Moskvada Hizb a’zolari ustidan sudning birinchi bosqichi bo’lib o’tdi

351
0

66Moskvada Hizbut Tahrirga a’zolik aybi bilan qo’lga olingan to’rt mahbus ustidan boshlangan sudning birinchi davrasi bo’lib o’tdi. Davlat prokrori hibsga olingan shaxslar uchun 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi berilishini talab qildi.

Kuch ishlatish orqali amaldagi konustitutsion tuzumni ag’darish da’vosi bilan Rossiyada qo’lga olingan Hizbut Tahrirga mansub to’rt kishi uchun Moskva shahar mahkamasida davlat prokrori tarafidan bu gal ortiqcha muddat so’raldi. Odatda ayni ayb bilan qo’lga olingan boshqa mahbuslar uchun bunchalik uzoq muddat so’ralmas edi.

Prokror Aleksiy Lvovich guruh rahbari sfatida ko’rilgan 37 yoshli Azizbek Imanov uchun 15 yil, Rossiya fuqaroligiga ega asli dog’istonlik 40 yoshli Shamil Ismailov va 34 yoshli Sayful Kurbanovga 10 yildan, Tojikiston fuqarosi bo’lgan Zikrulloxon Rahmonxo’jaevga esa 11 yil qamoq jazosi berilishini so’radi.

“Kavpolit” axborot agentligining xabariga ko’ra, mahbuslar o’zlarining Hizbut Tahrir uyushmasiga mansubligini tan olishgan. Ammo “kuch ishlatish yo’li bilan amaldagi konistitutsion tuzumini qulatish” da’vosini esa tamoman rad etishgan. Mahbuslarning ta’kidlashicha, bunday da’volar faqatgina proqraturaning bosimi ostida olingan tergov xulosalariga tayanilgan holda bildirilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.