O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda 687 tonna oltin sotgan

321
0

O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda 687 tonna oltin sotgan

 Markaziy bank so‘nggi 10 yil davomida sotilgan nomonetar oltin miqdori haqida ma’lum qildi.

 Qayd etilishicha, 2020 yilda 100 tonna oltin xorijga sotilgan. So‘nggi 10 yillik davomida eng kam oltin 2012 yilda sotilgan – 10 tonna, eng ko‘pi esa 2019 yilda – 110 tonna.

 Shuningdek, 2010 yilda 60 tonna, 2011 yilda 70 tonna, 2013 yilda 37 tonna, 2014 yilda 30 tonna, 2015 yilda 50 tonna, 2016 yilda 70 tonna, 2017 yilda 80 tonna, 2018 yilda esa 70 tonna nomonetar oltin xorijga eksport qilingan.

 O‘tgan davr ichida narxlar ham sezilarli darajada o‘zgargan. 2010 yilda bir untsiya oltin narxi jahon bozorida 1226,7 dollar turgan bo‘lsa, 2015 yilda 1159,8 dollarni tashkil qilgan. Bu so‘nggi 10 yillikdagi qimmatbaho metallning eng past qiymati hisoblanadi. O‘z navbatida, 2020 yilda oltin narxi keskin oshgan va bir untsiyasi 1771 dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2019 yilda 1393,7 dollarga teng bo‘lgan.

 2020 yil avgust oyi boshida oltin narxi tarixda ilk marta untsiyasi uchun 2000 dollardan oshib, rekord darajada – 2067 dollarga ko‘tarilgandi.

 Ma’lumot uchun, sotilayotgan oltinning miqdori bo‘yicha ma’lumotlar so‘nggi 10 yil ichida birinchi marotaba e’lon qilinmoqda. Bunga qadar Davlat statistika qo‘mitasi oltin sotuviga oid ma’lumotlarni pul ko‘rinishida taqdim qilib kelgan edi. 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha respublika tashqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini (5 milliard 804 million dollar) oltin tashkil qilgan. 2019 yilda oltin eksporti 4 milliard 918 million dollar bo‘lgani qayd qilingan.

 Izoh: Bugun ustimizda hukm yuritayotgan kapitalistik tuzumda barcha boyliklar bir xovuch kapitalistlar, amaldorlar va ularning oila a’zolari farovonligi yo‘lidagina sarflanmoqda. O‘zbekiston hukumati ham har yili o‘nlab tonna oltin, milliardlagan kubometr gaz, neft, uran, pahta va boshqa umumiy mulk boyliklaridan sotayotgan bo‘lishiga qaramay, aholisining qaryib yarmi qashshoqlik darajasida kun kechirib keladi. Rahbarlari esa o‘zlari va farzandlari “maroqli” dam olishi uchun milliardlab dollar sarflab “Shovvozsoy” kabi qarorgohlar qurish, umumiy mulkdan tushgan mablag‘larni xorijiy banklarga joylash, xorijdan millionlab dollarlik koshonalar sotib olishga sarflab kelishmoqda. Shu sababli ham O‘zbekistonning qarzi yil sayin, hatto oy sayin oshib bormoqda. Bugunga kelib O‘zbekistonning tashqi qarzi deyarli 34 milliard dollarga etdi. O‘zbek amaldorlari “pulning xidiga” tuni bilan uxlolmay chiqayotgan bo‘lsa, millionlab oddiy xalq bir burda non topish ilinjida chet ellarda sarson-sargardon yurishipti… 

 Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam:

المسلمون شركاء في ثلاث،في الماء، والكلإ، والنار

“Musulmonlar uch narsada sherikdirlar: suv, o‘t-o‘lan va olovda”, deganlar. (Ahmad, Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati).

 Ushbu hadisga muvofiq dengiz, ko‘l, daryolar, keng yaylovlar, bitmas-tuganmas er usti va er osti boyliklari umumiy mulk bo‘lib, unga na davlatni va na yakka shaxsni egalik qilishga haqqi bor. Konlardan qazib olinayogan barcha boyliklar musulmonlarning mulkidir, ya’ni umumiy mulkdir. Ular yo har bir musulmonga taqsimlab beriladi yoki musulmonlar manfaatlari uchun sarflanadi. Qanday yo‘l tutish xalifaning ra’yiga havola qilinadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.