NEGA RAHBAR TANLASHDA ADASHYAPMIZ (5)

452
0

بسم الله الرحمن الرحيم

NEGA RAHBAR TANLASHDA ADASHYAPMIZ (5)

Biz bayon qilib kelayotgan bu soha katta mablag’ga ega bo’lgan boylarning, ya’ni “ishbilarmon tadbirkor”larning sohasi emas, yoki mustamlakachiga malaylikni bo’ynilariga olib, o’z xalqiga xiyonat qilishdan ham tap tortmaydigan benomuslarning o’rni emas. Bu qo’rqoq yoki “xameleon”larning maydoni emas. Balki bu maydon, unga kirib kelayotgan inson o’zida xalq uchun taqdim qiladigan hayot haqidagi aniq tasavvurga ega bo’lgan hamda uni amalga oshirish yo’lini aniqlab, tayyor qilib qo’ygan va shu mustahkam “loyiha” bo’yicha harakat qilayotgan mardlarning maydonidir. Bunday insonlar o’z xalqiga taqdim qilayotgan ushbu loyihaga avvalo o’zlari ishonishlari va uni amalga oshirish uchun har qanday to’siqlarni engib o’tishda sabot bilan turishlari talab qilinadi. Har qadamda va har bir ishda o’sha loyihadan turib o’z munosabatini bildirishlari kerak. “Biznes”idan hamda “kreslo”sidan ajrab qolishdan, qamalib qolishdan yoki omma o’rganib qolgan hayot tarziga qarshi gapirib, ularning nafratiga uchrashdan qo’rqqan insondan yaxshilik kutilmaydi. Islomni da’vo qilayotgan ayrim “olim”lar singari siyosiy vaziyatga qarab Islomni ham buzib ko’rsatishlari hamda qo’rqokligi yoki nodonligi sababli o’z xalqini ishonchidan foydalanishlari yoki “demokrat”lar singari saylov yaqinlashganda har bir inson erkin deb, saylov o’tgandan keyin o’z e’tiqodi va Alloh Taoloning bandalariga nemat qilib bergan dinni xaqqi rost, hech kimni aldamasdan bayon qilib berayotganlarni jinoyatchilarga chiqarilayotganiga tomoshabin bo’lib turishlari o’zlarining hayot “loyiha”lariga ishonmasliklarini yoki xohlagan vaqtlarida uni buzib, unga qarshi qadamlarga borishga tayyor ekanliklarini ko’rsatadi. Shuning uchun kelajakda yana aldanmasligimiz uchun bu maydonga kelayotganlardan avvalo hayot haqidagi “loyiha”larini talab qilib, uni tekshirib chiqishimiz; asosiy fikri bo’lgan aqidasini, so’ng iqtisod, ijtimo, talim-tarbiya, boshqa xalqlar bilan o’rnatadigan aloqalar asosini va shu kabilarni o’rganib chiqishimiz, so’ngra buni maydonga olib chiqayotganlar hayot “loyiha”lariga qanchalik darajada ishonayotganlarini bilishimiz shart. Negaki hokimiyatga kelib olganlaridan keyin shaxsiy manfaatlarini ko’zlab o’z bilganlaricha yoki birovlarning manfaati asosida ish olib bormasliklari uchun qanchalar sabotli ekanliklarni bilish juda ahamiyatlidir. Bu ishga har bir inson avvalo aqlini asos qilib, o’z vakolatini berayotgan liderni shu ikki jihatdan, ya’ni “loyiha”ini va unga qanchalar ishonib, uni amalga oshish yo’lida sabotli ekanini tekshirishga to’g’ri keladi, chunki ular kelajakda vakolat egasi nomidan, ya’ni sizning nomingizdan gapiradi va ish olib boradi. Agar bu ishga harakat qilayotganlar bir partiya bo’lsa, unda har bir a’zosida shu shartlar topilishi kerak. Biz qachonki shunday asosda ularga munosabatimizni bildirsak, shundagina ular o’zlarini ham, boshqa a’zolarini ham jiddiy bo’lishlariga va to’g’ri asosdan og’ishmay, sabot bilan turishlariga bel bog’lashadi, o’zlarini ham teshirib chiqishadi va kelajakda ham har bir qadamini o’ylab bosishadi, qilayotgan ishlariga javob berish mas’uliyati asosida ish olib baradilar. Shundagina bu soha aferist, xoinlar intiladigan “biznes” tarmog’i emas, balki sofdil, to’g’riso’z, o’z xalqi, or-nomusi, yoshlarining taqdiri, kelajagi uchun hech narsadan qo’rqmaydigan mardlar maydoniga aylanadi. Shuning uchun bu o’rinda beparvo bo’lishimiz o’zimizni o’zimiz aldashlik bo’ladi, chunki Alloh Taolo aytadi:

وَمِنْ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالْيَوْمِ الْآخِرِ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِنِينَ , يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ – فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ فَزَادَهُمْ اللَّهُ مَرَضًا وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ , وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ قَالُوا إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ – أَلَا إِنَّهُمْ هُمْ الْمُفْسِدُونَ وَلَكِنْ لَا يَشْعُرُونَ

“Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o’zlari mo’min bo’lmaganlari holda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo’ladilar va o’zlari sezmaganlari holda faqat o’zlarinigina aldaydilar. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg’onlari sabab alamli azob bordir. Ularga: «Yer yuzida buzg’unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar. Ogoh bo’lingizkim, ular albatta buzg’unchilardir, lekin o’zlari buni sezmaydilar”. [2:8-12]

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.