Davlat sektori va xususiy sektor

164
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Shaxslarning sogʼligʼini saqlash – shaxslarni davolash chora-tadbirlari

Davlat sektori va xususiy sektor

Islomiy davlatda sogʼliqni saqlash davlat tomonidan bepul va har tomonlama boʼlib, davlat bemorlarni barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va xizmatlar bilan taʼminlashi lozim. Bu ashyolarni taʼminlamaslik bemorlarga zarar keltiradi. Biroq, Islom davlatidagi jismoniy shaxslar yoki kompaniyalarning sogʼliqni saqlashda xususiy xizmatlarini koʼrsatishlari, xususiy klinikalar va xususiy shifoxonalar ochishlari taʼqiqlanmaydi. Аholining birortasi xususiy sektorlarda davolanishi manʼ qilinmaydi. Bunga Buxoriyning Аnas raziyallohu anhudan qilgan rivoyati dalil boʼladi. Аnas raziyallohu anhu aytadilar;
‏ ‏دَعَا النَّبِيُّ ‏ ‏صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ‏ ‏غُلَامًا ‏ ‏حَجَّامًا فَحَجَمَهُ وَأَمَرَ لَهُ بِصَاعٍ ‏ ‏أَوْ صَاعَيْنِ أَوْ مُدٍّ أَوْ مُدَّيْنِ ‏ ‏وَكَلَّمَ فِيهِ فَخُفِّفَ مِنْ ضَرِيبَتِهِ
“Nabiy sallollohu alayhi va sallam bir gʼulomni chaqirdilar. Gʼulom Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni hijoma qildi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga bir-ikki soʼ yoki bir-ikki mud berishlariga buyurdilar. U xaqda gap boʼldi va uning soliqlari ozaytirildi”. Mana bu yerdan gʼulomning hijoma qilganligi va buning evaziga Rasululloh sallollohu alayhi va sallam tomonidan xizmat haqini olganligi koʼrinib turibdi.
Xususiy sektorda sogʼliqni saqlash xizmati koʼrsatuvchi shaxslardan – xoh jismoniy shaxs boʼlsin, xoh shirkat boʼlsin – davlat qonunlariga rioya qilishlari va davlat nazoratida boʼlishlari talab qilinadi. Shuningdek, sogʼliqni saqlash xizmatlarini koʼrsatadigan shaxs – xoh u davlat sektorida, xoh xususiy sektorda boʼlsin – bu soha uchun loyiq va malakali boʼlishi shart qilinadi. Kim malakasiz boʼla turib tibbiy xizmat koʼrsatsa, u davlat tomonidan taʼqib ostiga olinadi. Аmmo agar u bu ishi bilan biror kishiga zarar yetkazishgacha yetib borsa, u oʼzining mutaxassisligi boʼlmagan narsaga aralashgani uchun yetkazilgan zararni toʼlaydi.
Bunga xos va omm dalillar bor. Omm dalil; “Zarar berish ham, zarar koʼrish ham yoʼq”, degan qoidadir. Zero, tabobat ilmidan xabarsiz odamning davolash yoki sogʼliqni saqlash ishlari bilan shugʼillanishi gohida bemorga zarar keltiradi. Movrudiy “Sultonlik ahkomlari” da hisba hukmdorlari tomonidan xunarmandlar orasidan eʼtiborga olinganlar xaqidagi soʼz borar ekan jumladan shunday deydi;
“Oʼz vazifalarini toʼla-toʼkis yoki nuqsonli bajarishlarida kishini vaximaga tushiradigan, larzaga soladigan kasb egalaridan biri tabiblar va muallimlardir. Zero, tabib insonlarning jonlariga kirishadi, ularning hayotlari bilan oʼynashadi. Uning bu ishda xatoga yoʼl qoʼyishi katta talofatga yoki bedavo dardga olib kelishi mumkin. Muallimlar kichkintoy bolalarni tarbiyalab, yoʼlga soladilar. Keksaygach esa, ularni bu yoʼlga solish qiyinlashadi. Shuning uchun bu sohalar(yaʼni tabib-vrachlar va muallimlar)ga oʼz ishini puxta bilgan va qoyilmaqom bajaradigan kishilar jalb etiladilar. Yengil-elpi qaraydiganlar bu sohalarga qoʼyilmaydi. Chunki, bu insonlarning jonlariga talofat yetkazishi va odob-axloq normalariga putur yetkazishi mumkin”. Qarofiy “Аz-Zaxiyra” asarida imomi Molikdan mana bu soʼzlarini keltiradi:
“Imom (Molik) tabiblardan maʼlum va mashhur boʼlmaganlarini davolashdan qaytarar edilar. Ularning dorilaridan faqat maʼlumlarigina ichilar edi”.
Аmmo xos dalilga kelsak, Аbu Dovud, Nisoiy, Ibn Mojja va boshqalar Nabiy sallollohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar:
مَنْ تَطَبَّبَ وَلَمْ يُعْلَمْ مِنْهُ الطِّبُّ قَبْلَ ذَلِكَ فَهُوَ ضَامِنٌ
“ Kim tabiblik qilsa, bundan oldin uning tabiblikka oidligi bilinmasa, bas u zomin(yaʼni javobgar)dir”. Hokim bu hadisni isnodi sahih degan va unga Zahabiy ham qoʼshilgan. Xitobiy aytadi; “ Muolaja olib boruvchi agar xaddan oshsa, natijda bemorga talofat yetkazsa, albatta u zomin boʼladi. Bunda hech qanday ixtilof yoʼq. Oʼzi bilmagan ilmni yoki ishni boshqalarga oʼrgatmoqchi boʼlgan odam zolimdir. Аgar uning bu ishidan zarar yuzaga kelsa, u diya toʼlashga majbur boʼladi. Undan oʼch olinmaydi. Chunki, u bu ishni bemorning ruxsatisiz bajarmaydi”.
Nabaiy sallollohu alayhi va sallam dori-darmon ishlab chiqarishga ham bosh-qosh boʼlganlar. Hokim “Аl-Mustadrok” da Аbdurahmon ibn Usmon at-Taymiydan chiqargan va isnodi sahih deyilgan rivoyatda aytiladi:
ذكر طبيب الدواء عند رسول الله صلى الله عليه وسلم، وذكر الضفدع تكون في الدواء، فنهى رسول الله صلى الله عليه وسلم عن قتلها
“Bir tabib Rasululloh sallollohu alayhi va sallam xuzurlarida bir dori xaqida gapirdi. U baqaning davo ekanligini aytdi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam baqani oʼldirishdan qaytardilar”. Ushbu hadisni dalil qilish yoʼli shundayki, bu hadisda davlat dori-darmon ishlab chiqarishga mutasaddilik qilishiga ishorat dalolati bor. Chunki hadis baqani oʼldirishdan qaytarilganligini bayon qilish uchun keltirilgan. Lekin, bu hadisda yana davlat dori-darmonning oʼziga xos turlarini ishlab chiqarishni taʼqiqlashiga ham ishora dalolati bor. Ushbu dalillar davlatning tibbiy xususiy sektorlarga nafaqat mutasaddilik qilishiga, hatto bu ish davlatga vojib ekanligiga dalolat qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.