Obama hech kimga indamay Afg’onistonga yo’l oldi

498
0

 Aqsh prezidenti Barak Obama Afg’onistondagi ittifoq kuchlarini ziyorat qilish uchun kutilmagan tashrif bilan Afg’onistonga keldi. Ziyorat haqida avvaldan xech kimga xabar qilinmagan holda, Obama tungi soatlarda Afg’oniston poytaxtida joylashgan Bagram havo bazasiga kelib qo’ngan.

 U erda nutq so’zlagan Obama bu ziyoratdan ko’zlangan maqsad AQSh harbiylarining yil oxirigacha Afg’onistonni tark etish muddati ichida qiladigan ishlari haqida bahs yuritish ekanligini bildirdi.

 AQSh prezidenti Afg’onistondagi yuqori martabali harbiy maslahatchilar bilan uchrashib, AQSh harbiylarini ortga qaytarish ustida maslahatlashish ko’zda tutilgan bir necha soatlik ziyorati chog’ida Afg’on prezidenti Homit karzay bilan uchrashuv rejasi bo’lmaganligi aytilmoqda. Biroq VVS qirg’iz xizmatining xabar qilishicha, Afg’oniston prezidenti Homit karzay Obama bilan ko’rishishdan bosh tortgan. Xabarga ko’ra, AQSh elchiligi Karzayni Obama bilan uchrashish uchun Bagram havo bazasiga chaqirgan, ammo Afg’on liderining administratsiyasi bu da’vatni qabul qilmagan. Ismini oshkor qilmagan AQSh rasmiysining Frans Press axborot agentiligiga aytishicha, Karzayning bu javobi AQSh uchun kutilmagan bir holatdir.

 Shuningdek, Karzay AQSh bilan xavfsizlik haqidagi shartnomani imzolashdan bosh tortib kelyapti. Afg’oniston prezidenti lavozimiga da’vogar nomzodlar esa Qo’shma Shtatlar bilan bunday shartnomani imzolashga tayyorligini bildirgan. Iyun oyida Afg’oniston prezidentligi saylovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tadi.

 AQSh prezidenti Saylovda kim g’olib bo’lishidan qat’i nazar Kobul bilan yaqindan hamkorlik qilish va xavfsizlik haqida ikki tomonlama shartnoma imzolashga umid qilayotganini ta’kidladi. Prezidentligini yakunlayotgan Hamid Karzay bilan imzolanmagan xavfsizlik kelishuvi yangi rahbar tomonidan qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Murosa uchun hamon imkoniyat bor, deydi AQSh rasmiylari. Hujjat imzolangan taqdirda AQSh Afg’oniston tuproqlariga bir necha yuz harbiylarini qoldirishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.