Ayirmachilar aeroportni qo’lga olishdi

363
0

aa Ukrainada prezidentlik saylovida ovoz berish davom etayotgan bir paytda rossiyaparast kuchlar Donesk mintaqasida joylashgan aeroportni qo’lga olishdi.

 Ayirmachilar avval aeroportga boradigan yo’lni to’sishgan. Uning ortidan ichkaridagi xavfsizlik kuchlarini qurollarini tashlashga majbur qilishgan.

 O’zlarini “Donesk xalq respublikasi” a’zolari deya e’lon qilgan ayirmachilar “Sergey Prokofev” aeroportida havoga o’t ochganlari bildirildi. Keyingi olingan xabarlarda aeroport oldida janglar ro’y berayotgani va portlash va otishma ovozlari eshitilayotgani aytilmoqda,

 Aeroportning matbuot so’zchisi bergan bayonotda aytilishicha, aeroportda samalyot qatnovlari bekor qilingan.

 “Shu onda ichkarida qurolli shaxslar bor. Bu holatda har qanday uchish xizmatlarini yo’lga qo’yishimiz mumkin emas”, deya bildirdi matbuot so’zchisi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.