Eron-Saudiya yaqinlashuvi Netanyaxu uchun «STOP» belgisidir

140
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Eron-Saudiya yaqinlashuvi Netanyaxu uchun «STOP» belgisidir

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Axborot agentliklari va gazetalar biri qo‘yib-biri Eron-Saudiya yaqinlashuvi bilan bog‘liq xabarlarni e’lon qilmoqda va aksariyati bundan hayron. Ba’zilari buni hayrat bilan sharhlayotgan bo‘lsa, boshqalari bu yaqinlashuvdan kim foyda ko‘radiyu kim ziyon, degan savol bilan band.

Xo‘sh, bu yaqinlashuvning mohiyati nima, bu boradagi Amerikaning pozitsiyasi qanday? Bu ishga Xitoy qanday aralashdi va qaysi eshikdan kirdi? Eron-Saudiya kelishuvi yahudiy vujudiga, xususan Netanyaxuga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Bu savollarga javob berishga uch jihatdan yondashamiz:

Birinchi jihat: ushbu kelishuvning yahudiy vujudiga ta’sir darajasi va arab davlatlari bilan qizg‘in davom etayotgan ochiqlik va normallashuv mavzusi.

Ikkinchi jihat: Xitoyning bu kelishuvga kirishi va bunga Amerikaning nega ruxsat berganligi.

Uchinchi jihat: Ayni kelishuvlarning kelajagi va Amerika mintaqadagi o‘z siyosatining qo‘llab-quvvatlanishi uchun ulardan qanday foydalanishi.

Birinchi jihatdan so‘z yuritadigan bo‘lsak, kuzatuvchiga sir emaski, yahudiy vujudi arab davlatlari bilan yaxshi munosabat boshlashda zamonni ortda qoldiryapti. Amirliklar va Bahrayn kabi ayrim davlatlar bilan allaqachon kelishuvlar imzolab bo‘ldi. Bu yil Saudiya bilan kelishuvga erishishga hozirlanayotgan edi, shaxsan Netanyaxu o‘zining hozirgi hukumati davrida bu narsani qo‘lga kiritishga va shu orqali o‘zining siyosiy raqiblarini ortda qoldirishga intilayotgan edi. Ammo Saudiyaning Eron bilan kelishuvi Netanyaxu hukumati va uning siyosati uchun tarsaki bo‘lib tushdi va uning hukumatini ag‘darishga harakat qilayotgan raqiblari doxil siyosiy muxolafat uchun esa yutuq bo‘ldi. Chunki ayni muvaffaqiyatsizlik javobgarligi Netanyaxuga yuklanyapti, chunki u Eron masalasida tahdid qilish pozitsiyasiga ega hamda amerikalik siyosatchi va vositachilar «Isroil»ga kelganda ular bilan janjallashib-tortishdi va bu ayni muvaffaqiyatsizlikka sabab qilib keltirildi.

