Shoshilinch nido

371
0

O’zingizdan Za’tariy chodirli lageri (o’lim lageri)ning

sharmandali tamg’asini yo’q qiling

«Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o’rnashgan va imon-e’tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o’zlari(ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan narsa-o’ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o’zlarida ehtiyoj bo’lsa-da, o’zlarini qo’yib (o’zgalarni) ixtiyor qilurlar. Kimki o’z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o’shalar najot topguvchi zotlardir»

Ey Iordaniyadagi musulmonlar:

Aqida va din birodarligi sizlarga nido qilib sizlarni Za’tariy chodirli lageri (o’lim lageri)dagi Shom ahlidan bo’lgan birodarlaringizga yordam berishga chaqirmoqda. Bu birodarlarimiz jonlari, or-nomuslari va bolalarini Asadning o’lim mashinasidan olib qochib Islom birodarligi bag’ridagi tinch-omonlikni va aqida robitasining yoqimli issiq haroratini izlab biz tomonga qochib keldilar. Alloh aqida robitasini barcha robitalardan ustun qilib qo’ydi, natijada bu robita Allohga haqiqiy ibodat qiladigan musulmonlarni bir-biriga bog’laydigan eng kuchli va eng mustahkam robita bo’lib qoldi.

Alloh Taolo dedi:

 

«Mo’minlar hech shak-shubhasiz og’a-inilardir»

[Hujurot 10]

Mana Shom ahlidan bo’lgan birodarlaringiz Za’tariy chodirli lagerida qattiq azob chekishmoqda, eng xunugi ularning oziq-ovqat, dori-darmon to’g’risida va qattiq sovuqdan aziyat chekishayotganidir, ularning ayrim bolalari qattiq sovuqdan va kasallikdan halok bo’ldi. Bu ham etmagandek aqli va qalbi maraz bo’lgan insonlardan iborat shaytonlar ularning atrofida izg’ib ularga do’q-po’pisa ham qilishmoqda. Ey Iordaniyadagi musulmonlar: Ulug’ Payg’ambaringiz Muhammad A bunday dedilar:

 

«Qaysi mahalla ahli orasida biron kishi och qolsa ulardan Alloh zimmasi (himoyasi) ko’tariladi».

Demak Shom ahlidan bo’lgan birodarlarimiz Za’tariy chodirli lagerida ochlik, kasallikdan aziyat chekib, qo’rquvga tushib va qattiq sovuqdan dildirab qiynalishayotgan ekan bizga Allohning himoyasi qaerdan ham bo’lsin.

Qochoqlarga yordam ko’rsatish UNRWA tashkiloti kofir tashkilot bo’lib bu tashkilot mo’min haqida va’daga ham, burchga ham vafo qilmaydi. Sizlarning Iordaniyadagi rejim loqaydligi jinoyatini va bu rejimning birodarlaringiz to’g’risidagi vojib vazifani ado etmasligini qoralashingizning o’zi sizlarni Alloh oldidagi mas’uliyatdan ozod qilmaydi va Za’tariy lageridagi birodarlaringizga yordam va ko’mak ko’rsatish vojibini zimmangizdan soqit qilmaydi. Shunday ekan o’zingizni Alloh doim himoya qilishiga zo’r berib intiling va Shom ahlidan bo’lgan birodarlaringizga yordamga shoshiling.

 

«Birov tomonidan hech narsa o’tay olmaydigan, hech kimdan oqlov qabul qilinmaydigan va (gunohlari uchun) evaz ham olinmaydigan-yordam berilmaydigan kundan qo’rqinglar!»[Baqara 48]

Allohim biz etkazdik, Allohim O’zing guvoh bo’l, zero Sen guvohlarning eng yaxshisisan.

Hizbut Tahrirning Iordaniyadagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.