BMT XK “Jabxat un-Nusrani” terrorchilar ro’yxatiga kirgizib qo’ydi.

449
0

110

BMTning Xavfsizlik kengashi Suriyada Xalifalik davlatini tiklash g’oyasi asosida Asad rejimiga qarshi kurashayotgan “Jabxat un-Nusra” guruhini terrorchilar “qora ro’yxatiga” kirgizib qo’yishlikni qaror qildi. Bu haqda BMTdagi AQSh vakolatchiligi ma’lum qiladi.

“Jabxat un-Nusrani” bu ro’yxatga kirgizishlik qarorini Xavfsizlik kengashi 15 a’zosining barchasi bir ovozdan ma’qullagan. Uni “qora ro’yxatga” kirgizib qo’yish talabi 2013 yilning aprel oyida Suriya hukumati tarafidan BMTga yuborilgan edi. Avvalroq AQSh bu guruhni shunday ro’yxatga kirgizib qo’yganligi haqida ma’lum qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.