Davlat to‘ntarishimi yoki qo‘rqitish uchun bahonami?
Milliy xavfsizlik buyicha davlat qo‘mitasi (UKMK) Qirg‘izistonda qurolli tartibsizlik uyushtirish va millatlararo nizo qo‘zg‘ashga urinishlar to‘xtatilgani haqida hisobot e’lon qildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.
UKMKning ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari yil boshidan buyon buzg‘unchi guruh faoliyatini kuzatib kelgan. Bu guruhning rejalariga dalil sifatida xorij fuqarolari tomonidan zo‘ravonlikka uchrab “kaltaklangan, yarim yalang‘och qirg‘iz qizi”ning videosi keltirildi. UKMKga ko‘ra, ssenariy bo‘yicha qiz yig‘lab, yordam so‘rashi kerak bo‘lgan. Bu esa jamiyatda millatchilik kayfiyatini uyg‘otib, xuddi 2024 yil may oyida xorijliklar ishtirokida poytaxtda sodir bo‘lgan voqeaga o‘xshash tartibsizliklarni keltirib chiqarishi kerak bo‘lgan.
Maxsus xizmatdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, buning ortidan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan jangovar guruhlar o‘qotar qurollar bilan vaziyatni keskinlashtirib, xorijliklar yashaydigan va ishlaydigan joylarda tartibsizliklar uyushtirishi va natijada talon-tarojlar yuzaga kelishi kerak bo‘lgan.
“Bu xatti-harakatlarning barchasi hokimiyatni obro‘sizlantirib, xalq noroziligini uyg‘otadi va muxolifat tomonidan moliyalashtiriladigan keng ko‘lamli norozilik namoyishlari uchun sharoit yaratadi”, – deyiladi UKMK hisobotida.
UKMKning ta’kidlashicha, tashkiliy ishlar xorijdan nazorat qilingan. Hozirda tashkilotchilarni hibsga olish ishlari olib borilmoqda. Guruh a’zolari esa, hibsga olingan.
Izoh:
O‘tgan yil, ayniqsa so‘nggi olti oy ichida mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish va davlat to‘ntarishiga urinish aybi bilan turli guruhlarning hibsga olingani haqida xabarlar ko‘paydi. Xorijiy o‘lkalarda turib Qirg‘izistonda tartibsizlik uyushtirish bilan shug‘ullanuvchi kuchlar bor yoki yo‘qligini aniq aytish qiyin. Chunki UKMKning bunday ma’lumotlariga jamoatchilikning ishonchi qolmagan. Bu faktlar bo‘yicha jamoatchilik oldida ochiq sud o‘tkazilmagani ham shubha uyg‘otadi.
Biroq Qirg‘izistonda so‘nggi 15 yil ichida davlat to‘ntarishlarining tez-tez sodir bo‘lganini inobatga olsak, hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun kuch ishlatish omillari ko‘pchilikda umid uyg‘otadi. Hozirgi hukumatning kattiq nazorat o‘rnatishi va ta’qib qilishidan bezib, undan norozi bo‘lgan kishilar inqilob istagida bo‘lishi mumkin. Hukumat tomonidan ta’qibga uchragan ko‘plab tadbirkorlar shular jumlasiga kiradi.
Ayni paytda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi ma’lumotlarni tarqatish mavjud hukumatning xavfsizlikni mustahkamlash siyosatiga xizmat qiladi. Ayniqsa, gap rahbarlarni o‘zgartirish haqida ketar ekan, hozirgi hukumatninng o‘zi ham “dushman vahimasi”dan manfaatdor. Totalitar tuzumning ustuvor masalasi o‘z hokimiyatini saqlab qolishdir. Qo‘mitaning vaziyatni “xavfli” deb belgilashi rasmiylar o‘z xavfsizlik choralarini “strategik zarurat” deb oqlashiga asos bo‘ladi.
Hujjat Jamiya