Falastin xaloskor harbiylarga muhtoj, soxta qoralovchilarga emas!

632
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin xaloskor harbiylarga muhtoj, soxta qoralovchilarga emas!

Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun mustaqil Falastin davlatini barpo etish va uning poytaxtini Quddus qilish zarurligini ta’kidladi. Nьyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida qilgan nutqida u – Falastin masalasiga keng qamrovli adolatli echim berish va Falastin xalqining savdolashilmaydigan haq-huquqlarini mustaqil davlat bilan ta’minlash Yaqin Sharqdagi barqarorlikning kaliti ekanini qo‘shimcha qildi. Turkiya, Tunis prezidentlari va Iordaniya qirolining pozitsiyalari ham aynan shu ma’noda bo‘ldi.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, bunga izoh sifatida quyidagilarni ta’kidladi:

Falastin masalasiga sodiqligini hamda munosabatlarni normallashtirish bitimiga Amirliklar bilan Bahraynning imzo chekkaniga norozi ekanini da’vo qilayotgan rejimlar pozitsiyasiga nazar solgan kishi bu davlatlar rejimlarida bir oz bo‘lsa ham izzat-sharaf bor ekan, deb o‘ylaydi! Biroq bunga diqqat bilan e’tibor bersa, shunga guvoh bo‘ladiki, bu davlatlar munosabatlarni normallashtirishdan uni yon berish yoki xoinlik, deb hisoblayotganlari uchun bosh tortishmayapti. Aksincha, munosabatlarni normallashtirish ko‘p ishlardan oldin bo‘lgani uchun, ya’ni, Falastin masalasi bu zaminning to‘rtdan bir qismidan ham ozroq erga egalik qiluvchi zaif davlatcha evaziga yahudiylar foydasiga hal qilinishidan oldin bo‘lgani uchun undan bosh tortishyapti! Yana shunga ham guvoh bo‘ladiki, Turkiya va Iordaniya singari ayrim davlatlar yahudiylar bilan o‘n yillar oldinoq munosabatlarni normallashtirib bo‘lishgan, shu vaqt mobaynida yurtlarida bu bosqinchilarning bayrog‘i hilpirab turibdi. Shuningdek, bu davlatlar ba’zi davlatlarning yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish bitimini qoralab, bu bilan o‘zlarining avvaldan qilib kelgan normallashtirish jinoyatlari sababli o‘z xalqlari oldida chekayotgan xijolatchiliklaridan chiqib olishga urinishyapti! Bu soxta qoralovlar xiyonat botqog‘iga botish hamda Falastin masalasiga Amerika bigizini sanchish demakdir. Bunday qoralovchi bayonotlarga endi aldanmayotgan Ummat, demak, zudlik bilan bu xoin hukmdorlarni ag‘darib, xuddi Salohiddin Ayyubiy kabi o‘z armiyalarini muborak Falastinni ozod etishga safarbar qilmog‘i lozim.

Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.