AQSh Davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalari bo’yicha yordamchisi, Davlat Departamentida axborot manba’lari bo’yicha maslahatchi Mayk Xammer 7 apreldan 15 aprelgacha vaqt mobaynida O’zbekiston va Tojikistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat Departamentining ma’lumot xizmati bayon qiladi.
Tashrif chog’ida Xammerning matbuot xodimlari bilan, hukumatdagi amaldorlar, fuqarolik jamiyatlari etakchilari va talabalar bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda AQShning demokratik muassasalarni dastaklash siyosati masalalari muhokama qilinadi.
Dushanba shaxrida matbuot hamda internet erkinligi masalalarini muhokama qilish uchun Xammerning Tojikiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
O’zbekistonda davlat kotibi yordamchisi matbuot xodimlarining hukumat shaffofligi va matbuot erkinligi masalalariga bag’ishlangan konferentsiyasida ishtirok etadi. Konferentsiya 11 aprelga belgilangan.
Shuningdek, Xammer vazirlikdagi uchrashuvlarda qatnashadi, hamda parlament vakillari bilan uchrashadi.
Davlat Departamenti axborot manba’lari maslaxatchisi Toshentda daxlsiz matbuot xodimlari bilan rasmiy uchrashuv o’tkazadi.