Do’st kimu dushman kim?

550
0

1979 yilning oxirida sobiq Sovetlar Ittifoqi Afg’onistonga harbiy yurish qilib uch kun ichida poytaxt Qobul shahrida o’zining daxriy bayrog’ini o’rnatishga muvaffaq bo’lgan edi. Bu davrgacha bo’lgan vaqtda Afg’oniston ichida bir necha guruhlar o’zaro urishlar bilan mashg’ul bo’lishgan. Sovetlar Ittifoqi uch kunlik g’alabadan so’ng 10 yil davom etgan natijasiz bosqinchilik urushlari ortidan Afg’onistondan sharmandalarcha chiqib ketishga majbur bo’lgan edi.

SSSR davlatining mabdasi kommunistik mabda bo’lib, demokratik mabdaga juda katta xavf tug’dirar edi. Chunki, o’z mabdasini dunyoga yoyishlik uchun qilingan harakat demokratiyani boshqarib kelayotgan Amerika uchun juda xatarli ish bo’lib, SSSRni Afg’onistondan siqib chiqarish uchun bir qator harakatlar olib bordi. Avvalda Tolibon guruhi ya’ni jamoasi bilan o’rtoqlashgandek bo’lib, uni dastaklab keldi. O’zaro natijasiz urushlardan charchagan afg’on xalq haqiqiy daxriylarga ya’ni, SSSRga nisbatan birlashib dushmanni o’z yurtlaridan sharmandalarcha chiqib ketishga majbur qilishdi. Afg’oniston xalqi g’alaba qozondi, Amerika esa maqsadiga erishdi. SSSR parchalanib o’z mabdasidan voz kechib, AQSh va Yevropa mabdasi bo’lgan demokratiyani qabul qildi. Endi esa afg’on Amerika uchun xatarli mintaqaga aylanib qoldi. Navbat afg’on xalqining xaloskorlari bo’lgan jamoatlar o’rtasida ziddiyat keltirib chiqarish uchun “Al-Qoida” tashkilotini paydo qildi. “Al-Qoida” o’zining oxirgi nafasigacha Amerika manfaatlari yo’lida xizmat qildi. Aslida bu bir uydirmaga o’xshagan tashkilot edi. Ahamiyatga loyiq quvvati ham bo’lmagan. Amerika “Al-Qoida”ni dunyo e’tibori uchun vahimali qilib ko’rsatishlik uchun ikki maqsadi bo’lgan.

Birinchisi, musulmonlarni Islom davlati vujudga kelishi uchun harakatlarini ortga surishlik va islomiy jamoalar o’rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish bo’lsa, Ikkinchidan “Al-Qoida”ni butun dunyoga juda xavfli tashkilot qilib ko’rsatish orqali butun dunyoni qo’rqitib o’zining g’arazli maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun uni doimo dastaklab keldi.

Arabiston yarim orolida esa Iroq davlatini Saddam Husayin rahbarligida arablarni o’z qo’lida bir qancha davrgacha qo’rqitib keldi. Agar biror arab davlati Amerikaning manfaatlariga xizmat qilishdan bir oz chetga chiqadigan bo’lsa Iroq orqali hujumlar uyushtirib keldi. Amerika iqtisodiy inqirozga uchraganidan so’ng 11 sentyabr loyihasini ishlab chiqdi. E’tibor bering, 11 sentyabr ya’ni, egizak uylarning vayron bo’lishida “Al-Qoida”ni ayblab, tushib qolgan iqtisodiy inqirozni tiklash uchun Islom va musulmonlarga qarshi ochiqdan-ochiq urushni boshlab yubordi. Chunki, musulmonlar yurtlari tabiiy er boyliklariga juda boy. Lekin yuzma-yuz urushda kofirlar hech qachon enga olmasligini Afg’oniston musulmonlari bir emas, bir necha bor isbotlab berishdi. Birinchi, SSSRdek qudratli davlatni sharmandalarcha qochib chiqib ketishga majbur qilgan bo’lsa, ikkinchi Amerika va butun dunyodan to’plangan harbiy kuchlarni hech narsaga qodir emasligini isbotlab berdi. Demak, Amerika Islom bilan ochiqchasiga kurash olib borgani mabdasi bardosh bera olmaydi.

