Dovud o’g’li “terrorizm”ga qarshi kurashda zayiflikka yo’l qo’yib bo’lmaydi

445
0

saasasa Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovud o’g’li “terrorizm” masalasida Istambulda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Turkiya va Germaniya o’rtasidagi strotegik uchrashuv ortidan ikki vazir matbuot anjumari o’tkazishdi.

 Ahmad Dovud o’g’li “terrorizm”ga qarshi kurashda sustlik qilish aslo mumkin emasligini ta’kidlab, bu holat barcha insoniyatni xavf ostida qolishiga sabab bo’lishini bildirdi.

 “Terrorizmga qarshi kurash mavzusida hech qanday zayiflikka yo’l qo’yishimiz mumkin emas. Xoh Al-Qoida shaklida bo’lsin, xoh IShID shaklida bo’lsin, terrorizmning har bir turi Suriya, Iroq, O’rta Sharq xalqlari va butun insoniyat uchun tahlikalidir. Ayni paytda xalqiga qarshi insoniy jinoyatga qo’l urgan Suriya rejimiga ham hech qanday moyillik ko’rsatish yaramaydi. Aks holda bunga o’xshagan jinoyatlar boshqa o’lkalarga ham ko’chib o’tadi”, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

   Dovud o’g’liga ko’ra, Iroq hukumatining tutgan siyosati “terrorizm” muammosining avj olishiga sabab bo’lgan.

 “Oxirgi davrlarda hurmatli Molikiy va Iroqdagi siyosiy tabaqaning yuritgan siyosatlari mazhablararo kelishmovchilik muammosini hal qila olmagani uchun jiddiy muammolarga duch keldik. Bu yangi davrda yangi parlament tashkil qilinar ekan va bu parlament ichida hukumat tuzish haqida so’z ketar ekan, barcha taraflar faol tarzda bir echimga kelmog’i lozim. Mana shunday echim terror va bosqinchilik tarafdorlarining harakatlarini yo’qqa chiqaradi”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.