Somali davlatida ash-Shabob mujohidlariga qarshi jang qilish va malakatda tinchlikni saqlash uchun yuborilgan Afrika ittifoqi kuchlari mamlakatdagi muslima xotin qizlarga jinsiy tajovuz qilganliklari, hatto jamoiy ravishda zo’rlaganliklari aytilmoqda. Bu haqida inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi Xyuman Rayts Votch tashkiloti 71 sahifalik hisobotni e’lon qildi.
Hisobotda aytilishicha, mamlakatda tinchlikni o’rnatish uchun Somaliga kiritilgan Afrika ittifoqi kuchlari 2013 yildan buyon hozirga qadar muslima xotin qizlarga jinsiy tajovuz qilib kelgan. Xususan muslimalarga nisbatan jamoiy tajovuz hodisalari tez-tez yuz berib turganligi va ayollardan jinsiy yo’lda foydalangan hodisalar ham ro’y berganligi keltiriladi hisobotda. Zo’rlanganlar orasida jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadigan kasallikka chalinib qolganlar ham bor.
Somalidagi mahalliy manbalarga tayanib tayyorlangan hisobotda keltirilishicha, bu jinoyatlarga qo’l urgan askarlarning turli uslublardan foydalanganligi qayd etiladi. Bu uslublar orasida insoniy yordamga yoki tibbiy yordamga muxtoj yo’qsil ayollarni ehtiyojlarini qondirish evaziga jinsiy zo’rlash holatlari ham mavjud. Somalidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan tashkilotlardan birining bildirishicha, ittifoq askarlari muslimalarga tajovuz qilgandan so’ng ularga oziq ovqat yoki pul berib o’zlarining tajovuzini tijoriy aloqa qilib ko’rsatishga harakat qilgan.
O’zlarining tili bilan aytganda, terrorchilarga qarshi (ya’ni Ash-Shabob mujohidlariga qarshi) jang qilish va mamlakatda tinchlikni saqlash uchun BMT tashabbusi bilan tashkil qilingan Afrika ittifoqi kuchlari 2007 yildan buyon Somali jang olib boradi. Somalida bu kuchlarni Yevropa ittifoqi, Amerika va Angliya davlatlaridan yuborilgan askarlar dastaklab keladi.