Shayx Xatib tashabbusi Amerikaning ochiq xoinona tashabbusidir va Suriyani taslim bo’lishdan oldin dushmanlariga topshirish demakdir

373
0

Qonxo’r Bashar Asadni hiqildog’i bo’g’ilayotgan bir vaziyatda hamda uning xo’jayini Amerikaning Asad o’rniga alternativ yaratib, o’ziga ishonchli bir chora topish borasida yo’llari berkilayotgan bir manzarada Suriya milliy koalitsiyasi raisi shayx Ahmad Muoz Xatibning Suriya borasidagi ishi barcha musulmonlar uchun kutilmagan hol bo’ldi. U 30 yanvar kuni o’zining feysbuk saytida bunday deya ifodalagan tashabbusi orqali Amerika bilan Bashar Asad qabul qilgan echimni qabul qildi: «Menga axborot vositalari orqali Suriya rejimi muxolafatni dialogga chaqirayotgani, bosh vazirga loyiha ijrosini yuklagani, ichki ishlar vaziriga muxolafat etakchilarini Suriyaga qaytishga chaqirayotgani xabari etdi». Yana qo’shimcha qildi: «Men Suriya rejimi vakillari bilan Qohira yo Tunis yoki Istanbulda bevosita uchrashishga tayyorligimni bildiraman. Shu shart bilanki, 160 ming suriyalik mahbuslar ozod qilinsin, xorijda turgan suriyaliklar vizalari muddati loaqal ikki yilga uzaytirilsin yoki yangilansin». Shayx Xatib o’zining bu taklifini «zaruriy siyosiy echim qidirish va qon to’kilishini kamaytiruvchi o’tish davri bosqichi yo’lida ishlarni tartibga solish uchun yaxshi niyatda qilingan bir tashabbus», deb izohladi. Keyin u bu so’zlariga Myunxenda 2 fevral kuni Amerika prezidenti o’rinbosari Bayden, Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov va Ibrohimiylar bilan uchrashishni ham qo’shimcha qildi. Keyin Eron tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiy bilan uchrashishini qo’shimcha qilib, undan ayni tashabbusini Asad hukumatiga etkazishni talab qildi, kecha 4 fevralda esa Suriya prezidenti o’rinbosari Foruq Shar’ bilan dialog o’tkazishga tayyorligini bildirdi. Shuni ta’kidlash joizki, uning bu tashabbusi Amerika, Rossiya va Eron tomonidan yuksak olqishlandi va Xatibning bunday «shijoati» to’g’risida turli bayonotlar yangray boshladi…

Shayx Xatib ushbu tashabbusi bilan o’zini Suriya borasida musulmonlarga qarshi tilbiriktirayotgan kimsalar zanjiriga qo’shdi va o’zini o’zi ayblanish tomoniga, boshqa lagerga o’tkazib oldi. Uning bu tashabbusi bilan AQSh elchisi Ford tomonidan uning koalitsiyaga rais etib tayinlanishi ortida yotgan sirli maqsad ham fosh bo’ldi. Chunki uning bu tashabbusidagi barcha manbalar ochiqdan-ochiq Amerikaga borib taqaladi: Rossiya bilan Eronni ishga aralashtirishga rozi bo’lgani ham, Foruq Shar’ bilan dialog o’tkazishga tayyorligini bildirgani ham, Asad rejimi va hokimiyatining tinchgina ketishiga rozi bo’layotgani ham, o’tish davri boshqaruvi qonxo’r Asadning ilmoniy mulozimlari va koalitsiyadagi Ford tanlagan kimsalardan iborat bo’lishiga rozi bo’lgani ham, shayx bo’la turib, fuqarolik davlati loyihasiga rozi bo’lgani ham, hammasi Amerika tashabbusi ekanligi aniqdir. Bu tashabbusning eng yomon jihati, unda echimga nisbatan amerikacha qarashni shayx tomonidan qabul qilingani qayd etilgan. Shuni eslash lozimki, bu erda Asad rejimining Foruq Shar’ borasida o’ynaydigan roli haqida bormoqda. Gap shundaki, o’sha rolga ko’ra Asad uni «xavfsizlik echimiga tayangan holda rejim siyosatiga qarshi chiqdi», degan ayblov bilan bosh vazir lavozimidan ishdan olishi kerak, toki uning basharasi oqlanib, Suriyadagi musulmonlarga maqbul insonga aylansin hamda bunday echim amerikaga o’ng keladigan echim deyilmasin. Demak, aftidan Foruq Shar’ Amerikaning birdan-bir kuzir kartasi va shu boisdan uning nomi tashabbusda bod-bod tilga olinmoqda. Shubhasiz, bu tashabbus Amerikaning omadsiz qolganini, unda alternativlar yo’qligi sababli undan boshqa nomzod topolmay, o’zining mana shu taklifi atrofida hamon gir-gir aylanayotganini, Amerikaning shayx Xatibni koalitsiyaga olib kelishi ortida musulmonlarga o’z dinlari ishini shu shayx bilan niqoblab ko’rsatish va Foruqni uning tilidan ayttirish g’arazi yotganini yana bir bor fosh qilmoqda!

Ey ezgulik Shomidagi sabrli imonli zotlar!

Butun Ummat Islom hokimiyatga sizning ushbu muborak qo’zg’oloningiz orqali keladi, deb ko’z tikib turibdi. Suriyada bo’layotgan voqea-hodisalar imon bilan kufr va haq bilan botil o’rtasidagi kurashdir. Bu esa qamoqdagilarni ozod etish va xorijdagilar vizalarini yangilashdan ko’ra juda-juda muhimdir. Bu Islomni to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish orqali barcha dinlardan g’olib qilish masalasi bo’lib, bunday masala bilan barcha ko’rilgan zararlar ham arzimas bo’lib qoladi. Kimda kim bundan o’zgacha so’z aytadigan bo’lsa, u minbarlarda xutba o’quvchi shaxs bo’lsa ham, u Islomni zarracha gavdalantirolmaydigan kimsa hisoblanadi. Chunki Islom na shaxslarga, na mansablarga rioya qiladi, balki faqat haqqa rioya qiladi… Shunday bo’lgach, Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu kalomini tadabbur qilib ko’rmaymizmi?!:

 

«Ayting – bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo’ygan narsagina etadi, U bizning hojamizdir, bas, mo’minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar! Ayting – siz biz uchun faqat ikki yaxshilik (ya’ni, yo shahid bo’lishimiz yoki g’alaba qilishimiz)dan birini kutyapsiz. Biz esa siz uchun Alloh sizga O’z dargohidan yoki bizning qo’limiz bilan bir azob etkazishini kutmoqdamiz. Bas, siz ham kutavering, biz ham siz bilan birga kutamiz» [Tavba 51-52]

Hizbut Tahrir 24 robiul-avval 1434h

Suriya viloyati 5 fevral 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.