Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasidagi chegara ochiladi.

505
0

5 mart tongida Qirg’iziston davlati o’zining barcha taftishot punktlarini ochadi.

Dushanba kuni chegarani delimitatsiya va demarkatsiya kilish ( shartnoma asosida ikki davlat chegaralarini aniqlash) mavzusiga oid majlis bo’lib o’tdi. B uto’g’rida Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi:-“ Minba’d, tojik va qirg’iz chegarachilari o’rtasida xech qanday ixtilof vujudga kelmaydi va otishma bo’lmaydi. Agar mabodo ikki davlat chegara tartibi yo ki qo’mondonlar orasida tushunmovichliklar yuzaga kelsa , biz darhol o’zaro maslahat bilan uni bartaraf etamiz.Bundan tashqari biz bir-birimizga ancha-muncha qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam beramiz”. Kuni kecha Qirg’iziston jumhuriyatining kotibining o’rinbosari To’qon Mamitov va Tojikiston davlati kotibining o’rinbosari Murodalӣ Alimardonov o’rtasida suhbat bo’lib o’tdi. Bu suhbat yopiq eshiklar ortida bo’di va uning mufassal ma’lumoti haqida bizga to’liq xabar kelmagan. Taraflar ikki ko’prik qurilishiga kelishib olishdi. Bu ko’priklar ikki qo’shni davlatlarni bir-biriga ulab turadi. Uning birini Tojikiston quradi, ikkinchisining qurilishiga esa Qirg’iziston mamlakati mas’ul bo’ladi.Ikki davlat vakillari chegaradagi vaz’iyatni mo”tadil holatga keltirish to’g’risidagi protokolga imzo qo’ydilar.Ular muzokaralarini mart oyining oxirlarida davom ettirishga kelishib oldilar. Ammo keyingi uchrashuv joyi belgilanmadi. Eslatib o’tamiz joriy yilning 11 yanvarida tojik-qirg’iz chegarasida to’qnashuv ro’y berib ikkala tomondan bir necha askar jarohatlangan edi, shu boisdan Qirg’iziston hukumati barcha taftish punktlarini yopib qo’ygan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.