Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Erdogan-Putin sammiti

534
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Erdogan-Putin sammiti

Savol:

Ma’lumki, 2021 yil 29 sentyabr chorshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida Erdogan va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Erdoganga Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, prezident administratsiyasi aloqalar bo‘limi boshlig‘i Fahrettin Alьtun va prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qildi. Vazirlardan hech biri sammitda qatnashgani yo‘q! «E’tiborni tortadigan jihati shu bo‘ldiki, uch soat davom etgan uchrashuv yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Kremlning bunday tashriflar mobaynida qo‘llab kelgan protokollariga zid ravishda, ikki davlat rahbari ham uchrashuv so‘nggida qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazmadi. Erdogan ham, Putin ham yakuniy bayonot bermadi…». (Sharqul Avsat, 30 sentyabr 2021 yil). Bu erda savol shuki, ushbu uchrashuvning sabab va maqsadlari nimada?

Javob:

Bu savollarga javob berish uchun quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:

1 – Amerikaning hozirgi harakatlaridan u bor kuchini Xitoyga qaratayotgani, o‘zini Xitoy masalasiga bag‘ishlash uchun O‘rta Sharqdan chiqib ketishni rejalashtirayotgani, shuningdek, mintaqadagi malaylariga o‘zi belgilab bergan rollarni bajarish vazifasini yuklayotgani ko‘rinib turibdi. Zero, Tramp ma’muriyati ish boshlagan dastlabki paytlarda, aniqrog‘i, sal avval ishlab chiqilgan bu siyosat Amerika siyosatida bir qancha o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Shuning uchun siyosiy va harbiy kuchini Xitoy atrofida joylashtirgan Amerika o‘ziga tobe’ bo‘lgan Turkiya kabi kattaroq davlatlarni ishga solishga kirishdi. Tramp ma’muriyatining Turkiyaga Suriya, Liviya, O‘rta er dengizining sharqi va boshqa mintaqalarda bergan roli ham ayni shu siyosatning bir qismi hisoblanadi. Turkiyaga berilgan bu yangi rolь bilan Amerika o‘zini Suriya krizisi muzokaralaridan amalda chetda tutib, uni Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarga aylantirib qo‘ydi. Natijada, Turkiya va Rossiya o‘rtasida Ostona va Jeneva muzokaralari bo‘lib o‘tdi, keyin turk armiyasi Suriya shimolida harbiy operatsiyalar o‘tkazdi.

2 – Demokratlarning siyosiy qarashlari tufayli, Bayden davrining boshlanishi bilan Turkiyaning roli bir oz pasaydi. Shuning uchun AQSh prezidenti Bayden bilan Turkiya prezidenti Erdogan o‘rtasidagi birinchi telefon muloqoti 2021 yil 23 aprelda, ya’ni Bayden Vashingtonda prezidentlik lavozimini egallaganidan uch oy o‘tib sodir bo‘ldi. Muloqot davomida ikki davlat rahbarlari 2021 yil 14 iyun kuni Bryusselda NATO sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashishga kelishib oldilar. Shuni ta’kidlash lozimki, telefon muloqotidan bir kun o‘tib, AQSh prezidentining armanlarga qarshi Turkiyada qilingan qirg‘inlarni genotsid deb tan olishi ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishmovchilikning aniq ifodasi bo‘ldi. Zero, Bayden armanlar qirg‘inini genotsid deb tan olish niyati borligini Erdoganga telefon orqali bildirgan edi. Buning ortidan, Turkiya va Erdogan hamma yoqni shovqin-suronga to‘ldirib yubordi. Lekin bularning barchasi ommaviy axborot vositalarining shovqin-suronidan nariga o‘tgani yo‘q. Shundan so‘ng, ikki davlat rahbarlari 2021 yil 14 iyun kuni Bryusselda NATO sammiti doirasida yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazib, Afg‘oniston bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Erdogan bu boradagi o‘z missiyasini yuqori baholadi. «Erdogan Bayden bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilganini bildirib, «Biz tayyormiz. Afg‘onistonda Tolibonni bir chetga surib qo‘yishning imkoni yo‘q. Shu bois, AQSh va boshqa davlatlarning qo‘llab-quvvatloviga erishgudek bo‘lsak, Tolibon bilan muomala qilishimiz mumkin», dedi. (CNN Arabic, 2021 yil 14 iyun). Lekin Suriyadan chiqish masalasi, xususan, Rossiya bilan bu borada olib boriladigan muzokaralarda Turkiyaning o‘ynaydigan roli muhimroqqa o‘xshaydi.

