A.Atambaev: Yevropa Ittifoqi va Rossiya etakchilari….

563
0

A.Atambaev: Yevropa Ittifoqi va Rossiya etakchilarining Ukraina va Moldova borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirishga muvaffaq bo’ldim.

CA-NEWS – Kecha, 26 mart kuni Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ishchi tashrif bilan Belgiya Qirolligiga keldi va shu kuni Yevropa parlamenti raisi Martin Shults bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Qirg’iziston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining dolzarb masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar yakunida Almazbek Atambaev va Martin Shults ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berdi.

“Ushbu uchrashuvdan keyin Yevropa Ittifoqi va Qirg’iziston o’rtasidagi hamkorlik yanada ko’proq ahamiyat kasb etadi. Janob prezident, ishontirib aytamanki, Yevropa parlamenti sizni har doim qo’llab-quvvatlaydi. Yilning ikkinchi yarmida men Qirg’izistonga boraman va muzokralarimiz davom etishiga umid qilaman”, – dedi Martin Shults.

O’z navbatida Almazbek Atambaev Frantsiya prezidenti Fransua Olland va Yevropa parlamenti raisi Martin Shults bilan uchrashuvdan keyin Yevropa Ittifoqining ushbu etakchilari va Rossiyaning Ukraina va Moldova borasidagi nuqtai nazarlarini qandaydir ma’noda yaqinlashtirishga muvaffaq bo’linganini aytdi.

Turkiston:

Atombaevning Yevropa ittifoqi davlatlari bo’ylab turnesidan, kimlarning qanday maqsad va manfaatlari ko’zlangan?

Atambaev, xar bir yangi uchrashuvida, o’zini Rossiya bilan YeI o’rtalaridagi muammolarni bartaraf etib, ularni bir birlari bilan yaqinlashtirish missiyasi bilan kelgandek ko’rsatishga xarakat qilmoqda. Bu bilan u ikki tomonni, Rossiya va G’arb etakchi davlatlari bilan teng xamkorlik olib borish siyosatidan xali yuz o’girmaganini ta’kidlamoqchi bo’ladi.

Rossiyani YeIga o’rtada ko’prik bo’lib berish missiyasini bajarish esa, Atambaev uchun emas. U bu missiyani o’z zimmasiga olgandek ko’rinish bilan, o’zining siyosiy mavqe’ini ko’tarib olmoqchi. Ammo Atambaevning Qirg’izistonni YevroAzes tashkilotiga kirib borayotib, YeIdan investitsiya chaqirishi, bu faqa Rossiya bilan kelishilgan xolda bo’lishi kerak.

 Lekin Putin unga shu ko’rsatmani bergan bo’lsa Demak Rossiya YevroAzes tashkilotini xozir iqtisodiy ta’minlay olmaydi. Balki unga a’zo Rossiyaning o’zini xam. Uning ishlab chiqarish sano’ati kordan chiqqan, yaqin o’rtada yurib ketishidan umid yo’q degan xulosaga kelish mumkin.

Rossiya, tashqi investitsiyani Qirg’iziston orqali butun Yevro Azes tashkiloti uchun jalb qilmoqchi bo’lishi mumkin. Atambaev Yevropadagi uchrashuvlarida,” Qirg’izistonning 6 million axolisi bo’lgani bilan, 200 millionli iste’molchisi bor” degan ma’nodagi gaplarni bir necha marotaba qaytardi. Putinning ruxsatisiz bu kabi yirik va’dalarni Atambaev rasman berib yubora olmasa kerak. Demak Atambaevning Putin bilan uchrashuvida bu masala ko’rib chiqilgan.

Putin Qirg’izistonni YeI tomon bu xarakatidan xavotirda emasmi degan savol tug’iladi. Qirg’iziston davlati, xozir o’z yurti uchun mustaqil biror ishni tashqi davlatlarning aralashuvi yoki qo’llovisiz amalga oshirib yubora oladigan axvolda emas. U xatto minglagan shartnomalarni imzolab kelishi mumki. Lekin ularni amalga oshirish va tashqi investorlar uchun garov bo’lib turib bera oladigan davlat deyarli yo’q xesobda. Shuning uchun Rossiya Qirg’izistondan uncha xavotirlanmaydi. Faqat Atambaevni siyosiy xatolaridan xavotirlanishi mumkin. Masalan, G’arbning asosiy qurollari bo’lmish “nodavlar tashkilotlari” uchun keng imtiyozlar yaratib beruvchi shartnoma va kelimimlarni imzolab yuborishi mumkin. Bu esa, G’arb davlatlarini, Qirg’izistonning ichki ishlariga aralashuvi uchun yanada keng yo’llar ochib beradi.

Sadaqa misoli va’da qilinayotgan millionlagan pullar, aynan shu maqsadlarni imzolar bilan tasdiqlanishi ortidan beriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.