بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalifalik qanday tugatilgan
Alloh Subhanahu va Taolo Muhammad ﷺni Islom risolasi bilan yuborgandan buyon Islom va kufr o‘rtasidagi kurash qizg‘in tus olib kelmoqda. Bu kurash dastlab Makkada o‘n uch yil davomida sof fikriy kurash sifatida davom etgan bo‘lsa-da, biroq u juda qaqshatqich bo‘lgan. Zero, kofirlar ushbu yangi fikrga qarshi har qanday uslubni qoldirmay qo‘llashgan. Nihoyat, Madinai Munavvaraga hijrat qilish hamda kuch-quvvat va hokimiyatning to‘g‘ri fikr bilan birlashishi orqali fikriy g‘alaba keldi. Shu tariqa Madinai Munavvarada Islomning ilk siyosiy vujudi barpo etilib, Islom risolasini butun olamga olib chiquvchi kuchli armiya vujudga kelishi bilan fikriy kurash bosqichiga qonli kurash bosqichi ham qo‘shildi. Kurash ham fikriy, ham qonli kurash sifatida olti asr davom etdi. Islom davlati dunyoda birinchi-etakchi davlat bo‘lib, urushlarda ketma-ket nusratlar quchdi, mag‘lubiyatga uchramadi, xalqaro munosabatlarda eng yirik ta’sir sohibiga aylandi.
Ushbu ta’sir va kuch hijratning oltinchi asri oxirlarigacha davom etdi. Shundan keyin Islom davlati taniga zaiflik o‘rmaladi. Bu narsa voliylarning o‘z viloyatlarini Xalifalik davlatidan ajratib mustaqil qilishlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki bu paytga kelib, xalifaning ayrim shakl-shamoili qoldi, xolos. Masalan, minbarlardan uning haqqiga duolar qilib turildi, tangaga uning ismi zarb qilindi, ba’zi viloyatlardan bir oz xirojlar kelib turdi, va hokazo. Bunday zaiflik holati Evropa davlatlarining Xalifalik davlatiga qarshi hujum qilishi uchun qulay fursat bo‘ldi. Natijada, salibchilik urushi boshlanib, qariyb yuz yil davom etdi. Bu urushda musulmonlar juda ko‘p musibatlarga giriftor bo‘lib, hech o‘ylamagan-kutmagan xorliklarni boshdan kechirdilar. Lekin Ummat tez orada o‘z jonliligiga qaytib, quvvatini to‘plab oldi va yurtlaridan salibchilarni quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo undan keyin mo‘g‘ullar urushiga duch kelib, Bag‘dod qirg‘ini yuz berdi. Uning ortidan Damashq ham quladi. Biroq Ummat yana nusrat quchib, ularni Damashqdan quvib solishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z kuch-qudrati va ulug‘ligini qaytarib oldi. U yana Xalifalik haybatini qo‘lga kiritib, musulmonlar fikriy va qonli kurashlari bilan o‘z risolalarini butun dunyoga ko‘tarib chiqishni boshladilar.
Hijratning o‘n ikkinchi asri o‘rtalarida Evropada sanoat inqilobi yuzaga kelishi va musulmonlarning bunga qo‘l qovushtirib turishi manzarasida, Islom davlati silkina boshladi. Natijada, Islom davlati bilan kufr davlatlari o‘rtasida kuchlar muvozanati buzilib, Islom davlatining atroflari qisqarishni, birma-bir qo‘ldan ketishni boshladi. Nihoyat, evropaliklar musulmonlarni mag‘lub etish va ularni xalqaro ta’sirga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hatto butunlay yo‘q qilib yuborish orzusida yangi bir urushlar haqida o‘ylashni boshlashdi. Biroq bu birinchi salibchilik urushlari kabi emas edi.
Kofir davlatlar Islom davlatini yo‘q qilishga ittifoq qilib, bu yo‘lda turli uslublardan foydalanishdi. Masalan, Evropadagi Islom davlatiga tobe davlatlarda millatchilik nizolarini qo‘zg‘ab, mustaqillikka bo‘lgan talablarni paydo qilishdi. So‘ng, ayni fikr tarafdorlarini Islom davlatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishlari va mustaqillikni talab qilishlari uchun pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlashdi. Serbiya va Gretsiyalarda xuddi shunday bo‘ldi. Frantsiya Misrni bosib olgandan so‘ng Shom yurtlarini bosib olishga urindi. Ammo mag‘lubiyatga uchrab, Misrdan ham chiqib ketdi. Britaniya esa, Vahhobiylar va Saudlar oilasi uchun mustaqil bir vujud tuzib, musulmonlar orasida mazhabparastlik urushlarini keltirib chiqarishga urindi. Keyin Frantsiya o‘z malayi Muhammad Ali orqali Islom davlatiga ortidan pichoq urishga harakat qildi. Ya’ni Muhammad Ali Xalifalikdan mustaqilligini e’lon qilib, Shomni bosib olishga harakat qildi. Uni bosib olishiga faqat xalqaro pozitsiyadagi muvozanat to‘sqinlik qildi, xolos.