Amerika va yahud vujudi hamda ularga bosqinchilikda sherik bo’lgan demokratiyani asosiy davlatlari Islom va musulmonlarga qarshi ikki yo’nalish orqali kurash olib boradi. Birinchidan, soddadil musulmonlardan foydalansa, ikkinchidan musulmon bo’lgan biroq, dunyoga muxabbat qo’ygan e’tiqodsiz rahbarlar bo’ladi. Bu rahbarlar qanchali e’tiqodli bo’lmasin, xalq oldida qanchalar shirin va’dalar bermasin mansabga erishganidan so’ng maqsadlar ham, va’dalar ham unitiladi. Bu rahbarlar yuqoridan, ya’ni boshqarib kelayotgan gegemon davlatlar xohishi bilan hokimiyat tepasiga kelishadi. Mustabid davlatlar tomonidan qo’yilgan qo’g’irchoq hokimlarning qanchalar orzu istaklari bo’lmasin faqat shu davlatlarning manfaatlari yo’lida xizmat qiladi. Musulmon yurtlardagi kofirlarning manfaatlari uchun qanchalar sadoqat bilan xizmat qilishmasin, o’z vazifalarini ado etib bo’lishgach aynan shu xojalari tomonidan tarix axlatxonasiga uloqtirib yuboriladi. Shu vaqtga qadar musulmon yurtlarning rahbarlari izzat-xurmat bilan nafaqaga chiqishmagan. Ular yoki xorlarcha o’ldiriladi yoki yurtlarini tashlab qochib ketishga majbur bo’lishadi. Bo’sh qolgan kursiga intilganlar buni yaxshi anglab etishsada biroq, yangi amalga ega bo’lish uchun xojalari oldida o’z sadoqatlarini izhor qilishdan charchashmaydi. Bunday hokimlar uchun uyqudan uyg’onish, ko’zlarini ochish vaqti etib kelmadimi?

Iroqni Amerika zo’ravonlik bilan bosib oldi, butun boyliklariga ega bo’ldi. Endilikda Saddamni o’rnini bosa oladigan bir siyosatchi kerak bo’ladi. Iroq davlatida ikki mazhab sunniy va shia vakillari yashab keladi. Mana shu ikki mazhabni o’zaro urishtirish uchun Amerika Iroqda 11 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Amerika bir safar shialar masjidlarini portlatsa, boshqa safar sunniylar masjidlarini portlatib kelmoqda. Oddiy xalq bu fitnalarni allaqachon tushinib bo’lgan. Bu rejalari ham foyda bermaydi, inshaAlloh

Endilikda Arab yurtlari rahbarlarini Amerika o’z tizginida ushlab turish uchun Eron davlatini yadro quroli bilan quvvatlantirmoqda. Suriyada mana to’rt yildan buyon davom etib kelayotgan urush Amerika va yahud vujudini boshini qotirib qo’ydi. “Jeneva”, “Jeneva-2” va “Jeneva-3” muzokaralari hech bir foyda bermaganidan so’ng Amerika yana bir yo’nalish bo’ylab harakat olib bormoqda. Suriya demokratiyani qabul qilmaganidan va Islomdan boshqa mabdaga rozi bo’lmaganidan so’ng Islomni yomonotliq qilish maqsadida “IShID” tashkilotidan ustamonlik bilan foydalana boshladi. “IShID” “Al-Qoida”ni boshqacha bir ko’rinishi.

Hizb ut-Tahrir olamiy Hizb bo’lib butun olamda islomiy hayotni qayta barpo etish yo’lida da’vat qilib kelmoqda. Hizbning mabdasi Islom, davlatni barpo etish yo’li payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning tariqatlaridir. Hizb o’zining 60 yildan oshgan faoliyati davomida Qur’on va Sunnatdan qilcha ham og’ishmay kelmoqda. Shu yillar davomida juda ko’p musulmonlarning muxabbat va ishonchlarini qozonishga muvaffaq bo’ldi. Malomatchining malomati, zolimning zulmidan qo’rqmay da’vatini davom ettirib kelmoqda. Musulmon yurtlaridan tortib Yevropa yurtlarigacha islomiy tushunchalar bilan sug’orish orqali juda ham ko’p insonlarni uyg’otib qo’ydi. Bugungi kunda Xalifalik erkagu ayol, yoshu qari intilib yashovchi ulkan g’oyaga aylanib ulgurdi. Mana shu tushuncha va muxabbatlarini so’ndirish uchun “IShID”dan unumli foydalana boshladi. “IShID”ning qonli va zo’rovonli harakatlarini telekanallar orqali tinimsiz ravishda butun dunyoga namoyish qila boshladi. Butun insoniyatni Islom va Xalifalikka bo’lgan ishtiyoqlarini so’ndirishmoqchi. Allohning marhamati bilan bu maqsadlariga ham erisha olishmaydi.

