Eron hukmdorlari yahudiy vujudining javob qaytarishni talab qiladigan xatosi, deganda nimani tushunishadi?!

16
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Eron hukmdorlari yahudiy vujudining javob qaytarishni talab qiladigan xatosi, deganda nimani tushunishadi?!

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi Eron armiyasi quruqlik kuchlari qoʼmondonining «agar bu dushman xato qiladigan boʼlsa, biz Telь-Аviv bilan Hayfani yer bilan yakson qilamiz», degan soʼzlariga izoh sifatida bunday dedi:
«Bu Eron rejimi yahudiylarning muborak zamin bilan Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini bosib olib, u yerni oʼzlarining ibodatxonasiga aylantirishga urinishayotganini xato, deb hisoblamayotgan boʼlsa, u holda, harakatga kelishi uchun yahudiylarning yana qanday xatosini kutyapti ekan?! Ularning musulmonlarni oʼldirish, blok-postlarda muslimalarni otib tashlash, Falastin ahlini qochqinga aylantirib, uy-joylarini buzib, oʼzlarini qamoqqa tashlash, janozalariga hujum qilish kabi qator jinoyatlarni sodir etishlari Eron rejimi nazdida xato hisoblanmasa, u holda, nimasi xato sanaladi?! Eron rejimi yahudiy vujudi tomonidan oʼz ulamolarining oʼldirilishini, yetakchilariga suiqasd qilinishini, obʼektlarini bombardimon qilinishini odatda xato sanamas ekan, u holda, Eron armiyasi harakatga kelishini talab qiluvchi qizil chiziq nimadan iborat?! Bosqinchilarning bu va boshqa jinoyatlari Eron rejimi nazdida xato hisoblanmas ekan, demak, yer bilan yakson etish toʼgʼrisidagi bu bayonotning maʼnosi «xotirjam boʼling va istaganingizni qiling, nima qilsangiz ham biz uni jiddiy harakat qilish kerak boʼlgan xato, deb hisoblamaymiz, biz sizdan bir dona oʼq otishga loyiq birorta ham xatoni koʼrmadik», deganni anglatadi! Chunki Eron rejimi, musulmon yurtlaridagi mavjud boshqa rejimlardan farqsiz, muammoning bir qismidir. Eron rejimi Ummatni parchalashga va yahudiylarni yurtlarimizdagi oʼzining avangard bazasi sifatida mustahkamlashga urinayotgan mustamlakachi Gʼarb qoʼlidagi qoʼgʼirchoqdir. Shuning uchun ushbu muborak zamin masalasi mana shu vujudni ildizi bilan qoʼporish bilangina hal boʼladi, boshqa yoʼl bilan hal boʼlmaydi. Ummatdan mana shu ish talab qilinishi bilan bir qatorda, mustamlakachi Gʼarbning yurtlarimizda qolgan-qutgan rejimlarini va hukmdorlarini supurib tashlash va Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish ham talab qilinadi.
Roya gazetasining 2022 yil 22 iyun chorshanba kungi 396-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.