Muzokaralar natija bermayapti

341
0

 john-kerry-italya-fransaFalastin va Isrol mas’ullari AQSh o’rtamchiligida davom etayotgan muzokaralar oxiriga kelib hech bir natija bermaganligi va umidning uzilishi arafisada ekanligini ochiqladi.

Frans Press axborot agentligiga intervyu bergan Falastinlik mas’ul “inqiroz davom etmoqda. Muzokara boshlangandan buyon Isroil bizni tahdid qilib keladi, hali ham biror echimga erishilmadi”, dedi.

Isroilga qarashli “Ynet” saytiga intervyu bergan Isroillik mas’ul ham muzokaralarning jar yoqasida ekanligini bildirib, AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ham havsalasi pir bo’lganligini qayd etdi.

“Muzokaralar bir necha hafta ichida avvalgi ta’sirini yo’qotish arafasida turipti”, dedi u.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu vazirlar kengashida nutq so’zlab, Falastin bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi. Ammo buning uchun hech qanday shakldagi to’lovni qabul qilmasligi ta’kidladi. Agar Falastin taraf halqaro tashkilotlarga murojaat qiladigan bo’lsa, Isroil ham o’z qadamlari bilan bunga javob qaytarishini urg’uladi.

Turkiston:

Isroil muammosi Falastin xoin xokimiyatining muammosi emas. U Xalifalik davlati orqali echiladigan Islom va musulmonlar muammosi! Qariyb 50 yillardan buyon xar xil nayranglar bilan davom etib kelayotgan bu muzokaralar, Falastinning echimi emas, balki isroilning mintaqada uzoqroq xukum surushi uchun o’ylab topilayotgan nayranglardan o’zga narsa emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.