Turkiyaning regional siyosati AQSh manfaatlariga xizmat qilmoqda

137
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiyaning regional siyosati AQSh manfaatlariga xizmat qilmoqda

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy qalamiga mansub

Turkiyaning tashqi siyosatini diqqat bilan o‘rgangan kishi quyidagilarga amin bo‘ladi: Turkiya garchi o‘zining regional manfaatlarini amalga oshirsa-da, biroq asosan AQSh manfaatiga xizmat qiladi. Ayniqsa, iqtisodiy va siyosiy ishlarda Amerikaning tashqi siyosati doirasidan chiqmaydi.

Misol uchun, Turkiya yahudiy vujudi, Misr, Gretsiya va Kipr bilan hamkorlikda Sharqiy O‘rta er dengizidan Evropaga gaz quvuri o‘tkazish uchun «EastMed» liniyasida ishtirok etishga taklif etildi. Yahudiy vujudining energetika vaziri Yuvalь Shtaynits o‘z hukumati mintaqa davlatlari bilan ziddiyatga bormasligini, aksincha, Sharqiy O‘rta er dengizi gazi sohasida Turkiyani o‘ziga «regional hamkor» qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Aslini olganda ushbu loyiha Amerikaning mintaqadagi eng uzun va eng chuqur suvosti gaz quvuri loyihasidir. Uni Amerikaning eng yirik kompaniyalari nazorat qiladi va unga sarmoya kiritadi. Bu loyiha Evropa Ittifoqi davlatlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizini ta’minlashga qaratilgan. Bundan Amerikaning maqsadi esa, Evropaning gaz sohasida Rossiyaga qaramligini yumshatish, «Shimoliy oqim-2», deb atalgan Rossiya-Germaniya liniyasiga zarba berish yoki u bilan raqobatlashib, ahamiyatini pasaytirishdir.

Agar Amerikaning bosimi bo‘lmaganda Turkiya ayni liniyaga hamkorlikka chaqirilmas edi. Ayniqsa, Turkiya Gretsiya va Kipr bilan O‘rta Er dengizidagi kontinental shelьf (dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismi) masalasida dushmanlik holatida turganda u bunga taklif qilinmagan bo‘lardi.

O‘tgan yili yahudiy vujudi, Gretsiya va Kipr tomonidan e’lon qilingan ushbu «EastMed» liniyasida hamkorlik qilishga, aslida, Turkiya yaqinlashtirilmagan va bu Turkiyani g‘azablantirgan edi. Aftidan, Amerika bu liniyaning muvaffaqiyati Turkiyaning unda ishtirok etishiga bog‘liq, deb hisoblayotgan ko‘rinadi. Shuning uchun uni hamkor qilishga harakat qildi. Bu harakatini ikki yo‘l orqali amalga oshirdi: Birinchi: Turkiya ayni loyihada regional hamkorlik qilishga yahudiy vujudi vositasida chaqirildi. Ikkinchi: Turkiyaga O‘rta Er dengizidagi kontinental shelьfdan ulush berildi. Bu bilan Turkiyaning manfaatlarini buzmasdan dengiz chegaralari qayta demarkatsiya qilinadigan bo‘ldi. Kipr o‘zi bilan Gretsiya o‘rtasidagi avvalgi demarkatsiyada Turkiya bilan hisoblashmasdan o‘z ulushini olgan edi. Boshqa tomondan Misr va yahudiy vujudi o‘rtasidagi demarkatsiyada ham xuddi shunday bo‘lgan, Turkiyaning roziligi olinmagan edi. Bu narsa Turkiyani Fayz Sarroj hukumati orqali Liviya bilan chegaralarni demarkatsiya qilish kelishuvini imzolashga majbur qildi. Shunday qilib, ayni mintaqa dengiz chegaralarini demarkatsiya qilish labirintiga kirib qolib, bir jihatdan Turkiya bilan Gretsiya Kipri va Gretsiya o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgandi.

Aftidan, Amerika Turkiyani «EastMed» liniyasi loyihasidan uzoqlashtirish loyihaning muvaffaqiyatsizligiga olib boradi, deb hisobladi va uni loyihada hamkorlik qilish chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi. Mintaqa davlatlariga o‘rtalaridagi chegaralarni demarkatsiya qilishlari va Turkiyaga kontinental shelьf tadqiqotidan ulush berishlari uchun bosim qildi. Ayni ulush Kipr orolidagi ulushdan ortib ketadi.

