Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini kuchaytirmoqda

1283
0

Tojikistonda joylashgan Rossiya harbiy bazasi joriy yilda eskirgan texnikalar o’rnini yaqinda jangovor qurollar safiga kiritilgan 100ga yaqin BTR-82A rusumidagi bronetransportyorlar bilan to’ldiriladigan bo’ldi.

“Davlat mudofaa buyuritmasi rejasiga muvofiq Arzamas mashinasozlik zavodi bu texnikalarni etkazib beradi”, – deyiladi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Tojikistondagi harbiy baza bo’linma komandirlari va o’rinbosarlari qayta tayyorgarlikdan o’tish uchun oldindan Markaziy harbiy okrugining Samara viloyatida joylashgan harbiy qismga jo’natilgan, bu qismda o’tgan yildan beri yangi rusumdagi jangovor texnikalardan foydalanib kelinmoqda.

Takomillashtirilgan BTR-82A 30-mm avtomatik pushka, 7,62-mm pulemyot bilan jihozlangan bo’lib, tog’li hududlarda harbiy harakatlar olib borishda samaradorligi bilan ajralib turadi.

Turkiston:

Tojikiston hududidagi 201-harbiy baza Rossiyaning horijdagi eng yirik ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Bazada 7000 askar harbiy xizmat o’taydi. Mazkur harbiy bazani Tojikistonda turish muddati 2014 yili tugashi kerak edi. Biroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2012 yilning 5 oktyabr kunii Dushanbeda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan bo’lib o’tgan uchrashuvida Rossiyaga qarashli 201- harbiy bazaning Tojikiston hududida bo’lish muddatini yana 30 yilga, ya’ni 2042 yilgacha uzaytirish to’g’risidagi shartnoma imzolandi.

Markaziy Osiyo respublikalarini o’zining ekinzori sifatida ko’rishga ko’nikib qolgan Rossiya hukumati o’tgan yili ham harbiy bazani kuchaytirish maqsadida joylarni razvedka qilish va radioto’lqinlarni aniqlashga mo’ljallangan “Zastava”, “Granat” va “Leer” rusumli uchuvchisiz samolyotlarni joylashtirgan edi.

“Granat” va “Zastava” apparatlari joylarni video va foto suratlarini olishga mo’ljallangan. “Leer” uchuvchisiz appatati esa, radoirazvedka olib borish, radiodiapazonda nur tarqatish manbalarini aniqlash, ma’lum chastotalarda to’siqlar xosil qilish va radiosignallarni bostirish imkonini berishi xabar qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.