Akilbek Japarov Jahon banki vakili bilan uchrashdi

59
0

Akilbek Japarov Jahon banki vakili bilan uchrashdi

Xabar: Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov Jahon bankining Qirgʻizistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Navid Hasan Nakvi bilan uchrashdi.
Hukumat matbuot xizmatining xabar qilishicha, Japarov energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, qayta tiklanadigan energetika manbalari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish tashabbuslari haqida soʻzlar berdi.
Uchrashuvda “Digital CASA – Qirgʻiziston” loyihasini amalga oshirish, joriy yilning bahorida energetika sohasini rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan forum tashkil etish, Jahon bankining bahorgi yigʻilishlari, Qirgʻiziston va Jahon banki hamkorligining 30 yilligini nishonlash, aholini emlash va kam taʼminlangan oilalarga quyosh batareyalarini oʻrnatish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Izoh: Jahon Banki yirik davlatlar qoʻlidagi qurol boʻlib, mustamlakachi davlatlar shu kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar yordamida “uchinchi dunyo” davlatlari ishlariga burun suqadi, ularni kreditlar botqogʻiga botirib, shu orqali ularni iqtisodiy jihatdan oʻzlariga tobe qilib oladi. Jahon bankining vakolatxonalari qayerga yetib borgan boʻlsa, albatta oʻsha yer battar qashshoqlashadi, muammoga botadi. Qirgʻiziston ham Jahon Banki talablari va tavsiyalari natijasida koʻplab muammolarga duch kelmoqda. Chunki, Jahon banki qarz berish bilan bir qatorda oʻz talablarini ham ilgari suradi. Jahon banki talablaridan asosiylari – soliqlarni oshirish, elektr energiyasi tarifini koʻtarishdan iborat boʻladi. Chunki bank oʻzi beradigan qarzni bir necha barobar qaytarib olish kafolatiga ega boʻlishi kerak. Agar rasmiy hukumat uning shartlarini qabul qilsa qarz ajratadi, aks holda qarz berishni paysalga soladi. Masalan, oʻtgan yili Qirgʻiziston hukumati Jahon banki bilan birgalikda mamlakatda elektr energiyasi tarifini qayta koʻrib chiqishga qaror qildi. Bu haqda bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Anna Bьerde maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, tariflar energetika tarmogʻdagi harajatlarni qoplash uchun oʻzgartirilmoqda.
“Jahon banki bu harajatlarni qoplash uchun tashlangan qadam boʻlgani sababli qoʻllab-quvvatladi. Arzon tariflar kerakli miqdordan koʻproq isteʼmol qilishga undaydi. Biz uning oʻzgarishini qoʻllab-quvvatlaymiz”, – degan edi Bьerde.
Hukumatning elektr enargiyasi narxini oshirish qarori ortidan Jahon banki Qirgʻizistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 million dollar ajratadigan boʻldi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashklotlar bilan hamkorlik qilish mamlakatni bilib turib jarga turtish bilan barobar.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.