Albatta, sizlar amri ma’ruf va nahyi munkar qilishinglar vojib

372
0

Albatta, sizlar amri ma’ruf va nahyi munkar qilishinglar vojib

 Alloh taolo insoniyatni hidoyatga boshlash uchun payg‘ambarlar yubordi. Payg‘ambarlar o‘z vazifalarini bajarib, insonlarni amru ma’ruf, nahyi munkar (yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish) qilishdi. Xotamul anbiyo Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham ushbu vazifani bajardi va odamlar to‘p-to‘p bo‘lib Islomga kirishdi. Payg‘ambarimiz sallollahu alayhi va sallam aytganidek, undan keyin payg‘ambarlar bo‘lmaydi, shuning uchun musulmonlar amru ma’ruf va nahyi munkar vazifasini o‘z zimmalariga olishdi va bu ishni Qiyomatga qadar davom ettiradilar.

 Musulmonlar asrlar mobaynida bu sharafli vazifani bajarib kelishdi va buni amalga oshirganliklari uchun muvafaqqiyatlarga erishishdi. Sababi, Ummatning muvafaqqiyati va ezguligi aynan shu vazifaga bog‘liq edi. Alloh taolo aytadi:

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz”. [3:110]

 Demak, yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish har birimizga vojibdir.

 Amru ma’ruf, naxyi munkar shunchaki bir vazifa emas, balki Islomni hayotga olib kelishga xizmat qiladi. Bugun musulmonlar bu vazifani shaxs sifatida ado etib kelishmoqda. Biroq, amru ma’ruf va nahyi munkarga befarq qaraganlar ham bor. Bu befarqlik tufayli, boshqacha aytganda, amru ma’ruf, nahyi munkarga befarq bo‘lish Islomning jonlanishiga zarar etkazmoqda. Masalan, G‘arb tiqishtirgan bag‘rikenglik, erkinlik, mo‘’tadillik, dunyoviylik fikrlari amru ma’ruf, nahyi munkar vazifasini susaytirmoqda va bu fikrlar amru ma’ruf va nahyi munkarga qarshi qaratilgan deb aytishimiz mumkin. Ushbu fikrlar sababli «muhimi yurak toza bo‘lsa bo‘ldi», «uning erki, da’vat qilishga haqqing yo‘q» kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Amru ma’ruf va nahyi munkarga befarqlik Islomning chekinishi, kufr fikrlari tarqalishini kafolatlaydi.

 Musulmonlarning umumiy ahvoliga keladigan bo‘lsak, bugun Islom Ummati ellikdan oshiq davlatlarga bo‘linib ketdi. Ularning barchasi mustamlakachilarning ta’siri ostida. Ayniqsa, bu davlatlarning hukmdorlari ushbu mustamlakachining buyuruqlarini bajarib, ular ko‘rsatgan qonunlar asosida boshqarishmoqda. Bu davlatlarning iqtisodi kaptitalizmga, moliyasi sudxo‘rlikka, qonunlari parlamentga, hokimiyati demokratiyaga asoslangan. Musulmonlar hokimlar Islomni boshqaruvdan chetlatishgan. Ko‘rinib turganidek, ularning barcha harakatlari ochiqchasiga Islomga zid. Demak, musulmon kishi ularni muhosaba qilishi, ularni amru ma’ruf va nahyi munkar qilishi vojib. Hatto, Islom bu vazifani oliy darajaga ko‘tardi. Payg‘ambarimiz sallollahu alayhi va sallam: «Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib hamda zolim hokimning oldiga borib uni (ma’rufga) buyurib, (munkardan) qaytargan, natijada o‘sha zolim hokim tomonidan qatl qilingan kishidir», deganlar. 

 Biroq, Payg‘ambarimiz sallollahu alayhi va sallamning shunday ko‘rsatmalari borligi, hokimlar boshqaruvi ochiqchasiga Islomga zid bo‘lishiga qaramay, bugun musulmonlar hokimlarni Islom asosida amru ma’ruf va nahyi munkar qilishmayapti, hatto, turli xil bahonalar bilan hokimlarni muhosaba qilishdan qochishmoqda. Albatta, bunday tushunchaning shakllanishida saroy mullalarining o‘rni katta. Payg‘ambarimiz sallollahu alayhi va sallamning hadislariga murojaat qiladigan bo‘lsak, amru ma’ruf va nahyi munkar qilishga undab, uni bajarmay qo‘yilishi oqibatlaridan ogohlantirganlar. Rasululloh sallollahu alayhi va sallam dedilar: «Ma’rufga buyurishga shoshilinglar, sababi u yomonliklardan saqlaydi»; «Qachon insonlar zolimni ko‘rsalaru, uni zulmdan to‘xtatib qolmasalar, Alloh o‘z dargohidan ularning barchasiga ommatan azob berishi mumkindir»; «Albatta ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar. Aks holda Alloh tepangizga yomon kimsalaringizni hukmron qilib qo‘yadi, ana shunda, yaxshi kishilaringiz duo qilsa ham, duolari ijobat qilinmay qoladi».

 Bular amru ma’ruf va nahyi munkar haqidagi ko‘plab hadislarning ayrimlari, xolos. Shuning uchun biz amru ma’ruf va nahyi munkar vazifasini to‘liq bajarishimiz shart. Mana shunda Islomni hayotga qayta olib kelishga muvafaq bo‘lamiz va Islomning vojib vazifasini ado etib, Alloh yaxshi ko‘rgan Ummat bo‘lamiz. Alloh taolo aytadi:

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz”. [3:110]

 Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.