Islomdagi kuch-qudratning yetti omili

156
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islomdagi kuch-qudratning yetti omili

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy

Har qanday xalqda kuch-qudrat omillari quyidagi yetti asosda markazlashgan:

Mafkuraviy (mabdaiy) qudrat;

Demografik qudrat;

Geosiyosiy qudrat:

Harbiy qudrat;

Iqtisodiy qudrat;

Tabiiy resurs quvvati;

Siyosiy qudrat.

1)   Mafkuraviy (mabdaiy) qudrat:

Har qanday xalq ega bo‘lgan mafkuraviy qudrat uning barcha moddiy qudratlarining asosi hisoblanadi. Har bir moddiy qudrat mafkuraviy qudratga muhtoj bo‘lib, usiz boshqa barcha kuch-qudratlar qulashi yoki boshqa mafkuraviy qudrat bilan hazoriy to‘qnashuvga kirishgan paytda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Misol uchun, Chingizxon davridagi mo‘g‘ullarning ulkan moddiy va harbiy qudratiga dunyodagi birorta qudrat teng kela olmagan. Chingizxonning harbiy qudrati paydo bo‘lishining birinchi o‘n yilidayoq o‘z saltanatini Yer kurrasining yigirma foizdan ko‘proq qismiga o‘rnatgan. Biroq, u chorak asrdan kamroq vaqt ichida tezda qulab tushdi, ya’ni mo‘g‘ul davlati asoschisining avlodidan keyingi avlodda vayron bo‘ldi va shunday qudratli mo‘g‘ul davlati Islom mafkurasining qudrati oldida dosh bera olmadi… Vaholanki, u paytda Islom mafkurasining moddiy qudrati mag‘lubiyatga uchragan va Islom davlati mo‘g‘ul bosqinchiligi oldida yo‘q bo‘lib ketishga yaqin qolgan edi. Lekin butun mo‘g‘ullarning Islomni qabul qilishlariga, keyinchalik Rossiya va Hindistonda bir qancha islomiy davlatlarni barpo etishlariga va bu davlatlar asrlab davom etishiga sababchi bo‘lgan Islom mafkurasining qudrati saqlanib qoldi.

Mo‘g‘ullar qudratining bunday tez vaqt ichida yemirilishiga sabab ularning davlati asoslangan mafkuraning zaifligidir. Ikki mafkura o‘rtasida hazoriy to‘qnashuv yuz bergach, mo‘g‘ullarning yirik moddiy qudrati Islom mafkurasi oldida hech qanday qurol ishlatmasdan osongina mag‘lub bo‘ldi.

Zero, Islom davlati zaiflashib, so‘ngra qulaganiga hamda boshqa xalqlar Islom Ummatiga itdek tashlanishiga qaramay, bir ming to‘rt yuz yildan ziyod vaqt davomida Ummatni saqlab kelayotgan qudrat Islom mafkurasining qudratidir.

Islom qudratining siri uning aqidasining Inson fitratiga mos kelib, qalbini xotirjamlikka to‘ldirishi hamda aqlga asoslanib, uni qanoatlantirishidadir.

Islom mafkurasining qudrati aqidani, qonunchilikni, Islom da’vatini olamga olib chiqishni va Alloh yo‘lidagi jihodni o‘z ichiga oladi. Aynan mana shular bir-birini to‘ldirib, kuch-qudratni tashkil qiladi va Islomni yillar davomida boshqa mafkuralarga qarshi kurashib, ularni mag‘lub qiladigan dinga aylantirdi. Zero, Islomning qarshisida insoniy mabda va nazariyalar bardosh bera olmadi. Xalifalik qulatilganidan keyingi o‘n yilliklarda Islom mafkurasi musulmon yurtlarda G‘arb rivojlantirgan va muntazam fikriy hujumlar bilan qo‘llab-quvvatlagan oqimlar bilan to‘qnash keldi. Bu oqimlar hatto o‘zining davlatidan ajratib yuborilgan Islom mafkurasining dinamik qudrati oldida ham osonlikcha quladi. Aytingchi, o‘tgan asrda Islomga qarshi kurashgan millatchi, baaschi va sotsialist oqimlar qayda qoldi? Albatta havoga uchib, yo‘q bo‘lib ketdi, Islom esa saqlanib qoldi.

O‘tgan asrda amerikalik mufakkir Jozef Nay mafkuraviy qudratni yumshoq (ma’naviy) qudrat, deb atagan. Ya’ni qattiq qudrat hisoblangan harbiy moddiy qudratga muqobil bo‘lgan yumshoq qudrat. Amerika demokratiya va inson huquqlari g‘oyalarini ilgari surib, ularni xalqlarga qattiq qudratdan ko‘ra kuchliroq ta’sir qiladigan yumshoq qudrat, deya da’vo qildi. Biroq, bir necha yillardan keyin ular da’vo qilgan yumshoq qudratning hazoriy mazmundan xoli ekanligi isbotlandi. Ular o‘z g‘oyalarini keng yoyish uchun katta mablag‘ sarflashayotgan bo‘lishiga qaramay, Islomning yumshoq qudrati ular da’vo qilgan qudratdan ko‘ra kuchliroq ta’sirga ega. Zero, Islomning yumshoq qudrati o‘zining qo‘llab-quvvatlovchi davlati yo‘q bo‘lsa ham ularning hovlisigacha osongina kirib bordi.

2)   Demografik qudrat:

Demografik qudrat aholi qudratidir. U aholi sonini, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini, shuningdek, qobiliyat va imkoniyatlarning chiroyli suratda boshqarilishini o‘z ichiga oladi. Chunki aql, qobiliyat va boylikni taqsimlashdagi adolatni o‘z ichiga olgan demografik qudrat xalqlarning eng muhim resurslaridan biridir.