Amerika “IShID”ni vahima qilib ko’rsatishdan ikki maqsadni nazarda tutgan. Birinchi maqsadi, uning safi va tarafdorlarini ma’lum bir mintaqada to’plab, bir o’lchovda ushlab turishlik. Ikkinchi tarafdan o’ziga tobe bo’lgan davlatlarni qo’rquv ostida ushlash va ularni boshqarish. Uning safini qanday to’ldirish mumkin? Xitoy, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Arabiston va hakozo mustabid yurtlarda “IShID” vahimasidan foydalangan holda davlat kuch organlari bu tashkilotga aloqasi bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar musulmonlarga yolg’on ayblovlar bilan zulm qilishadi va mo’maygina harom pullarga ega bo’lishadi. Shundan so’ng zulmlangan ba’zi soddadil musulmonlar “IShID”ni tarafdorlariga aylanishadi. Amerika “IShID”ni o’z manfaatlariga qarab goho sust, gohida esa kuchliroq vahimaga soladi, xuddi reklama roligiga o’xshaydi.

So’nggi Xalifa ag’darilgan vaqtdan hozirga qadar musulmon yurtlarini davlatchalar va millatlarga bo’lishdi va musulmonlar o’rtasini buzish uchun fitnalar urug’ini sepib kelishmoqda. Bu faqat demokratiyaning jirkanch mevasi. Arablarni shialarga, shialarni sunniylarga, turklarni kurdlarga, qirg’izlarni o’zbeklarga, tojiklarni qirg’izlarga bir birlariga dushmanlik pozitsiyalari bilan tarbiyalab kelmoqda.

Ey, musulmonlar bir birlaringizni yomon ko’rish va dushmanlik qilishdan to’xtang! Alloh millatchilarni yaxshi ko’rmaydi, millatchi hatto jannatning hidini ham hidlay olmaydi. Ey, yurtimizdagi rahbarlar, xavfsizlik xodimlari yurtingizdagi musulmonlarni ta’qib qilish, tazyiq o’tkazishdan to’xtanglar! Sizlar ham musulmon farzandlarisiz. Kattalaringiz akamiz, kichiklaringiz ukamizdirsizlar. Sizlar ham bizning bir bo’lak jasadimizsizlar. Bizlarni o’zinglarga do’st qilib olmaysizlarmi!? Bizlarga g’amxo’rlik qilinglar, bizlar ham sizlarni himoya qilamiz. “IShID”ni vahima qilib ko’rsatasizlaru Hizb ut-Tahrir yigit qizlarini qamoqqa olasizlar. Yolg’on ko’rsatmalar tarqatganda yuzlaringiz qizarmaydimi?

Amerika IShIDni vahima qilish bilan Arab davlatlariga qurol sotib mo’maygina daromad olmoqda. Bu vahimani Rossiya ham tinimsiz namoyish qilmoqda. Rossiya ham bundan ustamonlik bilan foydalanib qolmoqchi. Sobiq SSSRdan qolgan mayda davlatlarni o’z ta’sir doirasida ushlab qolish uchun harakat qilib, Markaziy Osiyo respublikalarini ham o’z himoyasiga olish yoki dastaklash bilan o’zining hududiy chegarasini kengaytirmoqchi, vahima esa bir xil. Lekin “IShID”dan Markaziy Osiyo uchun hech qanday xatar yo’q. Saudiya Arabistoni qurol sotib olishda Hindistonni ham ortda qoldirib ketdi. Bu sotib olingan qurollar kimlarga qarshi ishlatilishi mumkin? Albatta, o’z saltanatlarini himoya qilish yo’lida musulmonlarga qarshi ishlatiladi.

