarqand va Buxoroni Tojikistonning poytaxti demoqda

629
0

Тожикистон

Mashhur qidiruv portali – Google Samarqand va Buxoro shaharlarini Tojikistonning poytaxti sifatida ko’rsatmoqda.

Portalga Tojikiston deb qidiruv bersangiz, rasmda ko’rganingizdek, respublikaning poytaxti sifatida Samarqand, Buxoro va Dushanbe shaharlargi qayd etilganiga guvoh bo’lasiz, deb yozadi uz.ca-news. Axborot agentligi.

Eslatib o’tamiz, Tojikiston 1924 yilda O’zbekiston tarkibida avtonom respublika sifatida tashkil etilgan. 1929 yilda esa alohida respublikaga aylantirilgan.

Turkiston:

Bu O’zbekiston va Tojikiston xalqining orasiga nizo soladigan fitnadir. Ta’rixdan bizga ma’lumki, 21 yil oldin kufr ahli tojiklar o’rtasiga ig’vo urug’ini sochdi va ish barodarkushlik jangi bilan yakun topdi. Haligacha, u kunlarning asari va dog’i tojik xalqining qalbidan so’nganicha yo’q.

Endilikda biz yangi fitna qarshisida turibmiz. Bu bizlar uchun yangilik emas. Chunki hamamizga ma’lumki, yillar mobaynida tojiklar diyorida millatchiligu mahallachilik tuyg’ulari tomir otgan. Payg’ambarimiz (s.a.v.) bunday odatlarni keskin qoralab “ular sassiqdirlar” deganlar. Zero, Yaratuvchi nazdida birov boshqa birovdan afzal emas, magar taqvo bilan afzaldir. Tojikistonliklarning aksariyati Samarqandu Buxoroni “ bizlarniki” deb da’vo qiladilar, hatto ularga bag’ishlab ko’plab she’rlar ijod qilishgan. Davlat ichkarisida hamma tinch-totuv yashayotgandek go’yo.

 Yashirishning hojati yo’q, uzoq yillar mobaynida, tojiklar orasida “sen ko’loblik”, “pomirlik” va yo “leninobodlik” degan iboralar bir oddiy odat tusiga aylanib qolgan va ko’pchilik shunday so’zlar bilan birbirlarini pastga uradilar…. Millatchiligu vatanparvarlik odam naslini hargiz birlashtirmaydi. Biz har galgidek fitna girdobiga sho’ng’ishimiz joiz emas. Zero Alloh mazammat qilgan xislatlar odamlarni shayton yo’liga boshlaydi-da, haqiqatdan uzoqlashtiradi. Bizning Yaratuvchimiz Bir, dinimiz ham birdir. Biz kufr ahlining fitna ig’voslaridan xushyor bo’lmog’imiz lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.