Kapitalistik hazorat mevalaridan biri yirik davlatlarning o‘z iqtisodlarini rivojlantirish yo‘lida odamlarning azob-uqubatlaridan foydalanishdir

353
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik hazorat mevalaridan biri yirik davlatlarning o‘z iqtisodlarini rivojlantirish yo‘lida odamlarning azob-uqubatlaridan foydalanishdir

Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot voizi koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar kiritgan bo‘lishi mumkin, deya zimdan AQShga ayblov yo‘llagan va o‘z navbatida, AQSh buni inkor etgan edi. Biroq shunday bo‘lsa-da, ikki davlatning har biri pandemiyadan va odamlarning azob-uqubatlaridan o‘zining iqtisodini yaxshilash yo‘lida foydalanishga harakat qilyapti. Masalan, Xitoy hukumati o‘z erida joylashgan aksar xorijiy kompaniyalarni deyarli bepul ravishda erkin savdoga qo‘yib, texnologik shirkatlar aktsiyalarini juda arzon narxda sotib oldi. Buni ayni kompaniyalar investorlarining koronavirus tarqalishi sababli Xitoydan qochib chiqishlari ortidan amalga oshirdi. Tramp esa, ulkan miqdordagi Saudiya neftini juda arzon narxda sotib olishga, shu orqali AQShning strategik zaxirasini to‘ldirishga farmon berdi. Chunki neftь narxi bir barreli 25 dollarga tushib ketdi. Shuningdek, Tramp Evropa Ittifoqi davlatlariga AQShga safar qilishni taqiqlash bilan qaqshatqich zarba berdi. Chunki bu ayni davlatlarning moliyaviy bozorlarining ulkan ziyon ko‘rishiga olib keldi. Bu ziyon 33 %ga etdi. Qizig‘i shundaki, Tramp «hozirgina Ittifoqni tark etgan» Britaniyani – unda ham virus tarqalganiga qaramay – ayni taqiqdan istisno qildi!

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bu haqda bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni bayon qildi:

«Koronavirusni rivojlantirib biologik qurol sifatida foydalangan Amerika bo‘lishi ham, Xitoy bo‘lishi ham mumkin, yoki bu virus insoniyatning buzuq xulq-atvori sababli kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Biroq qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, G‘arbning dunyo taqdiriga nisbatan makiavellicha nazarda qarashining badalini butun dunyo, shu jumladan, g‘arblik xalqlar ham to‘lamoqda. Dunyoga iqtisodiy hukmronlik qilish ustida Xitoy bilan Amerika o‘rtasida ketayotgan texnik va tijorat urushi insoniyat azob-uqubatini orttirgandan orttirdi. Vaholanki, shundoq ham insoniyat 2008 yildagi moliyaviy krizis azob-uqubatlaridan haligacha qutulgani yo‘q edi».

Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:

«Bugungi kunda bu ochko‘z kapitalistik davlatlar o‘zlarining mustamlakachilik rejalarini amalga oshirish uchun insonlar azob-uqubatlaridan foydalanib, ularning azob-uqubatlariga sarmoya yotqizishayotgan ekan, buning ajablanarli eri yo‘q. Chunki aynan shular jahon urushlarida millionlab insonlarni qurbon qilish bilan olam boshiga musibatlar etkazishdi, aynan shular odamlar boshidan atom va napalm bombalarini yog‘dirishdi, bakteriologik qurollar bilan qirg‘in qilishdi. Chunki bu davlatlar inson jonini sariq chaqalik qadrlashmaydi. Aksincha, ular o‘z foydalarini va shu davlatlardagi nufuz egalari bo‘lgan xo‘jayinlari manfaatini qadrlashadi».

Matbuot bayonoti quyidagilar bilan tamomlandi:

«Shunday ekan, bugun musulmonlar o‘z zimmalariga naqadar ulkan javobgarlik va naqadar muhim vazifa tushayotganini tushunmayaptilarmi?! Shubhasiz, bu butun insoniyatni jinoyatkor kapitalistik tuzum badbaxtligidan qutqarish javobgarligi va vazifasidir. Tinch barqaror jamiyatlarni yaratishga yolg‘iz Islomgina qodir. Islom buni qat’iy e’tibor bilan, jamiyatdagi moddiy qadriyat barobarida, insoniy, axloqiy va ruhiy qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, bir qadriyatni boshqasidan ustun qilmaslik bilan amalga oshirdi. Bu bilan Islom jamiyatlarni barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashda amaliy tatbiq ko‘rsatish orqali ajoyib namunaga aylandi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.