Netanyahu: Isroil hujumlarni yanada kuchaytiradi

461
0

MIDEAST ISRAEL POLITICS Isroil va Falastin o’rtasida o’t ochishni to’xtatish qarori imzolanishiga qaramay, yangidan boshlanib ketgan hujumlarda bir isroillik yahudiy halok bo’lishi ortidan Isroil prezidenti Benyamin Netanyahu G’azoga qilinayotgan hujumlar kuchaytirilishini bildirdi.

“Bu hujumlar uchun Hamas javobgardir va buni og’ir shaklda o’taydi. Isroil armiyasi hujumlarini yanada kuchaytiradi”, dedi Isroil prezidenti.

Isroil armiyasining so’zchisi Mikki Rozenfeld tivitter ijtimoiy tarmog’i orqali bergan bayonotida mamlakat janubidagi Sharrun-Niqob mintaqasiga tushgan minamiyotlar bir yosh bolaning o’limiga sabab bo’lganligini da’vo qildi. Rozenfeldga ko’ra, hujum oqibatida binolar va avtomobillarga ham zarar etgan.

Netanyahuning so’zchisi Ofir Gendelman o’zining bayonotida aytishicha, Prezident Netanyahu bu hujumning javobgarligi og’ir bo’lishini aytib, Isroil armiyasi va Isroil xavfsizlik kuchlari G’azodagi Hamasdan boshqa guruhlarga ham hujumlarini kuchaytirishini bildirdi.

Isroilda bitta bola halok bo’lgan bo’lsa, birgina kechaning o’zida Isroil armiyasining hujumidan 13 nafar falastinlik halok bo’ldi. 47 kun davom etgan hujumda 2105 falastinlik halok bo’lgan bo’lsa, ulardan kamida 563 nafari yosh bolalardir.

p22_20110728_pic15-300x1613151Isroil prezidenti Netanyahu butun dunyo ko’z o’ngida yuzlagan bolalarni qirg’in qilishiga qaramay, bitta yahudiy bolaning o’limini ro’kach qilib musulmonlarga tahdid qilmoqda. Buning qarshisida Falastin prezidenti Mahmud Abbos esa Isroil va Falastin o’rtasidagi muzokaralarni eng qisqa vaqt ichida yangidan boshlash uchun harakat qilayotganini aytib turipti. Bu borada Misr prezidenti as-Sisi bilan uchrashganini ta’kidlagan Abbos ikki davlat muzokarachilarini Qohiraga chaqirishini bildirdi.

“Misr hukumati isroillik va falastinlik elchilarga muzokaraga qaytish uchun da’vat yo’llaydi”, dedi Falastin prezidenti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.