Kelajakda Turkiyaning «EastMed» loyihasi bo‘yicha harakat qilishiga Liviyadagi Abdulhamid Dabiba boshchiligidagi yangi hukumatning ikki shartnomani ma’qullagani tasdiqlab turibdi. Biri xavfsizlik, ikkinchisi dengiz chegaralarini demarkatsiya qilishga oid bu ikki shartnoma Turkiya bilan Liviya o‘rtasida bo‘lib, unga Tripolidagi hukumatning sobiq bosh vaziri Fayz Sarroj bilan Erdogan hukumati imzo chekdi. Shartnomaga Misr ham, Liviyadagi kurashdan manfaatdor davlatlardan birortasi ham e’tiroz bildirishmadi. Bu shunga dalolat qiladiki, Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasida O‘rta Er dengizi gazini bo‘lishishda ziddiyatlar mavjudligiga qaramay, Amerika Turkiyani «EastMed» loyihasida hamkor qilishga qattiq qiziqmoqda.

Amerikaning ushbu yangi yo‘nalishini tasdiqlayotgan yana bir narsani biz Misr-Turkiya o‘rtasidagi yaqinda boshlangan yaqinlashuvda ham ko‘rmoqdamiz. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda tub haqiqiy o‘zgarish, deya baholanayotgan ushbu yaqinlashuvda Turkiya Misr muxolafatini qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtadi va ayni muxolafatning Turkiyadan efirga tarqatayotgan Misr kanallari siyosiy faoliyatini taqiqladi. Buning muqobili o‘laroq, Misr Turkiyaning tarafini olib, uning kontinental shelьfini Turkiya foydasiga bo‘lishib olinishini hamda Turkiyaning Gretsiya va Kipr bilan bo‘lgan sobiq kelishuvidan voz kechishini qo‘llab-quvvatladi.

Turkiyaning Afg‘onistondagi holat bilan bog‘liq siyosatiga kelsak, shu kunlarda bu siyosat ham Baydenning ayni o‘lkaga oid yangi siyosatiga xizmat qilmoqda. Bunga Ashraf G‘ani hukumati bilan Tolibon harakati o‘rtasida kelishuv konferentsiyasining Turkiyada bo‘lib o‘tgani misol bo‘la oladi. Bu ishda avval Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Qatarga safar qilib, u erda rasmiy uchrashuv olib bordi va bir vaqtning o‘zida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov ham Qatarga safar qildi. Ayni paytda, Davha ham AQShning Afg‘onistondagi vakili Zalmay Xalilzod bilan BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakilasi Debora Layonslarga mezbonlik qildi.

AQSh prezidenti Bayden Turkiya prezidenti Erdoganni Turkiyada demokratiya va inson huquqlari masalasida tanqid qilib, shu orqali unga nisbatan tarang pozitsiyada turgan esa-da, biroq bu zohirda shunday bo‘lib, AQSh-Turkiya o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarga ta’sir qilmaydi. Bu mustahkam munosabatlarga, ikki davlatning harbiy dengiz kuchlari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham yana bir misol bo‘ladi. Darhaqiqat, bu ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik darajasini oshirish uchun Sharqiy O‘rta er dengizida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv bo‘lib o‘tdi. Turk manbalarining ta’kidlashlaricha, payshanba kuni Turkiyaning «TCG Gemlik» fregati ko‘plab samolyotlar kuzatuvi ostida AQShning avia tashuvchi «Eisenhower» kemasi qatorida mashq o‘tkazadi.

Turkiya Amerika uchun mintaqadagi muhim davlat. U NATOning faol a’zosi. Amerika bu davlatdan Suriya va Liviyada Rossiya ishtirokida foydalanmoqda va ushbu ikki davlatda Turkiya orqali muvaffaqiyatli missiya olib bordi. Undan Ozarbayjonda ham foydalandi. Yamanda ham Saudiya bilan birga foydalanishi mumkin. Masalan, qator xabarlarga ko‘ra, Turkiya Saudiya bilan aloqalarni mustahkamlamoqda hamda uni Turkiyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz boshqariluvchi samolyotlar bilan ta’minlamoqda. Bundan Amirliklarning Yamandagi roli kuchayib ketishi sababli Saudiyaning u erdagi rolini kuchaytirish ko‘zlangan.

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.