Suvaysh kanalidagi tirbandlik Islomiy o‘lkalarning geografik qudratini ko‘rsatib turibdi
24 mart kuni ertalab kuchli shamol tufayli Suvaysh kanalining qirg‘og‘iga tiqilib qolgan 400 metr uzunlikdagi “Ever Given” yuk kemasi suv yo‘lida katta tirbandga sabab bo‘lmoqda. Har daqiqada yuz minglab dollar zarar keltirayotgan tirbandlikni ochish uchun bu ulkan yuk kemadagi yuklar tushirlishi kerakligi va shu bois tirbandlik bir necha hafta davom etishi mumkinligi aytilmoqda. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, agar kanal bir necha hafta davomida to‘siqligicha qolsa, bu holat yoqilg‘i mahsulotlarining narxiga qattiq ta’sir qiladi. Chunki yo‘nalishini o‘zgartirgan kemalarning xarajatlari ikki barobarga oshadi.
O‘rta er dengizi bilan Qizil dengizni bog‘laydigan Suvaysh kanalida tirbandlikni keltirib chiqargan ulkan kema har kuni taxminan 9,6 milliard dollar zararga sabab bo‘lmoqda. Bu esa dengiz yo‘li tijoratida soatiga 400 million dollar zarar deganidir. Ayni paytda kanalning ikkala tomonida 200 dan ortiq savdo kemalari turib qolgan.
Vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgan AQSh hukumati muammoni bartaraf qilish uchun o‘z yordamini taklif qildi. Turkiya hukumati ham dunyodagi kam sonli kemalardan biri bo‘lgan “Nene Xatun” kemasini yuborish taklifi bilan chiqdi.
Darhaqiqat bugungi kunda dunyodagi savdo-sotiqning katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Bu xususda dengiz yo‘llaridagi bo‘g‘ozlar va kanallar asosiy rolni egallaydi. Masalan Suvaysh kanalining dengiz transporti uchun to‘silib qolishi Evropaga suyultirilgan gaz eksportini qiyinlashtirdi. Tabiiy gaz va elektr bozorlari prezidenti Karlos Torres Diazning ta’kidlashicha, kanalning ikki haftalik to‘silishi Evropaga taxminan 2 million kubometr suyultirilgan gaz etkazib berishni kechiktiradi. Shu sababli, yoqilg‘i narxlari ma’lum miqdorda o‘sishi aytilmoqda. Kanal to‘silib qolganidan bir kun o‘tib, neft narxi allaqachon 7 foizga oshgan.
O‘rta er dengizi va Qizil dengizni birlashtirgan Suvaysh kanalida sodir bo‘lgan tirbandlik Islomiy o‘lkalarning geografik joylashuvi jihatidan qanchalik qudratga egaligini hamda geografik muhim ahamiyatli strotegik nuqtalarga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Suvaysh kanali, Malakka ko‘rfazi, Fors ko‘rfazi, Bosfor bo‘g‘ozi, Xurmuz bo‘g‘ozi, Bobul Mandab bo‘g‘ozi, Dardanella bo‘g‘ozi va Jabalut Toriq (Gibralьtar) bo‘g‘ozi kabi eng muhim ko‘rfazlar, kanallar va bo‘g‘ozlar Islomiy o‘lkalarda joylashgan. O‘rta er dengizi, Qizil dengiz, Arab dengizi, Qora dengiz, Kaspiy dengiz kabi eng muhim dengizlar ham Islomiy o‘lkalarda joylashgan. Shuningdek Islomiy o‘lkalardan Tinch Okeaniga ham, Hind Okeaniga ham, Atlantik Okeaniga ham chiqish yo‘li mavjud. Bundan tashqari Islomiy o‘lkalar er osti boyliklari, turli xil qimmatbaho ma’danlar, mo‘l-ko‘l suv manbalari va hosildor erlar kabi ulkan moddiy imkoniyatlarga ham ega. Biroq shunday bo‘lishiga qaramay Islom Ummatining og‘ir holatda kun kechirishi o‘ta achinarli. Musulmonlar uchun hayot kundan kunga og‘irlashib bormoqda. Horlik ustiga horlik. Buning sababi Ummat o‘z aqidasidan balqib chiqqan tuzum bilan emas, balki kapitalistik tuzum ostida hayot kechirayotganidir. Ummat o‘z Islomiga qaytmas ekan, Islomiy o‘lkalardagi strotegik nuqtalarning ham, bo‘g‘ozlaru ko‘rfazlarning ham, ulkan er osti va usti boyliklarining ham zarracha foydasi yo‘q. Islomga qaytish esa, Islomiy hukmlarni hayotda tatbiq qilish bilan bo‘ladi. Shuning uchun biz barcha musulmonlarni Islomiy hukmlarni to‘liq tatbiq qiladigan va mustamlakachilar nufuzini Islomiy o‘lkalardan haydab chiqaradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun kechani kunduzga ulab harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrir bilan birga elkama-elka harakat qilishga chaqiramiz.
إِنَّ هَذَا لَهُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ ۩ لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ
Albatta mana shu (ahli jannat etadigan ne’matlar) ulug‘ baxtning o‘zidir. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!
Qiyomuddin Sharif