Islom yurtlaridagi jinoyatkor rejimlar

335
0

Islom yurtlaridagi jinoyatkor rejimlar

 1924-yili Xalifalik qulatilganidan so‘ng mustamlakachilar imkon qadar musulmonlarni bo‘lib tashlashga kirishishdi. Natijada, Islom Ummati ellikdan ortiq davlatlarga bo‘lib tashlandi. Aniqroq qilib aytganda, mustamlakachilar, asosan Britaniya va Frantsiya islomiy yurtalarni bo‘lishib olishdi. Dastlab, ushbu bo‘lib tashlangan islomiy yurtlar bevosita mustamlakachilarning koloniyasi bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ular mustaqillik olishdi. Ammo, bu mustaqillik mustamlakachilikni yashirgan parda bo‘ldi. Chunki, ular haqiqiy mustaqil emas edilar.

 Bugungi Islom olamidagi rejimlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, arab bo‘ladimi yoki turk yoxud boshqasimi farqsiz – barchasi mustamlakachilarga bog‘liqligi, qaram ekanligini ko‘rish mumkin. Siyosatchilari o‘zaro kurash olib borishadi, ammo bu kurash «malaylik qilishga men loyiqman» asosdagi kurashdir. Ularning kurashiga mustaqillik, demkoratiya degan yolg‘on tus beradi. Aslida mamlakatda qaysi mustamlakachining ta’siri kuchli bo‘lsa, hokimiyat tepasiga shu mustamlakachilar tanlagan shaxslar yoki partiyalargina keladi. Buning isboti hokimiyatga yangi kelgan shaxs birinchi rasmiy safarini, qaysi davlat mustamlakasi bo‘lsa, shu davlatdan boshlaydi. Biroq, ba’zi hollarda, xalqni aldash va noto‘g‘ri tasavvur paydo qilish maqsadida hokimlar o‘zlarining mustamlakachilariga qarshi gapirib, ikkinchi darajali masalalarda ularga qarshi turishga urinishlari ham mumkin.

 Afsuski, bunday ko‘rinish barcha islomiy mamlakatlarda o‘rin olgan. Ularning siyosiy qarorlari, ichki va tashqi siyosati mustamlakachining ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Siyosiy iroda mustamlakachilarga bog‘liq bo‘lgani sababli iqtisodiy qarorlar ham mustamlakachilarning xohishlariga binoan qabul qilinadi. Mustamlakachining kompaniyalari mamlakatdagi yirik loyihalar ustida ish olib boradi. Natijada mustamlakachi mamlakatning tabiiy boyliklarini talon-taroj qiladi. Shu bilan birga, bu mamlakat mustamlakachilar o‘z mahsulotlarini sotadigan bozorga aylanadi. Mustamlakachi o‘zi uchun foydali bo‘lgan bunday munosabatlarni davlatlar o‘rtasidagi shartnomalar bilan mustahkamlaydi, ba’zida mintaqaviy tashkilotlar tashkil etadi va bu aloqalar (mustamlakachilik)ni shu tashkilotlar orqali boshqaradi.

 Shuningdek, mustamlakachilar islomiy yurtlardagi harbiy sohani ham o‘z qo‘llariga olishgan. Bir tomondan, malay rejimlar mustamlakachining qurol-yaroqlarini sotib olsa, ikkinchi tomondan, mustamlakachi davlatda harbiylari va kuch organlari xodimlar o‘qitiladi. Kuchishlatar tuzilma kadrlar shu mustamlakachi tomonidan tayyorlanadi. Moddiy kuch harbiylar qo‘lida bo‘lgani sababli mustamlakachilar ularni tayyorlashga alohida e’tibor beradi. Xuddi shu tarzda mustamlakachilar madaniyatni ham o‘z qo‘liga olishadi. Ikki (mustamlakachi va uning ta’sir ostidagi) mamlakat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konferentsiyalar va ilmiy forumlar qullikni kuchaytirish va mustamlakachini do‘st sifatida ko‘rsatishga qaratilgan.

 Rejim tepasida turgan malay hokimlar bu holga ko‘nikib bo‘lishgan, ular holatni o‘zgartirish u yoqda tursin, aksincha, hokimiyatga kelish yoki hokimiyatda qolish uchun o‘z xalqiga emas, balki ushbu mustamlakachilarga suyanishadi. Ulardan yordam kutishadi, ularga yolvorishadi. Ular hokimiyat tepasiga kelib olishgach, hatto, musulmonlarning qonini to‘kish, Islomga qarshi ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri kelsada mustamlakachi xojasining buyruqlarini quloq qoqmay bajarishadi.

 Mustamlakachilar ushbu malay rejimlarning qonini so‘rish bilangina cheklanib qolmay, ularni mintaqviy kurashlarga olib kiradi. Bugun Yaman, Liviya va boshqa islomiy yurtlarda to‘xtamay  davom etib kelayotgan urushlar boshida mustamlakachilar turishipti. Musulmon mamlakatlaridagi rejimlar esa mustamlakachilar manfaati uchun bu urushlarga aralashmoqda.

 Musulmon mamlakatlardagi mustamlakachiga malay bu rejimlar o‘z hokimiyatini kuchaytirish uchun millatchilik, vatanparvarlikka chaqirishadi, xalqni shu iflos fikrlar bilan zaharlashadi.

Bu fikrlar musulmonlarni Islomdan uzoqlashtiradi, Ummatning birlashishiga to‘siq bo‘ladi. Hukmdorlar Islom o‘z hokimiyatiga tahdid tug‘diradi deb hisoblashadi, shuningdek, Islomga qarshi kurash bu – mustamlakachilarning ko‘rsatmasi. Shu sababli malay rejimlar mamlakatda dunyoviylikni yoyish, Islomni buzib ko‘rsatishga jiddiy harakat qilishmoqda.

 Shu sabablarga ko‘ra, bugungi kunda musulmon mamlakatlaridagi rejimlar musulmonlarning birlashishi va Islom hukmronligi yo‘lida to‘siq bo‘lib qolmoqda. Islom va Ummat hayotida bu rejimlarga o‘rin yo‘q. Musulmonlar mustamlakachiga malay bu rejimlarni qulatib, ularning xarobalari ustiga Ummatning azizligi va buyukligiga qaytaradigan, Islomni tatbiq qilib, odamni odamga quli bo‘lishidan Allohga qullik qilishiga olib chiqadigan Xalifalikni tiklashlari kerak. Mana shunda bu mustamlakachilik tuzumi qulaydi va musulmonlar Islomni tatbiq qilib, yana qayta birlashadilar!

 Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.