Rossiya rublining dollarga nisbatan kursi rekord darajada pastladi

273
0

3_11061_pic_рубль-долларRossiya rublining AQSh dollariga nisbatan kursi rekord darajada – 37,57 rublgacha pastlab ketdi.

Bunga Yevropa Ittifoqi va AQShning Rossiyaga nisbatan joriy etayotgan yangi sanktsiyalari sabab bo’lgani aytilmoqda.

Rossiyaning iqtisodiy hamda mudofaa sohasiga nisbatan qo’yilgan chekovlarni yanada kuchaytirishi kutilayotgan yangi sanktsiyalar 12 sentyabr kunidan kuchga kirdi.

G’arb moliyaviy bozoriga chiqish imkoniyatlarining yanada cheklanishi Rossiyaning shundoq ham oqsayotgan iqtisodiy o’sishiga qattiq zarba berishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.