بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom tog‘uti shuncha tank va samolyotlari bilan erisholmagan yutug‘iga muzokara va sulh orqali erishmoqda
Shom ahli jinoyatchi va qotil rejimga qarshi qo‘zg‘olon boshlagan paytda bir kun kelib bu rejim bilan muzokara qilish yoki sulh imzolash hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Chunki bu qo‘zg‘olonlari rejimni qaytib kelmaydigan qilib yo‘q qilishni va xarobalari uzra Islom boshqaruvini barpo etishni maqsad qilgan edi.
Kofir G‘arb qonxo‘r rejimni qurol-aslaha bilan qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ba’zi davlatlar harbiy yordam bilan aralashishdi, qolganlari o‘zlarini qo‘zg‘olonning yordamchi do‘sti sifatida ko‘rsatib, nopok siyosiy pullarni olib kirishdi… bu pullar jangchi guruhlarning qarorini o‘g‘irlab, ularni sulh va muzokara qopqoni sari etakladi… Oqibat nima bo‘ldi?!
Sulh natijasida rejimga qarshi janglar to‘xtadi, o‘z navbatida, hududlar birin-ketin qo‘ldan boy berildi. Sulh talab qilgan tomonning o‘zi sulhni buza boshladi… Muzokaralar esa, rejimga tank va samolyotlar bilan erisholmagan yutuqlarni berdi. Rejim Sochi va Ostona konferentsiyalari orqali etti uxlab tushiga kirmagan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Chunki bu davlatlar, xususan yolg‘onchi Erdogan Turkiyasi unga ulkan yordamlar ko‘rsatdi.
Shuning uchun Shom ahli shuni ochiq e’lon qilmoqlari kerakki, nomuslarni toptaydigan, go‘daklar qotili va uy-joylarni vayron qiluvchi rejim bilan muzokara qilish xiyonatdir… Bu qo‘zg‘olon jinoyatkor rejimni ag‘darib, Islom boshqaruvini o‘rnatmaguncha to‘xtamaydi. Haqiqatdan ham Shomdagi rostgo‘y ahlimiz har qancha qimmatga tushmasin, buning badalini to‘lashga tayyor ekanliklarini isbotladilar. Ular shuni ham anglamoqdalarki, agar ularning qarorlarini dushmanga sotgan va boshlaridan zo‘ravonlik qilgan guruh etakchilaridan qutulsalar, o‘z yo‘llarini to‘g‘rilab olib, o‘zlari uchun rostgo‘y xolis siyosiy etakchilikni tanlab oladilar. Agar Allohga haq-rost tavakkal qilsalar, ularga Allohning nusrati yaqindir. Zotan, yaqinda Alloh Azza va Jallaning izni ila, nusrat albatta keladi.
Roya gazetasining 2021 yil 15 sentyabr chorshanba kungi 356-sonidan