Pokiston AQSh dronlariga o’z hududlarini bombardimon qilishlariga ruxsat berdi.

278
0

Pokiston o’z hududida amerika uchuvchisiz uchoqlari tomonidan raketa zarbalari uyushtirishlariga ruxsat berdi. «Xindu» ro’znomasining ma’lum qilishicha, bu haqdagi maxfiy xabarnomada Islomobod Amerika Markaziy razvedka boshqarmasidan Pokiston yadroviy markazlari hamda Kashmirdagi pokiston razvedkasi boshqaruvida antixind ektremistik guruhlar jangarilari mashqlar o’tkazayotgan lagerlari yon-atrofida zarbalar bermasliklarini so’rangan.

“Pokiston AQShdan dronlar parvozlari doirasini yadroviy markazlar va kashmirlik terrorchilar lagerlaridan yiroqroq rayonlarga cheklashlarini so’ranib, bu masalada 2004 yili savdolashgan… Maxviy bitim uchuvchisiz uchoqlar toliblarning Al-Qoida bilan aloqada bo’lgan dala komandiri, Pokiston hukumati «xalq dushmani» deb tan olgan Nek Muhammadni yakson qilgandan keyin tuzilgan”, – yozadi nashriyot.

Bitim amerika dronlarining, toliblarning asosan markazlashgan, pokistonlik qabilalar istiqomat qilayotgan mintaqalar uzra doimiy parvozlariga ruxsat beradi. Maxfiy kelishuv shartlariga binoan, AQSh hech qachon uchoqlar parvozlari marshrutlarini hamda ularning harbiy topshiriqlari tafsilotlarini oshkor qilmasliklari kerak, Pokiston esa o’z hududida uyushtiriladigan bunday zarbalarga rasmiy e’tirozlar bilirishdan o’zini tiyishligi lozim. “Uchuvchisiz uchoqlarni shu yo’sinda qo’llashlik strategisini amalga oshirar ekan, Qo’shma Shtatlar terrorchilar etakchilarini asirga olish operatsiyalaridan voz kechishdi va ularni rejalashtirilgan holda yakson qilishga o’tishdi, – qayd qiladi «Xindu». – Natijada markaziy razvedka boshqarmasi uchuvchisiz uchoqlarining muvofiqlashtirish maqsadidagi parvozlari yarim harbiy parvozlarga aylana boshladi”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.