بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yahudiy vujudi muborak zamindan qoʼporib tashlanmas ekan, uning jinoyati va yovuzliklari aslo toʼxtamaydi
Bosqinchi kuchlar juma kuni Janin shahrida 3 nafar yigitni otib oʼldirishdi, 10 kishini yaralashdi. Mahalliy manbalarga koʼra, bosqinchi yahudiy vujudining maxsus kuchlari Janin shahrining sharqidagi mahallaga kirib kelib, uch nafar yigit ketayotgan mashinaga qarata yaqin masofadan turib oʼq uzilgan… oqibatda yigitlarning uchalasi ham oʼsha zahoti shahid boʼlgan.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi shanba kuni oʼz saytida bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Yahudiy vujudi muborak zaminni bosib olgan kundan buyon oʼz jinoyatlarini toʼxtatmay davom ettirmoqda. U jinoyatkorlikda tobora avj olib – xuddi kecha ertalab Janinda sodir etgani kabi – begunoh insonlar qonini toʼkmoqda. Аholi punktlarini qurish va uy-joylarni buzish surʼati ortmoqda, Аqsoga bostirib kirish kuchaymoqda. Аqso masjidi vaqt asosida boʼlib olinganidan keyin, uni makon asosida boʼlib olish harakatlari kundan kunga shiddatli tus olmoqda… Bularning barchasi ushbu jinoyatkor vujud Fors koʼrfazi davlatlari bilan ittifoqchilik qilish bilan mast boʼlayotgan, ularning yerlarida oʼzining raketa platformalarini joylashtirib, buni «Eron xavfi»ga qarshi turish bilan izohlayotgan, Turkiya rejimi bu vujudni himoya qilish va xavfsizligini taʼminlashda bedorlik bilan fidoiylik koʼrsatayotgan bir paytda sodir boʼlmoqda. Falastin maʼmuriyatining bosqinchi yahudiylar bilan xavfsizlik kelishuvini tuzib, ochiqdan-ochiq ularning xavfsizligini himoya qiluvchi qurolga aylangani ham hech kimga sir emas».
Matbuot bayonoti soʼnggida bunday deyildi:
«Bosqinchi vujudning jinoyati real-haqiqiy javobga duch kelmaguncha aslo toʼxtamaydi. Bu bosqinchi vujudni ildizi bilan qoʼporib tashlashdan boshqasi uning jinoyatlariga real-haqiqiy javob boʼlmaydi. Zero, u misoli Iblis daraxti boʼlib, shohlari sogʼlom ravishda oʼsib chiqishi, tomirlari ushbu muborak tuproq ostida qolishi aslo joiz emas. Uning qoʼporib tashlanishi ham anavi rejimlar qoʼli bilan amalga oshmaydi. Chunki ular kechayu kunduz uni himoya qilib, oʼz taqdirlarini uning taqdiri bilan bogʼlab olishgan. Shuning uchun Ummat bu rejimlarni agʼdarish va xarobalari uzra Xalifalikni barpo etish sari zudlik bilan harakatga kelmogʼi darkor. Zero, Xalifalik armiyalarni safarbar qilib, musulmonlar qoni uchun intiqom oladi, Isro maskanini tozalab, Ummatni oʼz azizlik-qudratiga qaytaradi hamda chor atrofi xavfsiz, qoni-joni himoyalangan va butun insoniyatga yetakchi Ummatga aylantiradi».
Roya gazetasining 2022 yil 22 iyun chorshanba kungi 396-sonidan