Sudanning 2023 yil uchun budjeti – yanada ko‘proq tang-baxtsizlik va javobgarlikdan voz kechishdir

190
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudanning 2023 yil uchun budjeti – yanada ko‘proq tang-baxtsizlik va javobgarlikdan voz kechishdir

Ustoz Abdulloh Abdurahmon Tandiliy

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati

Sudan Tribyun veb-saytining xabar berishicha, 2023 yil 30 dekabr juma kuni Sudan moliya vazirligi 2023 yil uchun budjet loyihasining Vazirlar kengashiga topshirilganini e’lon qildi. Sudan axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Kengashning ixtisoslashgan qo‘mitalari va sektorlari ushbu budjetni muhokama qilishlari, so‘ng ochiqlanmagan jadvallar bo‘yicha ularni tasdiqlashga hozirlik ko‘rish uchun o‘z fikrlarini bildirishlari kutilmoqda. Moliya vazirligi mutasaddilari o‘tgan yilning 20 yanvarida tasdiqlangan 2022 yil budjetining inflyatsiya sur’atini pasaytirish, xalq turmushini yaxshilash va milliy valyuta kursining xorijiy valyutalar qiymatiga nisbatan barqarorligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidlashgan edi. To‘g‘ri, soliq siyosati valyuta kursini barqarorlashtirishga hamda so‘nggi yillarda birinchi marta inflyatsiyani 100 foizdan pastlatishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, buning muqobili o‘laroq, bugungi kunda turmush tarzi va hayotning qattiq inqirozidan shikoyat qiluvchilar juda ko‘payib ketdi, aholining aksar qismi inqirozdan azob chekmoqda. Mutaxassislar inflyatsiya sur’atining pasayishini retsessiya-turg‘unlik holati bilan izohladilar hamda bu holatning bozorlarga zarba berishi va mahalliy valyutaning xarid qiymatini pasayishiga olib kelishidan ogohlantirdilar…

2022 yil 10 dekabrda Sudan Tribyun moliya vazirligidan iqtibosan xabar qilishicha, Sudan rejimi 2023 yilga mo‘ljallangan budjetda soliqlar, davlat bojlari, oltin va neft tushumlarida o‘z aksini topgan daromadlarga tayanishga qaror qilgan. Xalqaro hamjamiyat esa, Xartumni qo‘llab-quvvatlashini faqat insonparvarlik yordamlariga chekladi va bundan ilgari 2021 yil oktabrdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng milliardlab dollarlik yordam va kreditlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Shu bilan birga, Sudanning qariyb 50 milliard dollar qarzidan kechish jarayoni ham to‘xtatilgan. Moliya vazirligi maslahatchisi Abdulloh Ibrohim matbuot bayonotida – kelasi yil uchun mo‘ljallangan budjetni qabul qilish ichki daromadlar bo‘yicha amalga oshishini, buning uchun soliqlar, bojxona, ma’muriy yig‘imlar hamda oltin va neft daromadlaridan mablag‘larni ko‘chirish zarurligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, moliya vaziri davlat muassasalari xodimlarining ish haqini ko‘rib chiqish uchun komissiya tuzib, ularni davlat budjetini sarflashda yangi tushuncha qabul qilish va soliq himoyasini kengaytirishga chaqirgan. O‘tgan yilning 11 sentyabridan beri yirik shaharlar bozorlari keng qamrovli yopilishlarga duch kelgan.

Sudan uzoq vaqtdan beri davom etayotgan iqtisodiy krizisda yashamoqda. Ijtimoiy himoya tarmoqlarining zaifligi tufayli krizisning aholiga ta’siri chidab bo‘lmas darajaga yetdi. BMT agentliklari va gumanitar tashkilotlari hisobotlariga ko‘ra, yurtda 14 milliondan ziyod inson qattiq ochlikdan aziyat chekmoqda.

Avvalroq moliya vaziri Jibril Ibrohim 2023 yil uchun mo‘ljallangan budjet ichki resurslarga tayangan holda tasdiqlanganini aytgan, biroq xalqaro qo‘llab-quvvatlovning to‘xtatilishi manzarasida iqtisodiy shart-sharoitlar jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan edi. O‘shanda u pul massasini qattiq nazorat qilish oqibatida deflyatsiya (Pulning xarid qobiliyatini oshirish maqsadida pul massasidan ortiqcha qismini muomaladan chiqarish) ko‘rsatkichlari va valyuta tebranishlari bo‘lishi mumkinligini, o‘z navbatida, bu ish o‘rinlarining yo‘qolishiga hamda zavod-fabrika va kompaniyalarning yopilishiga olib kelishini, bu esa iqtisodiy muammolarning chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Bu xabarlardan dahshatli halokatning hamda odamlarni kutayotgan baxtsizlikning ko‘lami sezilib turibdi. Musulmonlar ishi inson o‘ylab topgan qonunlar va Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalari bilan boshqarilayotgan hamda bu fond buyruqlari qaysi yurtda tatbiq qilinsa, u yerga badbaxtlik va halokatdan boshqa narsa keltirmayotgan ekan, buning hech bir ajablanarli joyi yo‘q.

