Rossiya musulmonlarni ta’qib qilishda ustasi-farang bo’lib bormoqda.

468
0

Rossiyaning antiekstremistik qonunchiligi diniy guruhlarnigina emas, hatto jamoiy tashkilotlarni ham ta’qib qilishlikka yo’l ochib berdi. Bu qonunlar fikrlarning yozma ravishda ham, og’zaki ham aytilganiga qarshi qo’llanilishi mumkin. Bu haqda Inson huqulari xalqaro Federatsiyasi (FIDH) o’zining «Rossiya jamoatchiligi nazorat ostida» nomli xisobotida bayon qiladi.

“Antiekstremistik qonunchilik, shu jumladan diniy guruhlarni ham – asosan islomiylarini, ta’qib qilishlikni qonuniylashtiradi. Huddi yozma ravishdagisiga qarshi qo’yilganidek, og’zaki aytilgan fikrlarga qarshi ham yo’naltirilishligi mumkin bo’lgan, ya’ni sodir etilgan ishgagina emas, hatto maqsadga ham qarshi qo’llanishlikda o’ta qulay bu qonunchilik islomiy tashkilotlarni ta’qib qilishlikda juda samarali bo’lib chiqdi”, – deyiladi xisobotda.

FIDH o’z xisobotida belgilashicha, “man qilingan ekstremistik” nashralar tizmasi kundan kunga to’ldirilib bormoqda: bu tizmaga xattoki, ulardagi ma’nolardan qat’iy nazar, agar ular “Islom asoslari” sarlovhali bo’lsalar, oddiy matnlar ham kiritilgan. “Mazkur qonun yordamida davlat so’z erkinligi va din erkinligi uchun o’ta halokatli bo’lgan siyosiy va mafkuraviy nazorat mexanizmini barpo qildi, degan fikr poydo bo’ladi”, – deb yozishadi huquq himoyachilari.

Xisobotda bildirilishicha, yangi antiekstremistik qonunchilikni qo’llashlikda sudyalar uchun uni har xil yo’nalishda talqin qilishga o’ta keng imtiyozlar berilgan.
Turkiston:
Rossiyaning strotegiyasi, Putinning dunyoqarashi bilan aralashib, manfaatlarini belgilashda xam Putin va uning atrofidagi siyosatchilarini obrularini saqlab turish asosiga qurilib bormoqda.

KGBning maxsuli bo’lgan Putin esa, xalqaro siyosatda birin ketin o’zining mustamlaka davlatlarini xam ittifoqdoshlarini xam yo’qotib bormoqda.

Buning sabablarini u xatto tushunayotgani xam yo’q. Chunki tushunganida, tashqi siyosatini xam ichki siyosatini xam xozirgi yo’sinda davom ettirmagan bo’lar edi.

Putinning siyosati oxirgi vaqtlarda Karimovnikiga o’xshab bormoqda. Ya’ni boshqaruvining barcha yo’nalishlarida, o’zining xalqidan xadiksirash, ishonchsizlik ortib bormoqda. Natijada u xar bir siyosiy xarakatini o’zining xalqiga qarshi yo’naltira boshladi.

Aslida xozir dunyoning barcha etakchilari xam o’z xalqlaridan xadikda, negaki ular rioya qilib borayotgan dunyo sistemasi yolg’on asoslarga qurilgan bo’lib, o’z xalqini aldamay boshqarishning o’zi iloji yo’q.

Lekin ularning aksari siyosiy, mafkuraviy, milliy va xatto ananaviy qadriyatlardan foydalanib xar xil xiyla va nayranglar yo’lini tutishgan.

Putinning asosiy xatosi, u tashqi siyosatida xarbiy quvvatini asos qilganidek, ichki siyosatida xam kuch strukturalarga tayanmoqda. Bu esa Rossiyani borgan sari bo’laklarga parchalanib ketishiga, yoki parchalab yuborishga sharoitlar yaratib bormoqda.

Putin tushunmaydigan asosiy narsa esa, Rossiyadagi mafkuraviy boshliqning paydo bo’la boshlagani. Uning o’rnini esa tabiiy ravishda asta sekin Islom mafkurasi to’lg’azib bormoqda. Putinning yuqoridagi kabi, ekstrimizmga qarshi deb aslida Islomga qarshi qaratilgan qattiqqo’l siyosati esa, Islomni milliy ko’rinishidan Mabdaiy tomonga qarab burib yubordi.

Yaqinda Putin shu ketishida Karimovning xoliga tushadi. Lekin bu ishning oqibati va natija ko’lami anchagina kattaroq bo’ladi. Insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.