AQSh va NATO kuchlariga og’ir zarba berildi

419
0

Afg’onistonda Tolibonga qarashli kuchlar AQSh va NATO kuchlariga hujum uyushtirishdi. Pokiston hududiga yaqin Nangarhar viloyatining markazi bo’lgan Jalalobod shahridagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujumda AQSh va NATO kuchlariga oid o’nlagan harbiylar halok bo’lgani aytilmoqda.

Hujum asnosida va hujumdan so’ng kelib chiqqan shiddatli to’qnashuvda, 166 harbiy avtomobil va 226 tank yaroqsiz holga keltirilgan.

Afg’oniston Islom amirligining rasmiy so’zchisi Zabihulloh Mujohid tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, dushanba kuni Nangarhar viloyatining markazi Jalalobod shahrida NATOga oid harbiy bazaga Tolibon kuchlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00da hujum uyushtirgan. Kech soat 01:00gacha davom etgan va og’ir qurollar bilan hamda uchta mujohidning shahidlik amaliyoti orqali uyushtirilgan hujumda AQSh va NATO askarlari katta talofat ko’rgan.

Orada kechgan shiddatli jangda bazada joylashtirilgan 226ta zirhli tank, 36ta konteynerli yuk tashuvchi avtomobil, 21ta neft tankeri va 112ta pretsipli yuk tashuvchi avtomobillar yondirib yuborilgan.

Shuningdek, NATO kuchlariga qarshi amalga oshirilgan hujumda 3ta Tolibon askari shahid bo’lganligi bildirildi. Bu hujum 12 may kuni Afonistonda boshlangan “Haybar jangi”, nomi ostida boshlangan bahorgi amaliyotlarning eng vayron qiluvchi va kuchli xujum ekanligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.