بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati delegatsiyasi Pokiston elchixonasidan Navid Battning ozod etilishini talab qildi
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati delegatsiyasi Tunisdagi Pokiston elchixonasiga borib, Hizb ut-Tahrirning matbuot bayonotini topshirdi. Bayonotda Hizbning Pokistondagi rasmiy notig‘i muhandis Navid Battning yashirincha hibsda saqlashga chek qo‘yishga da’vat qilinib, uning Pokiston razvedka xizmati qo‘lida to‘qqiz yildan beri zo‘ravonlik bilan yashirincha hibsda saqlanayotgani va uning taqdiri to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir a’zolari Tunisdagi Pokiston elchixonasi oldida namoyish o‘tkazishdi. Namoyish chog‘ida Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi raisi nutq so‘zlab, muhandis Navid Battni ta’rifladi va uning qamoqqa olinishi sabablarini bayon qildi. Keyin Pokiston Qurolli kuchlar safidagi xolis zobitlarga hamda Pokistonning diplomatik muassasalariga murojaat qilib, ulardan muhandis Navid Battni ozod etish uchun Pokiston hukumatidagi ayni masalaga aloqador shaxslarga bosim qilishni talab qildi. Shu bilan birga, Islom Ummati orasidagi jonli-tirik kuchlarni, xususan, ulardan biri bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini Navid Batt ozod etilib, o‘z ahl-oilasi va farzandlariga qaytishi yo‘lida Hizb ut-Tahrir boshlagan xalqaro kampaniyaga qo‘shilishga chaqirdi.
Roya gazetasining 2021 yil 30 iyun chorshanba kungi 345-sonidan