Misr ahli Koronavirus davrida kapitalizm bilan Islom o‘rtasida

419
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr ahli Koronavirus davrida

Kapitalizm bilan Islom o‘rtasida

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati

matbuot bo‘limi a’zosi

Shu kunlarda koronavirus pandemiyasi hujum qilar ekan, kapitalizm tuzumining vahshiyligi va utilitarizmga¹ asoslangani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu hol kapitalizmdan ko‘p zarar ko‘rgan yurtlarimizdagina emas, balki shu tuzumning uyasi G‘arbda ham ko‘rinmoqda. Bunga misollar ko‘p, masalan, Amerika Germaniya politsiyasiga ketayotgan tibbiy niqoblardan iborat yukni o‘g‘irlab oldi. Bundan tashqari, jahon bozoridagi virusdan saqlovchi ashyolarni kimoshdi savdosi orqali sotib olib, boshqa davlatlarning sotib olishidan mahrum qildi (Sado balad). Chexiya Italiyaga ketayotgan tibbiy niqoblarni egallab oldi. Germaniya Avstriyaga ketayotgan tibbiy niqoblardan iborat yukni egallab oldi. (Yes-Irak). Shunday qilib, «niqoblar uchun kurash», deyilayotgan narsada G‘arbning bir davlatdan boshqa davlatga ketayotgan tibbiy mollarga qaroqchilik qilishi kapitalizmning utilitarizmga asoslanganligini yana bir bor namoyon etdi.

Bizning yurtlarga kelsak, balo hammasidan katta. Modomiki, butun bir G‘arb yurtlarimiz boyliklarini shuncha talaganiga qaramay, o‘z xalqlarini parvarishlashdan ojiz qolib, virusdan saqlanishda ularga zarur bo‘lgan mollarni o‘g‘irlashga majbur bo‘layotgan ekan, yurtlarimiz ahvoli nima bo‘lishi mumkin, tasavvur qilavering. Axir, yurtlarimiz bunday krizis va epidemiyalarga qarshi kurasha olish uchun na g‘amxo‘r boshqaruv bo‘lsin, na tizim. U erlardagi rejimlar o‘z xalqlarini aslo o‘ylashmaydi va ulardan qo‘rqishmaydi ham. Balki, ularning qo‘zg‘alishidan qo‘rqishadi, xolos! Zero, xavfsizlik tizimi changalidan va o‘ldirish uchun ularga qarata otilgan o‘qlardan qo‘rqayotgan xalqlar endi qolgan hayotini saqlab qolish uchun qo‘zg‘alishdan boshqa chora topolmayaptilar.

Misr ham xalq qurbon bo‘ladigan, ham tibbiy ashyolar isrof bo‘ladigan «kollektiv immunitet» siyosatini qo‘llamoqda. Bunday ahvolda yurt ahli bir tomondan virus balosi, ikkinchi tomondan rejim zulmi ostida qolmoqda. Haligacha ofat qurbonlari sonini ko‘rsatmayotgan bu davlat, odamlarga haqiqatni etkazishga uringan har bir kishini qamoqqa olyapti va unga vahima va fitna tarqatish ayblovini qo‘yyapti. Aynan shu Misr davlati masjidlarni yopib, odamlarni jum’a namozidan to‘sdi, ammo odamlarni oila boqish uchun ommaviy transport vositalarida tirband bo‘lib yurishga majbur qilyapti, chunki ularni oziq-ovqat bilan ta’minlamadi, ta’minlamaydi ham. Keyinroq esa, «Al-Jazira» tarqatgan xabarga ko‘ra, karantinga olingan odamlarni davlat mehmonxonalariga joylab, karantin davomida mehmonxonada turishgani uchun hamda ko‘rsatilgan tibbiy tekshiruv va davolash uchun ularni haq to‘lashga majbur qildi! «Al-Jazira»ga misrlik jurnalist Mujdiy Shandiyning aytishicha, mehmonxonaga ijara haqqi 50 dollar bo‘lgan. Bu odamlarni qattiq g‘azabini qo‘zg‘adi… Nihoyat, rejim ularning karantin  to‘lovlarini «Tahyo Misr» fondi to‘laydigan bo‘lganini aytdi. Go‘yo odamlarga g‘amxo‘rlik qilish davlat va uning byudjetining vazifasi emas, xayriya fondlari vazifasidek. Misr rejimi odati shu… odamlarni qandaydir «Tahyo Misr» fondiga vznos to‘lashga majbur qiladi-da, bir vaqtning o‘zida, davlat byudjetini kreditlar olish va ularning protsentlarini to‘lash bilan band qiladi. Davlat o‘zining boylik va resurslarini esa, istaganlaricha talon-toroj etishlari uchun G‘arb va uning kapitalist kompaniyalari qo‘liga berib qo‘yadi!