Garchi Evropa davlatlari Xalifalik davlati ortidan pichoq urishga urinib, harbiy yo‘l bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lisholmasa-da, biroq boshqa uslubda muvaffaqiyatga erishishdi. Bu uslub milliy nizolar qo‘zg‘ash va mustaqillikni talab qilish kabi Serbiya, Vengriya, Bolgariya va Gretsiyalarda qo‘llangan uslub edi. Shuning uchun Evropa davlatlari Islom davlati qanoti ostidagi barcha yurtlarda mana shu uslubni qabul qilib, uni asosan arablar bilan turklarda tatbiq qilishdi. Musulmon yurtlaridagi Angliya va Frantsiya elchixonalari odamlar orasida millatchilik nizolarini va Islom davlatidan mustaqil bo‘lish talablarini kuchaytirishdi. Bu ishda asosiy e’tiborni ikki markazga, Istanbul bilan Bayrutga qaratishdi.
Darhaqiqat kufr davlatlari mana shu ikki markaz orqali musulmon yoshlar orasida millatchilikning zaharli urug‘larini ekib, missionerlik va mafkuraviy kurashni keng yoyishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu ikki markaz orqali Islom davlatini parchalashda asosiy rolь o‘ynagan ko‘plab xayriya jamiyatlari va milliy partiyalarni ta’sis etishdi. G‘arb qonunlarining Islom davlatiga kiritish va ularni kiritish joizligiga fatvolar chiqarish ham juda qo‘l keldi. Bu – din bilan davlat o‘rtasini ajratish va ilmoniy, demokratik fikrlarni tarqatishning boshlanishi bo‘ldi. Bularning ochiq kufr bo‘lishiga va Islomga mutlaqo zid kelishiga qaramay shunday qilindi. Va nihoyat, Islom davlati bo‘lmish Xalifalik davlatini yo‘q qilish uchun Birinchi jahon urushi kelib chiqdi… Kufr davlatlari Xalifalik davlatining aksar qismlarini bosib olib, Ummatning turk va arab farzandlari orasidagi xoinlar yordamida hokimiyatni Xalifalikdan ajratib tashlash ustida ishlashdi. Keyin Xalifalik bekor qilindi. So‘ng, musulmon yurtlarini o‘zaro bo‘lishib olib, harbiy va fikriy mustamlaka qilishdi. Islom Ummati haligacha fikriy mustamlaka ostida hayot kechirayotgan bo‘lsa, ba’zi joylarda harbiy mustamlaka davom etmoqda.
Xalifalikning ag‘darilishi Islomiy Ummat yuragiga xanjar kabi sanchilib, uni parchalab yubordi. Natijada Ummat kofirlarning tayyor nishoniga aylanib, ular bemalol fasod tarqatishadigan, nomuslarni poymol etib, boyliklarni talon-toroj qiladigan bo‘lishdi. Bas, bu narsalarda biror bir ibrat bormi?! Albatta bor. Bu erda olinadigan ibrat shundan iboratki, musulmonlar Islomning mustahkam arqonini mahkam ushlab, uni hayot-mamot masalasi sifatida taqdiriy masalaga aylantirib olishlari lozim. Millatchilik va vatanparvarlikni uloqtirishlari, ajnabiy elchixonalarga diqqatli bo‘lishlari, malaylardan juda-juda qattiq ehtiyot bo‘lishlari kerak. Zero, kofirlar kuchli bo‘lganliklari uchun ustimizdan g‘olib kelishmadi. Balki, bizni mafkuraviy zaifligimiz va aqidamizga zaif bog‘langanimiz hamda ayrim farzandlarimizning xoinligi sababli mag‘lub qilishdi.
Xo‘sh, Ummatning sobiq kuch-qudratini va haybatini qo‘lga kiritishiga umid bormi?
Albatta bor! Musulmon yurtlarida va ayrim boshqa davlatlarda chuqur ildiz otgan Hizb ut-Tahrir kasallikni tashxis etib, uning davosini topgan. Hizb Ummatni uyg‘otishni, Xalifalikni qaytarishni hamda insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish uchun Ummat risolatini qayta ko‘tarib chiqishni o‘z zimmasiga olgan.
Roya gazetasining 2021 yil 17 fevral chorshanba kungi 326-sonidan