3 – Suriyadan chiqish masalasi hozirda Amerika uchun eng murakkab masala. Chunki bu narsa faqat AQShning o‘zigagina aloqador emas. Zero, u erda Eron, Turkiya, Eron Hizbi va eng muhimi, Rossiya bor. Ma’lumki, Rossiya Suriyaga 2015 yil 29 sentyabrdagi Obama-Putin uchrashuvidan so‘ng, AQShning yashil chiroq yoqib berishi bilan kirgan edi. Bularning barchasi ma’lum chora-tadbirlarni talab qiladi. Chunki Amerika o‘z qo‘shinlarini olib chiqishdan oldin boshqa davlatlarning, xususan Rossiyaning Suriyadan to‘liq chiqib ketishini ta’minlamoqchi bo‘lyapti. Ayni paytda Amerika doimo qo‘llab-quvvatlab turish va Afg‘onistondagi kabi voz kechib yubormaslik borasida kurdlarni xotirjam qilgan. «Suriya demokratik kuchlari bosh qo‘mondoni Mazlum Abdining aytishicha, o‘tgan oy Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi kurd ittifoqchilaridan aslo voz kechmaydi, deya va’da bergan. Mazlum Abdi Hasakadagi shtab-kvartirasida Tayms gazetasiga bergan intervьyusida: «Ular Suriya umuman Afg‘onistonga o‘xshamasligiga bizni ishontirib, Amerika siyosati bu erda butunlay boshqacha ekanini ta’kidlashdi», deya bildirdi». (RT, 2021 yil 28 sentyabr).

4 – Amerika Suriyadan o‘zi chiqib ketib, Rossiyaning qolishini istamaydi. Ayniqsa, Rossiya bir qancha pozitsiyada Xitoyga yaqinlashib, Amerika siyosatidan hamda uning barcha e’tiborini Xitoyga qaratayotganidan bezovta bo‘layotgan bir paytda, uning istamasligi tabiiy. Shuning uchun Amerika 2021 yil 16 iyunda Jenevada bo‘lib o‘tgan Bayden-Putin uchrashuvida Xitoydan uzoqlashishi va AQSh pozitsiyasiga yaqinlashishi uchun Rossiyaga bosim o‘tkazgan bo‘lishining ehtimoli katta… To‘g‘ri, Amerika Suriyadan chiqib ketishni rejalashtirib, o‘z nomidan ishlarni boshqarishni malaylariga topshirishga harakat qilyapti. U shuningdek, Suriyadan to‘liq chiqib ketishidan oldin Rossiyaning chiqib ketishini juda muhim, deb bilib, bo‘shliqni to‘ldirish vazifasini malaylariga yuklayapti va bu bilan barcha e’tiborini Xitoyga qaratmoqchi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Amerika Rossiyani o‘ziga tenglashtirishni xohlamaydi. Shuning uchun Rossiya bilan Suriyadan chiqib ketish masalasini muhokama qilishni Erdoganga yukladi. Chunki Rossiyaga bu masalani o‘zi bilan yuzma-yuz muhokama qiladigan darajadagi davlat emas, deb qaraydi. Bundan tashqari, Amerika o‘z malayi Bashardan ko‘ngli ancha xotirjam. Chunki Misr gazini Iordaniya va Suriya orqali Livanga etkazib berish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar ortidan Basharning mintaqa davlatlari bilan bo‘lgan munosabatlari bir muncha yaxshilandi. Munosib alьternativa topilguniga qadar, Bashar Amerika uchun ishonchli malay bo‘lib turibdi… Shuning uchun Amerika Rossiya bilan uning Suriyadan chiqib ketish masalasini muhokama qilishni Erdoganga yukladi… «Erdogan ikki tomonlama munosabatlar va Idlibdagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun 29 sentyabr kuni Putin bilan uchrashishini aytdi. U jurnalistlarga «Janob Putin bilan yakkama-yakka suhbat quramiz. Bu faqatgina Idlib masalasi muhokama qilinadigan uchrashuv bo‘lmaydi. Balki Suriyadagi umumiy vaziyat, u erda qanday qadamlar tashlashimiz hamda ikki tomonlama munosabatlar haqida gaplashamiz», dedi. U shuningdek, Turkiya va Rossiyaning mintaqadagi muhim davlatlar ekanini ta’kidlab, Putinning haqiqiy davlat arbobi ekanini, bu narsa Ozarbayjon-Armaniston kurashida yaqqol ko‘zga tashlanganini bildirdi». (Al-Jazira, 2021 yil 28 sentyabr). Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan hamrohligida safar qilgan Erdogan Putin bilan uchrashishdan oldin bunday dedi: «Suriya borasida birgalikda tashlayotgan qadamlarimiz katta ahamiyat kasb etadi. Zero, u erdagi tinchlik Turkiya va Rossiya munosabatlariga bog‘liqdir». (Anadolu agentligi, 2021 yil 29 sentyabr).