Ey Kinona Misri ahli!

Bu qotil rejim sizni Robia, Nahza, Sayno va boshqa qator qirg‘inlarda shafqat qilmay qatli om qildi va hamon davom etmoqda. Aftidan, koronavirus unga ayni muddao bo‘layotgan ko‘rinadi. Chunki kecha o‘zining muxolif va raqiblarini otib, o‘qi tugagandan so‘ng, endi sizni shu virus bilan qirib yubormoqchiga o‘xshab turibdi. Buni u sizni keragicha tibbiy yordam ko‘rsatmaslik bilan yoki butunlay yordam ko‘rsatmaslik bilan yoxud xarajatlarini to‘lolmaganingiz uchun tibbiy yordamni hammangizga barobar etkazmaslik orqali amalga oshirmoqchi. «Yavmus sobe» gazetasiga ko‘ra, odamlar koronavirusga test topshirishdan o‘zlarini olib qochishyapti, chunki uning narxi 1000 Misr junayhini tashkil qiladi. Keyin bo‘lsa, rejim «odamlar bizning qarorlarga rioya qilishni istashmadi», degan da’vo bilan o‘z omadsizligi javobgarligini osongina sizga yuklayapti! Bir jihatdan bu. Ikkinchi jihatdan, kapitalistik Misr davlati ayni pandemiya xarajatlari va vazifalarini ko‘tara olmayotgan ekan, agar pandemiya shunday davom etaversa, birgina virusning o‘zi davlat tepasidagilar boshiga bitgan balo bo‘lishi hamda xalq qonini so‘ruvchi sarmoya va biznes egalarini taxtdan qulatishi turgan gap.

Ey Kinona zaminidagi xalq, askarlar, etakchilar, elita va nufuzli kishilar doxil aqliraso kishilar!

Shubhasiz, Misr, uning ahli va butun dunyo uchun birdan-bir xaloskor, odamlarni to‘g‘ri boshqaradigan Islom tuzumidir. Bu tuzum boyliklarning kapitalizmdagi kabi o‘g‘irlanishini emas, balki teng taqsimlanishini kafolatlaydi. Shuningdek, davolanish, dori-darmon va tibbiy xizmatlarni sug‘urtasiz va fuqaroliksiz bepul ta’minlaydi, uyda sog‘liqni tiklashga majbur bo‘lganlarni shu vaqt mobaynida etarli xarajatlarini ko‘taradi. Musulmonlarning davlati bo‘lgan zamonlarda Qurtuba shifoxonalari shunday xizmatlar ko‘rsatgan. Zero, shariat – ayniqsa, epidemiya va krizislar paytida – davlatga mana shunday vazifalar topshiradi va xalifa zimmasiga yuklaydi. Zotan, krizis odamlar borasida Allohdan qo‘rqadigan, faoliyatni Allohning rizosiga etishish uchun qiladigan, kattalardan oldin kichiklarga, boylardan oldin kambag‘allarga, kuchlilardan oldin zaiflarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan rahbarga muhtoj. Oilasini tashlab jihodga chiqqanlarga «ularni boqish mening zimmamda», degan Umarni Alloh munosib mukofotlasin. Bu bilan Umar roziyallohu anhu davlatning vazifasi krizisdagina emas, farovonlik vaqtida ham odamlarga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat ekaniga ishora qildilar. U fuqarosini Islom va uning ahkomu shariati bilan boshqarish bilan eng yaxshi rahbar bo‘lgan. Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari mana shunday davlatni barpo qilishga da’vat qilmoqdamiz. Zero, bu davlatda hukmdor bilan fuqaro, boy bilan kambag‘al o‘rtasi ajratilmaydi. Bu davlat barcha insonlar ishlarini boshqarib, ularning dinlari, ranglari, millat va toifalaridan qat’iy nazar, haq-huquqlarini ta’minlaydi. Ushbu davlat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir.