Ikkinchi jihatga kelsak, ushbu Eron-Saudiya yaqinlashuvning Xitoy nazorati ostida bo‘lishidan maqsad nima, aslida buning ortida kim turibdi, Amerika o‘zining siyosiy nufuzi ostidagi mintaqalarda Xitoyga bunday katta ishni qilishiga nega ruxsat berdi?! Gap shundaki, Eron o‘z siyosatida Amerikaning doirasidan chiqmaydi. Bu uning ko‘plab pozitsiyalarida va eronlik siyosatchilarning qator bayonotlarida isbotlangan. Jumladan, Eron Amerikaga uning Afg‘oniston va Iroqdagi urushida yordam berdi va qo‘zg‘olonni yo‘q qilish uchun Suriyaga kirdi. Shu nuqtai nazardan aytishimiz mumkinki, Eron-Saudiya yaqinlashuvi Amerikaning istaklari doirasidan tashqarida bo‘lmayapti hamda uning mintaqa siyosatidagi yo‘nalishiga ta’sir qilmayapti. Chunki har ikkala davlat ham – Eron va Saudiya – amerikaparast bo‘lib, o‘zlarining tashqi siyosatlarida uning istaklari, yo‘nalish va ko‘rsatmalari doirasidan chiqishmaydi. Demak, bu yaqinlashuv Amerikaning roziligi va nazorati ostida bo‘lmoqda. Faqat bilvosita bo‘lyapti. Bilvosita bo‘layotgani sababi, Amerika o‘zini Eronga dushman qilib ko‘rsatmoqda. Albatta bu Amerikaning Eron uchun mintaqada o‘zi istagan basharani berish maqsadida qilayotgan yolg‘on va adashtiruvidir. Buning yolg‘onligini Eronning sobiq va hozirgi tutayotgan qator pozitsiyalari isbotlab turibdi. Misol uchun, AQSHning 2003 yil Irog‘ga qilgan urushi ortidan 2005 yil, ya’ni Amerika bosqinchiligi avjiga chiqqan paytda Eron tashqi ishlar vaziri Kamol Xaroziy Bag‘dodga safar qilib, bosh vazir Ja’fariy bilan uchrashdi. Ikki tomon Amerika bosqinchiligiga qarshi kurashayotgan qarshilik harakati amaliyotlarini qoralab, buni «Iroqdagi terrorchilik», deb atashdi! Afg‘onistonda ham shunday bo‘ldi. Eron prezidenti 2010 yil AQSH bosqinchiligi paytida Afg‘onitonga safar qilib, Amerikaning xizmatkori Karzay rejimini qo‘llab-quvvatladi.

Demak, Amerika o‘z xalqi va qaror sohiblari oldida bu kabi kelishuvga bevosita o‘zi homiylik qilolmaydi. Chunki bu Amerikaning yolg‘ondan va adashtirish uchun Eron borasida chizib bergan tasvirga ziddir. Zero, u o‘zining Arab davlatlaridagi, xususan Fors ko‘rfazidagi siyosiy maqsadlariga erishish uchun Eronni qora qilib tasvirlagan. Shuning uchun Amerika bu kelishuvni bilvosita qilmoqda. Biroq, nima uchun o‘zining nufuzi ostidagi muhim mintaqada aynan Xitoyga bunday nozik masalani qo‘yib berayotganiga kelsak, gap shundaki, Amerika Xitoyga nisbatan qo‘rqitish va qiziqtirish siyosatini olib bormoqda. Xitoyga ba’zi ishlarni topshiryapti yoki o‘sha ishlarni amalga oshirishiga qo‘yib beryapti. Masalan, Saudiya bilan iqtisodiy kelishuv tuzishi yoki o‘tgan 2022 yilda ayrim Fors ko‘rfazi davlatlari bilan iqtisodiy kelishuvlarni imzolashi kabi. Zotan, Xitoy bilan shartnoma imzolagan bu davlatlar Saudiya kabi yo Amerikaga bog‘langan yoki Qatar va Amirliklar kabi uning soyaboni ostida harakat qiladigan davlatlardir. Yana bu shartnomalarga Saudiya bilan Xitoy o‘rtasida imzolangan strategik hamkorlik shartnomasini ham misol qilish mumkin. Amerika bu kabi shartnomalardan Xitoyni Rossiya hududida, Ukrainada va boshqa hududlarda qiziqtirish orqali, uni boshqa masalalarda o‘ziga bo‘ysundirib olishda foydalanadi. Shu bilan bir qatorda, Arab davlatlari yashayotgan yomon vaziyat sababli Amerika Xitoy orqali u yerdagi malaylariga iqtisodiy kislorod ham bermoqda. Chunki Amerikaning o‘zi ham iqtisodiy krizislarda yashayotgani sababli malaylarini qo‘llab-quvvatlay olmayapti. Zero, qo‘rqitish, qiziqtirish hamda ba’zi siyosiy, iqtisodiy va harbiy missiyalarda boshqalarga tayanish siyosati Amerikaning yirik davlatlarga nisbatan qo‘llaydigan uslublaridan biridir.