G‘arb esa, Maltusning geometrik progressiya nazariyasini qabul qildi. Maltus ayni nazariyasida aholi ko‘payishini tabiiy resurslarga mutanosib ravishda belgilash lozimligini ta’kidladi. Buning oqibatida ayni nazariyaga amal qilgan bir qancha davlatlarda aholi soni keskin kamayib ketdi… Bu nazariya Yevropa va Yaponiyada aholining qarishi hodisasi yuz berishiga sabab bo‘ldi.

Islom esa ko‘payishga rag‘batlantiradi. Ayni shu narsa musulmonlar sonining ko‘payishiga, jamiyatlarining samarali va faol yoshlardan tashkil topgan jamiyatga aylanishiga olib keldi. Hozir bu jamiyatlarda yetishmayotgan narsa xolis yetakchilikka ega g‘amxo‘r davlat, xolos.

3)   Geosiyosiy qudrat:

Geosiyosiy qudrat, bu – geografiya va geografik joylashuvning siyosatchilarga ta’sir qilishidir. Bepoyon kengliklar, turli releflar, dengizlar, daryolar, suv va quruqlik yo‘llari ham geosiyosiy qudrat sirasiga kiradi. Mamlakat hududi va hayotiy-muhim maydoni qanchalik katta bo‘lsa, uning geosiyosiy qudrati ham shunchalik qudratli bo‘ladi.

Mana, «Bir kamar va bir yo‘l» loyihasi ustida AQSH-Xitoy o‘rtasida qizg‘in kurash ketayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Xitoy o‘z tovarlarini dunyoning turli mintaqalaridagi mamlakatlarga hech qanday muammosiz yetkazib berish uchun Osiyo va Yevropadagi portlar va avtomagistrallar tarmog‘ini yaratishga harakat qilayotgan bo‘lsa, bu yoqda Amerika ayni loyihaga to‘sqinlik qilyapti, hukmdorlarni ag‘darish va ichki urush keltirib chiqarish orqali uni to‘xtatib qo‘yishga urinyapti… Pokiston, Myanma, Tayland va boshqa yerlarda qilayotgani kabi.

Allohning izni ila, yaqinda barpo bo‘lajak Islom davlati o‘z hukmronligi ostida bo‘lgan va bugun Amerika boshqarayotgan (Indoneziya bilan Malayziya o‘rtasidagi) Malakka bo‘g‘ozi kabi o‘tish yo‘llari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi. Shu orqali Xitoyning sharq va g‘arb o‘rtasidagi dengiz yo‘llarini kesib qo‘yadi.

4)   Harbiy qudrat:

Alloh Subhanahu bizga sanoatlashgan va harbiy qudratni shakllantirishning asosi sifatida jangga hozirlik ko‘rish muhimligini o‘rgatdi. Adiyat surasini o‘qisak, unda jangovar maqsadlar tezlik, hujum vaqti va dushman qal’alariga yorib kirishdan iborat qisqa, ammo balog‘atli so‘zlar bilan ochiq ifodalanganiga, bularning barchasi Allohning yo‘lidagi jihod bilan bo‘lishiga guvoh bo‘lamiz. Zero, Islomni yoyishga va Islom davlati doirasining kengayishiga to‘sqinlik qiladigan moddiy to‘siqlarni parchalashning yagona yo‘li Alloh yo‘lidagi jihoddir.

5)   Iqtisodiy qudrat:

Iqtisodiy qudrat Islom qo‘shinlari ta’minot liniyalarining hamda ular o‘z ichiga olgan turli xil logistik kuchlarning uzluksiz va zaruriy tayanchi hisoblanib, musulmonlarga jihod maydonlarida g‘alaba qozonish imkonini beradi.

6)   Tabiiy resurslar:

Ushbu tabiiy boyliklarga asosiy resurslar, xom ashyo, neft va Alloh Subhanahu inson uchun bo‘ysundirib qo‘ygan boshqa turli minerallar kiradi.

G‘arbning ushbu resurslarni yaxshi idora qila olmaganining asosiy sababi ularni xususiy mulkka va individual imtiyozlarga aylantirganidir. Buning natijasida bir siqim manfaatparastlar bilan ma’lum elita boyib ketadi, qolganlar esa ayni elitaga xizmat qiluvchi mehnatkash va kambag‘allar bo‘lib qolaveradi.

Islomda esa ushbu boyliklar hamma foydalanadigan omma mulki qilib belgilangan. Bu bilan oz sonli boylarning ko‘p sonli insonlar ustidan hukmron bo‘lishiga chek qo‘yilgan.

7)   Siyosiy qudrat:

Siyosiy qudratdan murod davlatdir. Ya’ni siyosiy partiyalarni o‘z ichiga olgan amaldagi siyosiy doira, siyosiy vujud va siyosiy rahbariyatdir. Aynan ushbu qudrat yuqorida aytganimiz barcha kuch-qudratlarni aniq voqelikka aylantiradi. Islomda davlatning qudrati Islom tuzumini tatbiq qilishida hamda odamlar ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarishida ko‘rinadi. Tuzumni chiroyli suratda tatbiq qilish jamiyatga tuzumning adolatini his ettiradi. Bulardan avval bay’at qudrati, ya’ni Ummat va uning faol kuchlarining xalifa saylashdagi ishtiroki turadi. Siyosiy qudratga, shuningdek, Alloh yo‘lidagi jihod orqali da’vatni olamga olib chiqish ham kiradi. Zero, jihod Islom o‘rkachining cho‘qqisidir.

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.