Ey aqliraso insonlar!

Bugungi kunda yurtlarimizdagi rejimlar jiddiy muammoga duch kelishdiki, uni o‘zlarining repressiya mashinalari bilan hal etisholmaydi. Xalos bo‘lish juda-juda yaqin, buning uchun nafaqat Misrni, balki butun Ummatni qo‘zg‘ashga va u bilan birgalikda barcha krizislarga, asosan, koronavirus kirizisiga qarshi kurashishga qodir bo‘lgan Islom mafkurasini qabul qilishingizning o‘zi kifoya. Bu mafkurani sizga taqdim etayotgan va siz bilan birga bo‘lgan Hizb ut-Tahrir uni shunday tatbiq qila oladiki, u bilan odamlar haq-huquqi va odil boshqaruvi ta’minlanadi hamda barchamizga Allohning rizosini kafolatlaydi. Shunday bo‘lgach, Amerika va uning malaylari kechagi kunda 25 yanvar qo‘zg‘olonini jilovlab, o‘g‘irlab olishga va Islom soyasida yashash istagingizni tortib olishga muvaffaq bo‘lgan ekan, bugungi kundagi ayni fursatni g‘animat biling.

Ey Kanona yurti armiyasidagi xolis insonlar!

Dunyodagi barcha kapitalistik rejimlar shuncha ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, bu krizisni hal qilishdan ojiz qolayotgan va ularning ayni ojizliklari oqibatida krizis shu qadar murakkablashib ketgan bir paytda, shuningdek, koronavirus global pandemiyaga aylanib – Genri Kissinjer «koronavirus dunyo tizimini toabad o‘zgartirib yuboradi», deya bashorat qilganidek – er yuzini o‘zgartirib yuborishi muqarrarligidan ogohlantirayotgan bir paytda, biz sizlarga murojaat qilyapmiz. Ey xolis insonlar, bu ulkan bir imkoniyatdir. Zero, o‘nlab asr davomida oyoq-qo‘li kishanlangan Ummat oldida bugun kishanlarni parchalash imkoniyati turibdi. Alloh G‘arbni o‘zi bilan o‘zini ovora qilib qo‘ydi, uning yurtlarimizdagi malaylari ham shunday ahvolda bo‘lishlari mumkin. Bu esa, zimmangizga ulkan vazifa yuklamoqda. Zero, Ummatga nusrat-yordam berish siz harbiylarga bog‘liq ishdir. Bas, sizning yordamingizga mushtoq bo‘lib turgan va qalbingizdagi mavjud ezgulikdan umid qilayotgan ko‘zlarni yordamsiz qoldirmang. Pushaymon foyda bermaydigan kun kelmasidan oldin, Alloh sizda ko‘rishni istayotgan narsani ko‘rsating. Shoyad, Alloh sizning qo‘lingiz bilan nusrat bitib, Misrga hamda Ummat va butun insoniyatga yaxshilikni ato etsa, shoyad sizning qo‘lingiz bilan ularni kapitalizm va uning yirtqichligidan qutqarib, Xalifalikni barpo etishimizga muvaffaq qilsa. Ushbu Xalifalik o‘z ezguligini insondan oldin dov-daraxt va tog‘u toshga yog‘dirib, barchani haq-rost, ishonch bilan boshqaradi. Mana shularning barchasi qiyomat kunida Allohning huzurida sizning amallaringiz tarozisiga qo‘shiladi… Masha Alloh, ushbu davlatni barpo etgan va ansoriylardan bo‘lgan kishilar naqadar baxtlidir. Allohim, ushbu damni bizga yaqin qil va bizni Xalifalikning askarlariga va shohidlariga aylantir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]

¹ Utilitarizm – foydani axloqning asosi va insoniy xatti-harakatlarning mezoni qilib olish bo‘lib, 19-asrda Britaniyada tarqalgan.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.