Moliya vazirligi inqilobdan so‘ng xalqaro yordamlar olmayotgani bilan maqtanyapti. Holbuki, aslida bu yordamlar Ummatga biror naf keltirganmi, axir, ular sudxo‘rlikka asoslangan bo‘lib, ishlarimizga aralashuv-ku, ularni mustamlakachi kofir yurtlarimizga to‘la hukmron bo‘lish niyatida bermoqda-ku?! Davlat Xalqaro Valyuta Fondi va xalqaro hamjamiyat talablarini bajarmoqda, hatto boshqa davlatlar o‘z hokimiyatlarining yemirishi mumkinligidan qo‘rqib tatbiq qilmayotgan eng jirkanch siyosatlarni Sudan davlati tatbiq qilyapti.

Darhaqiqat, xorijiy ko‘rsatmalar ochiq-ravshan bo‘lib, ushbular talab qilingan: Narx-navoni erkinlashtirish, asosiy tovar va xizmat ko‘rsatishlardan davlat subsidiyasi-qo‘llovini olib tashlash, hukumat xarajatlarini – ta’lim va sog‘liqni saqlashga qiladigan xarajatlari kabilarni – kamaytirish, milliy valyuta narxini pastlatish, hatto o‘ynatish, soliqlarni oshirish va ish haqlarini oshirmaslik kabi. Darvoqe, moliya vazirligi o‘tgan 2022 yilda tibbiyotni qisman qo‘llab-quvvatlashni ham bekor qilgan.

Sudanda budjet qabul qilinishi uchun moliya vazirligi uni vazirlar kengashiga taqdim etadi, vazirlar kengashi uni tasdiqlab, so‘ng yakuniy tasdiqlov uchun suveren kengashga taqdim etadi. Bu kapitalistik demokratik tuzumdagi budjetni ma’qullash holatiga juda o‘xshaydi. Zero, kapitalizmda budjet dinni davlatdan, so‘ng hayotdan va jamiyatdan ajratuvchi g‘ayriilohiy qonunga asosan qabul qilinadi. Biroq, biz musulmonlarmiz, hayotda yolg‘iz Islom bilan yashamog‘imiz lozim. Pul-mol, bu shar’iy ahkomlardan bo‘lib, uni o‘ynatish ham, muomalada kufr qonunlari asosida qo‘llash ham aslo joiz emas. Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«لَا تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ: عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلَاهُ، وَعَنْ عِلْمِهِ فِيمَا عَمِلَ بِهِ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَ أَنْفَقَهُ»

«Qiyomat kuni bandaning oyoqlari to‘rt narsa haqida so‘ralmaguncha (so‘roq joyidan) jilmaydi: Umrini nimaga sarflab-o‘tkazgani haqida, tani-sihatini nimaga qaritgani haqida, ilmiga amal qilgan-qilmagani haqida hamda molini qayerdan topgan va qayerlarga sarflagani haqida».

Pulning kirimlari va chiqimlari shar’iy ahkomlardan bo‘lib, boshqa shar’iy ahkomlar kabi, bu haqda Alloh Subhanahu bizdan albatta so‘raydi.

Moliya vaziri moliyaviy moddalar va boblar masalasi sir tutilayotgan bir manzarada, budjetning 5 trillion Sudan junayhi, deya baholanganini, kamomad esa budjet miqdorining 15 foizini tashkil etganini ochiqladi.

Moliya vaziri aytgan bu 5 trillion shuni anglatadiki, demak, undirilishi kerak bo‘lgan mablag‘ 8 milliard 600 million dollar, kamomad esa 1 milliard 300 million dollar atrofida ekan. Bu esa, davlatning bank tizimidan 750 milliard junayh qarz olishidan ogohlantirmoqda. Bu ko‘pincha pul chop etish orqali to‘lanadi. Tabiiyki, bu inflyatsiyaga hamda valyutaning xarid qobiliyati yo‘qolishiga olib keladi.

Markaziy bank o‘zining 2023 yilga mo‘ljallangan moliyaviy siyosatini e’lon qildi, unda yil oxirigacha narxlarning umumiy darajasi bilan inflyatsiya darajasini 25 foizga tushirish aytilgan. Bunda 2023 yil oxiriga kelib pul bazasini 27 foizga, pul massasini 28 foizga oshirish maqsad qilingan.

Ushbu budjet tasdiqlanishidan oldin, shar’an harom bo‘lgan yig‘imlarni oshirish boshlandi: Ba’zi soliqlar 1000 %gacha, ba’zilari 100 %gacha ko‘tarildi.

