O’zbekistonda saylov kampaniyasi boshlanadi

855
0

images (1)

Markaziy saylov komissiyasi qabul qilgan qarorga muvofiq, O’zbekistonda 15 sentyabrdan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanadi.

7 oktyabrga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o’tkazuvchi 135 ta saylov okrugi tuziladi, har bir okrugga to’g’ri keladigan saylovchilar normasi o’rtacha 154 ming saylovchi etib belgilandi.

“Siyosiy partiya”lar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatish 17 oktyabrda boshlanadi va 6 noyabrda tugaydi.

Nomzodlarni ro’yxatga olish uchun siyosiy partiyalardan hujjatlar qabul qilish 9 noyabrda to’xtatiladi, nomzodlarni ro’yxatga olish esa 16 noyabrda tugaydi.

Saylov shu yilning 21 dekabrida bo’lib o’tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.