Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi

426
0

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi

Botkenda qirg‘iz-tojik chegarasida yana otishma yuzaga keldi. Otishmada jarohat olgan ikki kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Ozodlik radiosi xabar tarqatdi.

Avvalroq to‘rt nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgan edi. Tojikiston chegara xizmati esa etti nafar fuqaro toshdan jarohat olganligini bildirgan edi.

28 aprel kuni Botken viloyati Aq-Say qishlog‘idagi Ak-Suu daryosida jonlashgan asosiy (“Golovnoy”) suv taqsimlash punktida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Botken viloyati hukumatining vakili Omurbek Suvanaliyevning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston tomoni videokameralarni o‘rnatishi ortidan nizo kelib chiqqan. U ikki tomon kelishuvga erishgandan keyin provokatorlar vaziyatni chigallashtirganligini qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda, Bishkekdagi Hukumat uyi oldida to‘plangan o‘nlab faollar prezident Sadir Japarov,  bosh vazir Ulukbek Maripov va davlat xavfsizlik xizmati raisi Kamchibek Tashievdan vaziyat haqida jamoatchilikka hisob berishlarini talab qilib miting o‘tkazishdi.

Xalqaro siyosat jihatidan olib qaraganda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralar to‘liq Rossiya tomonidan nazorat qilinadi. U mintaqadagi chegara muammolaridan o‘zining mustamlakachilik manfaatlari uchun foydalanadi.  Masalan,  EOIIga qo‘shilishi uchun Tojikistonga bosim o‘tkazishga urinadi. Ayrim hollarda Qirg‘izistonga bosim o‘tkazib, ba’zi sohalarda kelishuvlarga majbur qiladi. Japarovning Rossiyaga tashrifidan oldin yuzaga kelgan chegara mojarosi aynan shu yo‘nalishda bo‘lgan. Gohida esa, jamoatchilikning hukumatga noroziligi kuchayib ketganda, jamoatchilik fikrini boshqa tomonga yo‘naltirish va noroziliklarni bostirishda chegara mojarosi qo‘l keladi. Ushbu manfaatlar tufayli Rossiya chegara muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. U chegara masalasi xohlagan vaqtda foydalanishi mumkin bo‘lgan “bomba” sifatida turishdan manfaatdor. Shuning uchun har doim masalani paysalga solib keladi.

Ammo G‘arb davlatlari, aksincha, mamlakatdagi har qanday muammoni hukumatga qarshi noroziliklar to‘lqiniga qo‘shishdan manfaatdor. Ular mitinglardan shu yo‘nalishda foydalanib, imkon tug‘ilishi bilan G‘arb qonunlarini tiqishtirish, o‘zlarining kadrlarini hokimiyatga olib kelish va hukumatni ag‘darishni ko‘zlashadi.

Biroq har qanday mojaroning qurbonlari tinch aholi bo‘lib qolmoqda. Mustamlakachilar va ularning malaylari qurbonlarni yaratish maqsadida doimiy ravishda “millatchilik” va “vatanparvarlik” g‘oyalarini aholi orasida tarqatib keladi. Shu sababli, odamlar nima uchun chegara hodisalarining qurboniga aylanib qolishayotganlari haqida jiddiy fikrlab ko‘rishlari kerak. Ular Islom harom qilgan “millatchilik” va “vatanparvarlik” g‘oyalarining bu dunyodagi va oxiratdagi oqibatlari haqida o‘ylashlari zarur.

Ushbu chegara muammolari bugungi kunda rasmiylar tomonidan ko‘rilayotgan choralar bilan hech qachon hal bo‘lmaydi. Aksincha, bu qarorlar masalani yanada chigallashtirib boraveradi. Darhaqiqat, ushbu muammoning bugungi echimi Islomga chaqirishda. Ikki musulmon birodar millatchilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini chetga surib, kofir mustamlakachilar tomonidan tiqishtirilgan ushbu g‘oyalarni uloqtirib tashlashlari kerak. Buning o‘rniga ular bir-birlarini Islomga da’vat qilsinlar. Bilganlari bilmaganlariga o‘rgatsin. Mana shunda kofirlarning “o‘zaro urushtirib qo‘yib, boshqarish” rejasi buziladi. Qiblasi,  Kitobi,  Payg‘ambari va hatto qabri bir xalqlar baxtsiz hayot kechirishlari uchun ularning rejalari muhim rol o‘ynaydi. Chegara muammosining yakuniy echimi esa, Xalifali davlatini tiklashdir. Chunki Xalifalik bugungi dunyodagi mustamlakachi tuzumni ag‘darib, ular o‘rnatgan chegaralarni bekor qiladi, mustamlakachi kofirlarni mamlakatlarimizdan quvib chiqaradi,  millatchilik va vatanparvarlik g‘oyalarini yo‘qotadi va “Musulmonlar bir birlari bilan birodarlardir” g‘oyasini joriy qiladi. Demak, harakat qiluvchilar shu yo‘lda harakat qilsinlar.

Mumtaz Mavaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.