Amerika Hindistonning mavqeini kuchaytirish va Xitoy nufuzini jilovlash strategiyasida Bangladeshdan piyoda (peshka) sifatida foydalanmoqda

132
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Hindistonning mavqeini kuchaytirish va Xitoy nufuzini jilovlash strategiyasida Bangladeshdan piyoda (peshka) sifatida foydalanmoqda

AQSh prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Kerri Bangladeshga safar qilar ekan, Hizb ut-Tahrir bu mustamlakachi davlatning Tinch okeani mintaqasidagi strategiyasi Bangladeshdan piyoda (peshka) sifatida foydalanish ekanini ta’kidladi. Bu haqda Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi matbuot bo‘limi bayonotida bunday deyiladi:

«Endi Amerika Bangladeshga iqlim o‘zgarishi niqobi ostida har vaqtdagidan ko‘proq aralashadi. Bangladeshning harbiy va asosiy resurslaridan o‘zining va Hindistonning manfaatlari uchun yonilg‘i sifatida foydalanadi, xuddi Pokistondan Hindiston manfaati uchun foydalanib kelgani kabi.

Shuning uchun Hindiston armiyasi bosh qo‘mondonining bir qator strategik masalalar bo‘yicha mudofaa munosabatlarini mustahkamlash niqobi ostida Bangladeshga  besh kunlik safar qilganiga ham ayni shu nuqtai nazardan qaralmog‘i darkor. Bundan tashqari, iqlim inqirozini bartaraf etish uchun salohiyatni oshirish va infratuzilmani rivojlantirish, degan bahona ham Bangladeshni mustamlakachilarning «iqlim o‘zgarishi kreditlari» botqog‘iga yanada ko‘proq botirib tashlaydi. Amerikaning masalaga bu qadar jiddiy aralashayotganining yagona sababi, iqlim o‘zgarish niqobi ostida yurtimiz resurslaridan o‘zining nopok maqsadlarini amalga oshirishda yanada ko‘proq foydalanmoqchi bo‘layotganidir.

Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.