5 – Rossiya vaziyatni tushunib turibdi. Shu bois, Suriyadan chiqib ketish masalasini o‘zi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika muhokama qilishi o‘rniga Erdoganning muhokama qilishini o‘zi uchun haqorat deb bildi. Chunki aynan AQSh Rossiyani Suriyaga olib kirgandi. Shunday ekan, AQSh qanday qilib bu masalani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya bilan muhokama qilish o‘rniga, Erdoganga yuklasin?! Shu bois, Rossiya buni o‘zi uchun haqorat sifatida qabul qildi. Zero, Putin Amerikaga taqlidan dunyo siyosatiga ta’sir o‘tkazadigan davlat rahbari sifatida gerdayib yuradi! Shuning uchun Rossiya AQShning bu masalani yana to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi bilan muhokama qilishiga umid qilib, Erdoganga qarshi pozitsiya egalladi. Shu orqali bir tarafdan Turkiyaga saboq berib qo‘yishni, ikkinchi tomondan AQShga bir mujda yo‘llashni ko‘zladi. Bu narsa quyidagilarda o‘z aksini topadi:

a)    «Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdoganning chorshanba kuni Rossiyaga kelishiga e’tiborsiz qaradi. Putin Erdoganni Sochi aeroportida o‘zi kutib olish o‘rniga, Sochi meri Aleksey Kopaygorodskiy bilan Krasnodar viloyati gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Ruppelni yubordi. Erdoganni Sochi xalqaro aeroportida Krasnodar viloyati gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Ruppel, Sochi meri Aleksey Kopaygorodskiy, Rossiya tashqi ishlar vazirligi davlat protokoli departamenti direktori Igor Bogdashev, Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar, Novorossiyskdagi Turkiya bosh konsuli Firat Bayar hamda Turkiya elchixonasi xodimlari kutib olishdi». (turkeyalaan.com, 2021 yil 29 sentyabr).

b)    Bundan tashqari, Putin «Pravda» gazetasiga Erdoganni haqorat qilish va uni bechora deb atashni buyurdi! Ma’lumki, «Pravda» rus gazetasi bo‘lib, Sovet Ittifoqi davrida dunyodagi eng ko‘p tirajli gazetalardan bo‘lgan. Endilikda Kremlga yaqin etakchi gazetalardan biri hisoblanadi: «Seshanba kuni Kremlga yaqin bo‘lgan Rossiyaning «Pravda» gazetasida prezident Toyyib Erdogan haqorat qilindi. Gazeta qattiq so‘zlar bilan yozilgan bir maqolada Erdoganni Sochi safaridan sal avval bechora, deb atadi. Rossiyalik jurnalist Aleksandr Shtorm ham «Pravda» gazetasidagi o‘z maqolasida «Bechoraning qayta saylanish imkoniyati yo‘q…», deb yozgan. (turkeyalaan.com, 2021 yil 29 sentyabr).

6 – Shunga ko‘ra, Putin-Erdogan uchrashuvi boshidan oxirigacha, hatto boshlanishidan oldin ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Aftidan, Erdogan shunday bo‘lishini bilgan ko‘rinadi. Shu bois, ushbu muvaffaqiyatsizlikdan xabardor bo‘lganlar doirasi kengaymasligi uchun uchrashuvni juda tor doirada, ya’ni faqatgina o‘zi bilan Putin o‘rtasida bo‘lishini xohladi. Shunday qilib, bu uchrashuvda hech qanday ijobiy natija bo‘lmadi, Erdogan tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan holda Turkiyaga qaytdi. Hatto har bir uchrashuvdan keyin o‘tkaziladigan protokol konferentsiyasi ham o‘tkazilmadi! «Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan o‘rtasida chorshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv matbuot anjumanisiz yakunlandi. Uch soat davom etgan uchrashuvdan so‘ng, har ikki tomon ham natija yoki kelishuv to‘g‘risida lom-mim demadi. Diplomatik bayonotlardan tashqari, uchrashuv mazmuni haqida hech qanday ma’lumot berilgani yo‘q… Bu to‘g‘rida siyosiy tahlilchi Dervish Xalifa Arabiy Jadid saytiga bergan intervьyusida aytadiki, uchrashuv mazmuni haqida hech qanday izoh berilmagani ikki tomon o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmaganini, bil’aks tafovutlar yuzaga kelganini ko‘rsatadi va ayni shu sababdan matbuot anjumani ham o‘tkazilmagan. Dervish Xalifa uchrashuvning asosiy kun tartibida ba’zilar da’vo qilganidek, Ukraina yoki Liviya masalasi emas, balki Suriya masalasi ko‘rilganini qo‘shimcha qildi…». (Arabiy Jadid, 2021 yil 30 sentyabr).

