Jalol-Oboddagi namoishchilar Bishkek-O’sh yo’lini to’sib qo’yishgan.

499
0

000

Qirg’izistonning Jalol-Obod shaxrida namoishchilar 3 iyun etralabki soat 8.00ga qadar tarqamaslikka va tunni hokimiyat binosi qoshidagi maydonda o’tkazishlikka qaror qilishdi. Ular biror bir amaliyotga kirishmaslikka va’da berdilar, biroq, agar ertalab rahbariyat tarafidan hech qanday javob bo’lmasa jiddiy chora ko’rishliklarini aytishdi.

Avvalroq, Qumtor oltin konini milliylashtirishni talab qilgan Jeti-O’giz rayoni turg’unlarini qo’llab hamda o’z etakchilarini ozodlikka chiqarishlarini talab qilib chiqqan Qamchibek Tashiev tarafdorlari hukumatning Jalol-Oboddagi vakolatxonasiga bostirib kirishgan va u erda o’zlariga gubernator qilib Medet Usenovni saylaganliklarini e’lon qilishgan.

Namoishchilarning bir qismi Bishkek-O’sh avtomobil yo’lining Barpi qishlog’idan o’tgan qismini to’sib qo’yishgan. Huquq qo’rg’ov organlarining namoishchilar bilan yo’lni ochib qo’yishlik borasidagi so’zlashuvlari natija bermayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.