Yuqorida birinchi jihatda aytganimizdek, bu yaqinlashuvning eng muhimi yahudiy vujudi bilan bog‘liq. Ayniqsa, bugungi kunda yangi yahudiy hukumati o‘zining Falastin ichkarisi va tashqarisidagi itoatsiz qilmishlari bilan Amerikani xavotirga solmoqda. Shuning uchun Amerika bu hukumatni yiqitgan ma’qul, degan fikrga kelib qoldi va buni yahudiy siyosiy va harbiy muxolafat partiyalar qo‘li bilan va muxolafatni kuchaytirish orqali amalga oshirmoqchi. Netanyaxu hukumati yahudiylarni muxolafat bilan mashg‘ul bo‘lmasliklari va uni qo‘llab-quvvatlamasliklari uchun bir qator harakatlar qilib, ularning diqqatini o‘ziga moyil qilishga urindi, ammo buning uddasidan chiqolmadi. Uddasidan chiqolmagani uchun Eronga tahdid qilish va qo‘rqitish hamda Amerika va Yevropaning o‘ziga bo‘lgan siyosatidan norozilik izhor qilish yo‘liga o‘tdi. Amerika Netanyaxuning bunday inqirozdan Eronga zarba berish orqali chiqishga astoydil harakat qilayotganini ko‘rdi va shuning uchun ham Eron-Saudiya kelishuvlari bo‘lishiga ko‘k chiroq yoqib berdi. Chunki shunday qilsa, Netanyaxu hukumatining inqirozdan chiqishiga to‘siq qo‘yiladi hamda agar Amerikaning istak va siyosatlariga qarshi harakat qilaveradigan bo‘lsa, o‘zining yiqilishini o‘zi tezlatgan bo‘ladi.

Biz yoritmoqchi bo‘lgan so‘nggi narsa – ayni kelishuvlarning kelajagidir. Eron-Saudiya yaqinlashuvi Fors ko‘rfazi davlatlarini ham shunday yo‘ldan yurishga undaydi. Zotan, ulardan ayrimlari bu yaqinlashuvni olqishlashdi ham. Bunday vaziyat esa, Netanyaxuning itoatsiz hukumati ishlarini yanada qiyinlashtirmoqda, bir vaqtning o‘zida, kelajakda har qanday yangi hukumatning Amerika bilan yaxshi hamkorlik qiladigan va Eron bilan yaxshi munosabatda bo‘ladigan hamda Arab davlatlari harbiy kuchlari yadrosini yaratishga yordam beradigan hukumatga aylanishiga yo‘l ochmoqda. Ma’lumki, Amerika o‘z hukmronligini yanada kuchaytirish va uning hukmronligiga bo‘lgan har qanday tahdidni oldini olish maqsadida Arab davlatlari harbiy kuchlari yadrosini yaratishni rejalashtirmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu yahudiy vujudi davlatlar o‘lchovida hech qanday qadr-qimmatga ega emas va birovning yordamisiz bir o‘zi tinch-barqaror yashay olmaydi. Mabodo yirik davlatlar siyosatlariga osiylik qilmoqchi bo‘lsa, halokatli muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Musulmon yurtlaridagi mavjud rejimlarga kelsak, ular kofir davlatlar qo‘lidagi qo‘g‘irchoqlardir. Kofir davlatlar ularni istaganlaricha o‘ynatyapti va bu qo‘g‘irchoqlar hech bir ishda ularga osiylik qilishmaydi. Bu esa Islom Ummatiga mana shunday ruvaybizalar sababli juda katta musibatda yashayotganini eslatmoqda.

Alloh Taolodan tezroq musulmonlar yelkasidan bunday hukmdorlarni ko‘tarishini va Islom Ummatiga o‘zining kuch-qudrat, ulug‘ligini qayta olib beradigan rabboniy bir hukmdor ikrom etishini so‘raymiz, Allohumma omin.

Roya gazetasining 2023 yil 22 mart chorshanba kungi 435-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.