Sulh – bir qopqondir

124
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sulh – bir qopqondir

G‘arb va uning gumashtalari Shom qo‘zg‘olonini mana shu qopqonga ilintirishdi

Sulh va muzokara – bir qopqon bo‘lib, uni o‘zlarini donor deya atayotgan, ammo aslida til biriktiruvchi bo‘lgan davlatlar Shom qo‘zg‘olonini ilintirish uchun qo‘yishdi. Oqibatda chekinish va sinish boshlanib, qo‘zg‘olon sulh, muzokara va bufer zona sababli mana shunday sinish holatiga tushib qoldi. Vaholanki, bu qo‘zg‘olonning qonxo‘r Bashar Asad rejimini yiqitishiga bir qadam qolgandi, xolos.

Bu til biriktiruvchi donor davlatlar malay Asad rejimini saqlab qolishga, Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilishga va odamlarni uning hukmronligi ostiga tiqishga harakat qilmoqda. Bu bilan mana shu harakatga qo‘shilgan va ishongan kimsalarni bu dunyoda bir-birlari bilan qirpichoq bo‘lib, ziyonga uchrash, oxiratda Allohning g‘azabiga duchor bo‘lish sari  etaklamoqda… Zotan, ochiqdan-ochiq ziyon mana shudir.

Bu sulh yo‘li Allohning dushmanlari bilan musulmon yurtlaridagi arabu ajam hukmdorlarning hamda jangchi guruhlardan iborat shu yo‘lga yurganlarning yo‘lidir, bu har qanday ko‘zi ochiq insonga ayon. Bu yo‘lning oxiri ularning iblisona rejalarining, ya’ni siyosiy echim, degan narsaning amalga oshishiga olib boradi. Siyosiy echim esa, xuddi Falastinda ikki davlat echimi, deya tiqishtirilayotgan echim kabi, Amerikaning Suriyadagi «siyosiy echim»idir. Bundan Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilish va qo‘zg‘olonning sodiq farzandlarini o‘zlarining xavfsizlik xizmatlari changaliga tushirish, shu orqali qonxo‘r rejimga qonuniylik tusini berib, kufr va uning ahlini saqlab qolish ko‘zlangan. Bas, Shom ahli Amerikaning bunday siyosiy echimi xavfini anglamoqlari, undan ehtiyot bo‘lib, vaqt kech bo‘lmasidan oldin uni barbod etmoqlari shart.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.