Yahudlar Quddusni 70 yildan ortiq vaqtdan buyon bombalab musulmonlarni xorlab kelmoqda. Bashar Asad esa to’rt yildan beri musulmonlarni o’ldirish, uy-joylarini vayron qilish bilan mashg’ul. Arab yurtlaridagi amirlar BMTga murojaat qilishga ham botina olishmadi. Yaqinda Yamanda bo’lgan qo’zg’olonda musulmonlarga nisbatan Yaman podshoxini himoya qilish uchun dastaklash va harbiy yordamlarini bermoqda. Sizlarni qanday tushinish mumkin? Gapirganda musulmonga o’xshaysizlar, amallaring esa kofirlarnikiga o’xshaydi. Nahotki sizlarning saltanatingiz kofirlarni do’st tutish, musulmonlar yurtini vayron qilish, ularning qonini to’kishga arziydimi? Vaqt borida o’zinglarni o’nglanglar! Dunyo xunrezliklarga, faxsh ishlarga, behuda qon to’kishlarga, yolg’on va fitnalarga to’ldi. Endi o’zgarish vaqti keldi.

Daylamiy Ibn Abbos (r.a)dan rivoyat qilgan hadisda payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam:

 أَحبُّوا العَرَبَ لِثَلاَثٍ: لأَنِّى عَرَبِيٌّ وَالْقُرْآنَ عَرَبِىٌّ. وَكلامَ أَهْلِ الْجَنَّةِ فِى الْجَنَّةِ عَرَبِىٌّ. (رواه الطبرانِي وغيره

“Arablarni uch narsa uchun yaxshi ko’ringlar. Birinchisi – chunki men arabman. Ikkinchisi – Qur’on arab tilida. Uchinchisi – jannatda u er ahlining tili arabchadir”, deganlar.

Biz barcha musulmonlar arablarni yaxshi ko’ramiz. Allohni va uning payg’ambari sallollahu alayhi va sallamni yaxshi ko’ramiz va biz uchun eng sevimli bo’lganlar ham aynan Alloh va Uning rosuli. Qur’on o’qishlik bilan rohatlanamiz, jannatiga mushtoqmiz. Allohning rahmatidan umidvormiz. Ey, arablar sizlar millatlarni eng yaxshisisiz, imkoniyatni boy bermang! Butun er yuzidagi musulmonlar Allohning Baytiga tavof qilish, payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat qilish ishityoqi va muxabbati bilan yashaydilar, shu jumladan men ham.

Hizb ut-Tahrir jamoasiga yordam qilib, butun olam ulamolarini birlashtirib Baytullohda haqiqiy Xalifalikni e’lon qilinglar. Baytullohda saylangan Xalifa barcha musulmonlar o’rtasidagi qarama-qarshi fikrlarni birlashtirib yuboradi. O’rtada g’illi-g’ishtliklar yo’qoladi. Chunki, qarama-qarshi chiqishga kofirlarni jur’atlari etmaydi. Bir yarim milliarddan ziyod musulmonlarning savoblariga ega bo’lasizlar, aks holda sizlarga xalokat keladi. Birin-ketin emirilib kelayotgan saltanatlar singari sizlarning saltanatingiz ham bir kun emiriladi. Sizlar Alloh yaxshi ko’rgan millatlar ichida eng yaxshisi bo’lib qolishingizni umid qilamiz. Do’st kimu dushman kim buni ongli ravishda anglab etinglar. Musulmonlardan dushman istamanglar. Haqiqiy dushman Amerika boshchiligidagi mustamlakachi davlatlar va er yuzida ko’pchilik, shu jumladan sizlar ham mabda sifatida ko’tarib yurgan demokratiya mabdasidir. Islom mabdasidan boshqa barsa mabda botildir. Payg’ambarimiz minhoji asosidagi Xalifalikni qayta qurish uchun Hizb ut-Tahrirga yordam qiling. Albatta Allohning rahmati va marhamati ila ushbu kun keladi, inshaAlloh.

Sayfulloh

Hizb ut-Tahrir – Qirg’iziston viloyati matbuot bo’limi a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.