Ta’lim konferentsiyasida jinsiy tarbiya taklifini kiritish Islomga qarshi urushdir

342
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ta’lim konferentsiyasida jinsiy tarbiya taklifini kiritish Islomga qarshi urushdir

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyati ayollar qanotidagi rasmiy notig‘i matbuot bayonoti chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Ta’lim konferentsiyasida jinsiy ta’lim berish masalasining ko‘tarilishi yurtdagi Islom ahkomlaridan qolgan-qutganiga ham qarshi urush olib borayotgan Sudan hukumatining bolalarni G‘arb hazorati qadriyatlari asosida tarbiyalash siyosati doirasiga kiradi».

Bayonotda Sudan Ta’lim vazirining bunday iflos masalani ko‘targani uchun javob berishi, u masalaning shaklan emas mazmunan mohiyatini ko‘rsatib berishi, bu jinsiy tarbiyadan qanday qadriyat nazarda tutilayotganini ochiqlashi shartligi aytildi. Yana quyidagilar ta’kidlandi:

«Mustamlakachilarga qul bo‘lgan hukumatdan shunday gaplar chiqishi hamda ayol kishining badanini yopishi o‘ziga yarashmaydi, deya hisoblashi g‘ayritabiiy hol emas albatta. Bu narsa xalqaro va regional konventsiyalarga imon keltirish va ularni Sudan qonunlariga va qonunchiligiga asos qilishga urinishdir. Ayni konventsiyalardan esa, Sudan ahlini islomiy o‘zligidan mahrum qilib, ularni G‘arbning mafkuraviy nizomi doirasiga kiritish maqsad qilingan. Avval G‘arb hazoratiga asoslangan «Bolalar huquqi va farovonligi bo‘yicha Afrika xartiyasi»ga imzo chekilgandan edi, mana bugun jinsiy tarbiya, degan narsani eshitib turibmiz. Bundan keyin esa, Alloh saqlasin, bulardan ham dahshatlirog‘i bo‘lishi mumkin».

Bayonotda quyidagi savollar o‘rtaga tashlandi:

«Bu ijobiy qadriyatlar, erishilgan ko‘nikmalar, degan narsadan murod nima?! Bunday ma’lumotlarni musulmon bolalar miyasiga zo‘rlab joylashning nima keragi bor?! Nima, bolalik va o‘spirinlik davridagi jinsiy ma’lumotlar Islom qonunchiligida etishmaydimiki, ularni kofirlar hazoratidan izlansa?!».

Bayonotda ushbular xulosa qilindi:

«Ular insoniy qadriyatlar, deyishganda G‘arb hazoratini nazarda tutishadi. Mustamlakachi kofirlar muslima ayollar, musulmon bolalar va islomiy oilaga hasad qilganlari sababli ularni o‘zlarining badbo‘y hazoratlari botqog‘iga botirishmoqchi. Bu G‘arb davlatlarining ko‘rsatmasidir. Uning na ta’lim tushunchasiga aloqasi bor, na jinsiy xatti-harakatlarning voqesiga va na bu harakatlarni Islom nazariyasi bo‘yicha tartiblashtirishga.

Islomning bolalarni tarbiya qilish, o‘smirlarni ongini ochish va yoshlarni ziyoli qilish bo‘yicha alohida o‘z yo‘li bor. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida bular Islom ahkomlariga muvofiq tatbiq etilajak.

Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.