Rossiya Suriyada harbiy samalyotlar uchib, qo’nadigan harbiy baza qurish niyatida. Bu haqida Germaniyada chiqadigan “Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung” gazetasi nomini oshkor qilishni istamagan xavfsizlik kuchlariga tayangan holda xabar tarqatdi. Xabarda Suriyaning Jablah shahriga bir qancha yuzlagan rus askarlari yuborilishi ham olg’a surildi.
Gazeta Rossiyaning Suriyada tiklamoqchi bo’layotgan harbiy bazasi sentyabr oyining oxirida bitishini va buning uchun “Antonov AN-124” rusumli kargo samalyoti orqali yuzga yaqin parvoz amalga oshirilishi haqida yozdi. Kargo samalyoti bilan yuborilgan harbiy anjomlar orasida zirxli transportlar, harbiy transport vositalari, granata otuvchi va zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari mavjudligi aytilmoqda. Xabarga ko’ra, mingta askar yuborilishi rejalashtirilgan bazada hozirda yuzga yaqin askar mavjud.
Suriyadagi rus harbiy bazasini 28 sentyabrda bitishi haqida yozgan gazeta Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkda tashkil qilingan BMT bosh assambleyasida terrorizmga (Islomga) qarshi yangi ittifoq tuzish va bu bilan IShIDga qarshi kurash e’lon qilganligini ilova qildi. Gazetaning yozishicha, putinning yangi ittifoqi Kavkaz va O’rta Osiyo davlatlariga ham ta’siri bo’ladi.
Keyingi olingan xabarlarga ko’ra, Rossiya prezidenti bir necha haftalardan buyon mazkur ittifoq uchun harakat olib bormoqda. Ya’ni, Putin o’zining ittifoq tuzish rejasiga eng avvalo AQSh, so’ngra esa Turkiya, Iordaniya, Misr va Saudiya Arabistonini ko’ndirish uchun bor kuchini sarflamoqda.