Davlat doiralari to‘lovlari, soliqlar va tranzit to‘lovlari 100 %dan ortiq oshdi, o‘quv to‘lovlari joriy yil boshiga qadar bir necha barobarga ko‘tarildi.

Bu, shubhasiz, Islom ogoh etgan aql bovar qilmas qimmatchilikka olib keladi hamda retsessiyaga sabab bo‘luvchi turg‘unlikka va umumiy ishlab chiqarishning yetishmasligiga, hatto ayrim tarmoqlarda iqtisodiy faoliyatning to‘xtab qolishiga, o‘z navbatida, ishsizlik darajasi oshib, ish o‘rinlari ozayishiga olib keladi. Moliya vazirining o‘zi moliya vaziri tilidan bularning kutilayotganini aytib turibdi! Bas, bu qanday ochiqdan-ochiq gunohki, odamlarning ahvoliga ichlari achishmay, Allohning azobidan qo‘rqmay, tanalaridan bitta tuk ham qimirlamay bu gunohga qo‘l urishsa?!

Bunday budjet va bunday siyosatlar haromdir. Chunki bu bilan narxlar qimmatlab, ishlab chiqarish to‘xtayapti va odamlar qashshoqlashyapti. Vaholanki, buning o‘rniga farovonlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va kambag‘allarni boyitish kerak edi.

Bu, soliqlar va harom to‘lovlar solishga, sudxo‘rlik qilishga va hech mas’uliyatsiz ravishda pul bosib chiqarish bilan uning xarid quvvatini vayron etishga asoslangan siyosatdir. Buning o‘rniga, omma mulklari va davlat mulklari kabi doimiy resurslarga asoslanish kerak edi. Masalan xiroj, o‘lja, tugamas minerallar va boshqalar kabi.

Mudom kapitalistik ilmoniy tuzum yurtimizdan ildizi bilan qo‘porib tashlanmas ekan, hech qachon farovon hayot bo‘lmaydi. Fuqarolik boshqaruvi ham, harbiy boshqaruv ham Islom bilan hukm yuritmaydi, chunki ikkalasi ham kofir ilmoniy boshqaruv jinsidandir.

Ammo Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumi esa, Ummatga Islom ahkomlarini va Islomdagi iqtisod nizomini tatbiq etish bilan g‘amxo‘rlik qiladi. Chunki Islom bizning oramizda och yoki muhtojning bo‘lishini harom qilgan.

Oxirida shuni aytamizki, 8.6 milliard dollarda baholangan ushbu budjetning arzimasligi-ozligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Chunki biz uning boblarida ikkita yirik nomutanosiblikni ko‘ryapmiz: Birinchidan, kirimlar bandida asosan harom qilingan yig‘imlar hukmron bo‘lsa, ikkinchidan, xarajatlar xalqni g‘amxo‘rlik bilan boshqarishga yetmaydi. Hatto budjetni o‘n barobarga ko‘paytirilgan taqdirda ham bu normal hayot uchun yetmaydi va bizning yashash tarzimizga, shar’iy ahkomlarga muvofiq hayot tariqatimizga to‘g‘ri kelmaydi… Gap shundaki, yo‘llar, kanallar, tezyurar poyezdlar, avionavigatsiya tarmoqlari, bepul kasalxonalar qurish, talabalarga bepul oziq-ovqat yaratish, kambag‘allarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar qilish, bularga sarflanadigan mablag‘ mazkur zaif va adolatsiz budjetdan o‘nlab barobar oshib ketadi. Budjetni Sayks-Pikoning majburiy qog‘oz pul valyutasiga asoslash, bu narx-navoni shaytonning qo‘liga topshirish, demakdir. Chunki u istaganicha osmonga olib chiqaveradi. Biroq, Islom valyutani oltin va kumushga asoslab, ushbu ikki ma’dan bilan qoplanmagan oddiy qog‘oz pul bosib chiqarishga ehtiyoj qoldirmadi. Zero, bunday bosib chiqarishni 1971 yil 15 avgustda dollarni oltin muqobiliga aylantirish va oltin bilan muomala qilishni bekor qilgan mustamlakachi xalqaro hamjamiyatgina amalga oshiradi.

Shubhasiz, umid qilinayotgan farovon hayot faqat va faqat – Allohning izni ila yaqinlashib kelayotgan – Xalifalik davlati soyasida bo‘ladi. Shuning uchun barcha musulmonlar ushbu davlatni barpo etishga harakat qilmoqlari kerak. Alloh Taolodan bizni Xalifalik askarlaridan qilishini, bizning qo‘llarimiz bilan nusratni ro‘yobga chiqarishini so‘rab qolamiz. Alloh yordam so‘ralguvchi zot.

Roya gazetasining 2023 yil 1 fevral chorshanba kungi 428-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.