7 – Erdoganning oktyabr oyi oxirida Katta yigirmatalik sammiti doirasida Bayden bilan uchrashishi rejalashtirilgan: «Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdogan kelasi oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Katta yigirmatalik sammiti doirasida AQShlik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashadigan bo‘ldi. Bir qancha manbalar Erdoganning sammit davomida AQSh prezidenti Bayden bilan uchrashishini ma’lum qildi». (Anadolu agentligi, 2021 yil 28 sentyabr). Aftidan, bu uchrashuv Erdogan-Putin uchrashuvi muvaffaqiyatsiz chiqishi ortidan qanday qadamlar tashlanishi haqida bo‘ladi!

Agar Amerika Rossiyaning Xitoyga nisbatan pozitsiyasini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lsa, ya’ni Xitoyga qarshi Rossiyani o‘ziga torta olsa, Erdoganni butunlay e’tiborsiz qoldirib, muvaffaqiyatsizliklari bilan o‘ralashgan ahvolda tashlab qo‘yadi! Agar Amerika Rossiyaning Xitoydan uzoqlashishini kafolatlab olgudek bo‘lsa, yana Rossiya bilan kelishuvga erishishi mumkin. Zero, bunday mustamlakachi davlatlar o‘zlarining manfaatlari ro‘yobga chaqadi, deb bilsa, o‘z malaylari yoki ta’siri ostidagilarning qadr-qimmatini bir tiyinga ham olmaydi.

8 – Xullas, masalani quyidagicha umumlashtirish mumkin:

a)    Amerika O‘rta Sharqdan chiqib ketishga, ishlarni o‘z malaylari va ta’siri ostidagilarga topshirishga, hatto odatiy mojaroga emas, balki sovuq urushga olib borsa ham barcha e’tiborini Xitoyga qaratishga tayyorlanmoqda. Shuning uchun Vashingtondagi Xitoy elchixonasi matbuot kotibi Lyu Pen’yuy AQSh, Britaniya va Avstraliya o‘rtasida tuzilgan AUKUS mudofaa alьyansi haqidagi bayonotida AQShni mana bunday so‘zlar bilan aybladi: «Bu davlatlar boshqa taraflarning manfaatlariga qaratilgan yoki zarar etkazadigan eksklyuziv bloklar tuzmasliklari va birinchi navbatda sovuq urush mentaliteti va mafkuraviy tarafkashlikdan voz kechishlari lozim»… (Al-Jazira, 2021 yil 16 sentyabr).

b)    Bir vaqtlar Rossiyani ich-ichidan titratib, larzaga solgan Usmoniy davlat hozirda yo‘q bo‘lgani uchun Rossiya va boshqa dushman davlatlar engil nafas olishmoqda. Rossiya bugungi kunda Turkiya hukmdorlariga ishora bilan ham ko‘rsatilmaydigan darajada zaif, hech qanday vaznga ega emas, deb qaraydi.

v)    Ushbu voqealarning ijobiy jihati ham bor. U ham bo‘lsa, mustamlakachi kofir davlatlarning o‘z lash-lushlarini yig‘ishtirib, musulmonlar yurtlarini tark etishga otlanib qolganidir. Bu esa, da’vat egalari va haqqa ergashuvchilarning Islom va musulmonlar darajasi ko‘tarilishi, kufr va uning ahli er bilan yakson bo‘lishi haqida xushxabar etkazishlari uchun qulay imkoniyatdir.

إِنَّ فِي ذَلِكَ لَذِكْرَى لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir» [Qof 37]

29 safar 1443h

6 oktyabr 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.