Islomda Iqtisod nizomi

479
0

Islomda Iqtisod nizomi

 Olamdagi jamiyki narsa Allohning mulkidir. Qiyomatga qadar – Alloh qancha odam bo‘lishini iroda qilgan bo‘lsa – shularning barchasiga Alloh bergan boylik etarli. Biroq, insonlar o‘rtasida boylikni taqsimlashda muammo bor. Alloh ato etgan boylik insonlar o‘rtasida qanday taqsimlanadi? Agar insonlar aqllari yoki nafs-istaklaridan kelib chiqib taqsimlashsa u holda muammo ustiga muammo paydo bo‘ladi. Masalan, kambag‘al nonga to‘ymaydi, boy kambag‘alga non bermaydi. Shunday qilib kambag‘al boyga, boy xudoga teng bo‘laman, bu muammoning echimi deb ketaveradi. Buni kapitalistik iqtisod nizomida aniq ko‘rib turibmiz. Shu sababli, agar to‘g‘ri taqsimot bo‘lmasa bu muammo xal bo‘lmaydi. Mazkur echim esa Allohning shariyatida mavjud, ya’ni iqtisodiy muammo Islomning iqtisodiy nizomi bilangina to‘g‘ri hal etiladi.

 Islom iqtisodida iqtisod ilmi bilan iqtisodiy tuzumi o‘rtasi farqlanadi. Boylikni ishlab chiqish sohasi iqtisodiy ilmga taalluqli. Masalan, zavod-fabrikalarda tovar ishlab chiqarish kabi. Mulkka ega bo‘lish; mulkni sarflash; boylikni insonlar o‘rtasida taqsimlash bular – iqtisodiy nizomga tegishli. Islom iqtisodiy nizomi mana shularga e’tibor qaratadi.

 Islomdagi iqtisodiy siyosat har bir odamning barcha asosiy ehtiyojlari to‘liq qondirilishini kafolatlash, shuningdek, kamoliy ehtiyojlarini imkon qadar qondirish imkoniyatlarini xosil qilishdan iborat.

 Islom yahlit hayot tuzumi (mabda) bo‘lib, undan iqtisodiy nizomni ajratish mumkin emas. Islom “jamiyat qanday bo‘lishi lozimligini” inson ehtiyojlarini qondirish uchun asos etib belgiladi. Chunki, Islom har bir odam va insoniy jamiyatning hayot tarzi uchun nozil qilingan.   

 Jamiyat asoslanishi lozim bo‘lgan narsalarning shaxs va jamiyatga taalluqli jihatlari bor. Ehtiyojlarni qondirishda shaxsga tegishli – moddiy qiymat bilan birga – ahloqiy, insoniy, ruhiy qiymatlar hisobga olinishi kerak. Jamiyatga taalluqli jihatidan inson navini saqlab qolish; aql-idrokni (chunki inson aql bilangina insondir); insoniy sharafni; insonning o‘zligini; xususiy mulkni; dinni; xavfsizlikni; shu jumladan davlatni muhofaza qilish– mana shular hisobga olinishi kerak. Islomda bularning barchasi uyg‘undir. Kapitalizmda esa asosiy e’tibor moddiy qiymatga qaratiladi, buning oldida boshqa qiymatlarni ahamiyati qolmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.